Tadqiqot ob’ekti. O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorini amaldagi holati va “Kapital Sug’urta” OAJ ST tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
Mavzuning nazariy va uslubiy asoslari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning bozor munosabatlarini shakllantirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sug’urta sohasini takomillashtirish yuzasidan bildirgan fikrlari va nazariy qarashlari, shuningdek, mavzu doirasida
mamlakatimiz va xorijlik olimlarning nazariy qarashlari ushbu tadqiqotning nazariy asoslari sifatida e’tirof etildi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Moliya vazirligi, Sug’urta nazorati ma’lumotlaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |