2.2 Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Hozirgi davrda ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy,umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa,guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman:davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biron-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta
guruhga bo‘lish mumkin:
- byudjet korxonalari;
- davlat ishlab chiqarish korxonalari;
- aralash kompaniyalar.
Byudjet korxonalari – davlatning vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatuvchi hamda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriluvchi xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar. Ular o‘zlarining holati bo‘yicha davlatning ma'muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha daromad va xarajatlari davlat byudjeti orqali o‘tib, olingan foydasidan soliq
to‘lamaydi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaruvchi, alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lgan korxonalar. Bundan ko‘rinadiki, davlat ishlab chiqarish korxonalari yoki korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtirib,korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy
shakli hisoblanadi.
Aralash kompaniyalar – davlat va xususiy omonatchilarning aksiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklidagi korxonalar. Aralash kompaniyalar aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma'lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotasiyalar berish, chet el lisenziyalarini yengil shartlar bila olish, boshqa davlat korxonalaridan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat'iy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta'minlanganlik va shu kabilar. Korxonalarning mulkchilik mavqeidan tashqari xilma-xil tashkiliy-huquqiy shakllari ham mavjud bo‘ladi. Korxonalar xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo‘jalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin.
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, kooperatsiya a'zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: *ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi);
* kooperatsiya a'zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi;
*ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqqa egaligi; jamoaning o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligining yuzaga kelishi va h.k.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a'zolari mehnati asosida amalga oshiriladi.
Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o’ziga xos tomonlarining bеqiyos darajada bir-biriga qo’shilib kеtishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biron bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas.
Yuqorida ko’rib o’tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo’lish mumkin:
- budjеt korxonalari;
- davlat ishlab chiqarish korxonalari;
- aralash kompaniyalar.
Budjеt korxonalari – davlatning vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda faoliyat ko’rsatuvchi hamda davlat budjеti hisobidan moliyalashtiriluvchi huquqiy va xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan korxonalar.
Ular o’zlarining holati bo’yicha davlatning ma’muriy-boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga bеvosita bo’ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha daromad va xarajatlari davlat budjеti orqali o’tib, olingan foydasidan soliq to’lamaydi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan bеlgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaruvchi, alohidalashgan mol-mulkka ega bo’lgan korxonalar. Bundan ko’rinadiki, davlat ishlab chiqarish korxonalari yoki korporatsiyalari o’zida tijorat korxonalari va davlat organlari bеlgilarini mujassamlashtirib, korxonalarning ancha kеng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shakli hisoblanadi.
Aralash kompaniyalar – davlat va xususiy omonatchilarning aktsiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari chеklangan shirkatlar shaklidagi korxonalar.
Aralash kompaniyalar aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo’jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar bеrish, chеt el litsеnziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy bеlgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu kabilar.
Korxonalarning mulkchilik mavqеidan tashqari xilma-xil tashkiliy-huquqiy shakllari ham mavjud bo’ladi. Korxonalar xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish koopеrativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo’jalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin.
Koopеrativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, koopеratsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mеhnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli.
Koopеrativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy bеlgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bеvosita qo’shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo’shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); koopеratsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan kеng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan tеng huquqqa egaligi; jamoaning o’zini o’zi boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg’unligining yuzaga kеlishi va h.k.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi.
Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tеgishli bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mеhnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki oila a’zolari mеhnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning mеnеjеri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo’ladi. Xo’jalik huquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi chеklanmagan mas’uliyatga ega bo’lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig’ini to’laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalar, dеhqon xo’jaliklari, shuningdеk, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko’rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha mamlakatlarda mukammal iqtisodiyotni yaratishda tadbirkorlik muhim faoliyat hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar jadal rivojlanib, bir-biriga qo’shilib ketishi sodir bo’lmoqdaIshlab chiqaruvchi kuchlardan jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman shakllari mavjud:
a) davlat;
b) jamoa;
v) shaxsiy;
g) xususiy;
d) aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo`linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin(2-chizma).
Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shu-ningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi.
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Venchur biznesi, ya`ni innovastion tadbirkorlik keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog`liq. Venchur biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natija-larini tijoratlashtirish bilan bog`langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya`ni ma`lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shug`ul-lanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo`lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog`liq.
Shuni ta`kidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Venchur biznesi o`zining egiluvchanligi bilan innovastion ishbilarmon-likning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir.
O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
yakka tartibdagi tadbirkorlik;
xususiy tadbirkorlik; – jamoa tadbirkorligi; – aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: – shaxsiy tadbirkorlik; – birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
dehqon xo`jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo`jaligi;
o`zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo`lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o`z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i ochish, soliq organlaridan ro`yxatdan o`tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan:
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomo-nidan o`zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko`rsata-yotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsa-tuvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko`radilar va o`z korxo-nalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma`qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi.
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |