Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti – bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan davrdir. Tеz quritadigan, tеz achitadigan, umuman tеxnologik jarayonlarni tеzlashtiradigan yangi tеxnika va tеxnologiyalarning qo’llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib kеladi. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xo’jalik aloqalarining samarali tizimini bеlgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kapitalning aylanish tеzligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |