Korxona miqyosidagi material sig‘imi (Msig‘.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:
.
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:
.
Agar bir yilda aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik miqdori 10 mln. so‘m bo‘lganida 60 mln. so‘mlik mahsulot sotilgan bo‘lsa, aylanish koeffitsienti 6 ni (n=60/10) tashkil qiladi. Aylanma mablag‘lar 6 marta aylanib, bir aylanish davri 60 kundan (360/6) iborat bo‘ladi.
Aylanma mablag‘lar tezligini oshirish ularga bo‘lgan talabni kamaytirdi. Masalan, Yuqoridagi misolda aylanish soni 6 dan 8 ga (n=360/45) o‘zgarsa, aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj 10 million so‘m o‘rniga, 7,5 mln. so‘mni tashkil etadi ((60x4)/360).
Binobarin, aylanma mablag‘larning aylanishini 15 kunga tezlatish 2,5 mln. so‘mlik aylanma mablag‘larni bo‘shatib beradi va korxona aylanma mablag‘larining o‘sha summasida mahsulot chiqarishni 20 mln. so‘mga ko‘paytirishni [(8x10)-60] ta’minlaydi.
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, Shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.
Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha Yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tauyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq qilishda ikki xil nuqtai-nazardan - klassik va neoklassik yoki zamonaviy yondoshish mavjud. Klassik nazariya yondoShuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.