3.Suv va suv havzalarining tabiiy ifloslanishi.
Suvni tabiiy ifloslovchi manbalar. Suv (H2O) - vodorod oksidi 11,9% vodorod va 88,81% kislaroddan tashkil topgan, sayyoramizdagi bebaho sodda kimyoviy moddalardan biridir. Suv rangsiz, hidsiz qalin qatlamda zangori rangli, molekulyar og’irligi 18,01 teng. Yerning geologik tuzilishi, tarixi va unda hayotning paydo bo’lishi, ob-havoning shakllanishida yerdagi fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar juda muhim bo’lib, suvsiz birorta ham tirik organizm bo’lishi mumkin emas. Tabiiy sharoitda tarkibi turli xil erigan tuzlardan iborat. Shu xususiyatiga ko’ra ularning inson uchun shifobaxshlik bahosi belgilanadi. Suv tarkibidagi tuz kontsentratsiyasi 1 gr /kg gacha bo’lsa chuchuk, 25 gr /kg tuzli va undan yuqori bo’lsa, iste’mol uchun yaroqsiz sho’r suv deb hisoblanadi. Suvni tabiiy va inson uchun bebaho ekanligini hisobga olib, qadimgi dunyo allomalari «Suv hayot manbai» deb atashgan va olamning paydo bo’lishidagi eng zarur bo’lgan to’rt unsurlar (olov, havo, tuproq, suv) dan biri deb hisoblaganlar. Suvning yana bir ulug’ligi shundaki, yer va atmosfera havosi o’rtasida to’xtovsiz aylanib yurish hodisasi va quyosh issiqligi ta’sirida bir xilda o’rtacha okeanlardan 450-460 ming km3 quruqlik yuzasidan 70-74 ming km3 bug’lanadi. Bu bug’langan suvlar yerning tortish va og’irlik kuchi ta’sirida okean va quruqliklarda yomg’ir, qor yoki jala, do’l shaklida qaytib tushadi. Suvning okeanlardan bug’lanib quruqlika yog’ishi va yana okeanga qaytib kelishi suvning katta aylanishi, okeanlardan bug’lanib quruqlikka yog’ishi kichik aylanishi yoki mahalliy aylanish deyiladi. Ma’lum ma’noda suvning ushbu xususiyati uning tabiiy va antropogen ifloslanishiga ham sabab bo’ladi. Suvni tabiiy ifloslovchi manbalarga suv toshqini (sellar), kuchli shamol va bo’ronlar, suvning tabiatda katta va kichik aylanishi, suvda yashovchi hayvon va o’simliklarning ma’lum bir hududda haddan tashqari ko’payib ketishi sabab bo’ladi. Shuningdek, ommaviy kasalliklar tarqalishi, suvda doimiy yashovchi hayvonlarning qirilib ketishi, daryolarning inson yoki atrof muhit uchun zararli bo’lgan turli xil tabiiy zaharli moddalarni o’zi bilan oqizib kelishi, suvning gullashi, suv biomassasining ko’payishi, suvning normal (ma’lum suv havzasining sasib ketishi) ifloslanishi, vulqonlar, dengiz yoki okean ostidan turli xil neft yoki shunga o’xshash 31 qazilma boyliklarining chiqishi, tabiatda yuz beradigan fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar va hokazolar tufayli ham tabiiy ifloslanishi mumkin. 5.2. Suvning sellar (suv toshqini) tufayli tabiiy ifloslanishi Suv toshqini turli sabablar bilan daryo, ko’l yoki dengiz suv sathining ko’tarilishi natijasida quruqlikni suv bosib yo’lida to’g’ri kelgan tuproq, ma’dan o’simlik, hayvon va inshootlarni butona (loyqa) shaklida oqizib, yaqin atrofdagi barcha toza ichimlik suv havzalarini yaroqsiz holatga keltiradi ya’ni ifloslaydi. Shu bilan birgalikda xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Tuproqning yuza unumdor qatlamini yuvib ketadi, suv, maishiy xizmat, yo’l va binolarni yaroqsiz holatga keltiradi. Shu sababli ham suv tanqis bo’lgan hududlar, avvalambor, toza ichimlik suviga zarurat sezadi. 5.3. Suvning tabiiy radioaktiv ifloslanishi. Tabiatda suv toshqinlari, shamollar, bo’ronlar yoki daryo suvlarining aylanma harakati oqibatida turli xil (40K, 222Rg, 226Ra, 238U, 90Sg, 137Ss) radioaktiv modda yoki elementlarining oqar suvlarga qo’shilishi suvning radioaktiv ifloslanishiga sabab bo’ladi. Mamlakatimizda Navoiy viloyatidagi qoldiqlar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o’chog’i hisoblanib, bu yerdagi radioaktiv qumni shamol uchirib suv havzalari, tuproq va aholi turar joylarining tabiiy radioaktiv ifloslanishi xavfi juda katta. Suvning qattiqligi. Tabiatda suv tarkibidagi kaltsiy va magniy sulfatlar hamda kaltsiy va magniy bikorbonatlar erishidan qattiq, iste’mol uchun yaroqsiz suv paydo bo’ladi. Suv tarkibidagi Sa2Q miqdori suvning qattiqligini belgilaydi. Ya’ni suv tarkibidagi Sa2Q Mg2Q miqdori bir litr suvda 7 mg-ekv. gacha bo’lsa, iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi. Undan ortiqchasi sanoatda bug’ qozonlari ostiga to’planib qozonni va suv tarmoqlarini tez yaroqsiz holatga kelishiga sabab bo’ladi. Qattiq suvda go’sht sabzavot yaxshi pishmaydi, insonning umurtqa pog’onalarida va buyragida tosh paydo bo’ladi, kir yuvganda sovun yaxshi ko’pirmaydi. Ushbu xususiyatlariga ko’ra ekologik jihatdan qattiq suvlar o’ta xavfli hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanish uchun ularni yumshatish usullaridan foydalaniladi. Suvning qattiqligini yumshatish uchun unga soda, natriy fosfat kabi tuzlar qo’shiladi. Shunda Sa va Mg - SaSo3, MgSO3, Sa3(PO4)2 va Mg(PO4)2 tarzda cho’kadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |