Qora metallurgiya- ichki bozor uchun ishlaydi. Jazoirda, Nigeriyada metallurgiya zavodlari ishlab turibdi.
Mashinasozlik- ba'zi bir mamlakatlardagina bor. Bir necha zavod asosan tayyor detallardan avtomobil, velosped, traktor, qishloq xo'jalik mashinalari yig'adi.
Shimoliy va G'arbiy Afrikaning ba'zi bir davlatlarida ximiya sanoati korxonalari- fosforli va azotli o'g'it zavodlari qurilgan.
Energetika resurslari ko'p ekanligiga qaramay, yoqilg'i-energetika sanoati sust rivojlangan. Elektr energiyasi ishlab chiqarish ayniqsa orqada qolmoqda.
Yengil sanoatning- qadimiy tarmoqlari orasida to'qimachilik sanoati eng yaxshi rivojlangan. Shimoliy Afrikada deyarli barcha mamlakatlar ip-gazlamaga bo'lgan o'z ehtiyojlarini to'la qondiradilar va kalava ip hamda tikuvchilik mahsulotlarini (MAR, Marokash, Tunis) eksport qiladilar.
Oziq-ovqat sanoati- tarmoqlari orasida yog' (zaytun, yeryong'oq va palma moyi) ishlab chiqarish, un tortish, qand-shakar va vino ishlab chiqarish ajralib turadi.
Transport.
Temir yo'l- shahobchalari mustamlaka davrida tarkib topgan, lekin keyingi o'n yillikda milliy iqtisodiyotga xizmat qiladigan bir qancha temir yo'l liniyalari, masalan: Zambiyaning Tanzaniya orqali Dorrusalom porti bilan bog'laydigan «Tanzam» temir yo'li qurilgan. Saxroi Kabirni kesib o'tadigan temir yo'l magistrali loyixasi bor. Ba'zi bir mamlakatlarda temir yo'l yo'q (Niger, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi).
Avtomobil- yo'llari nisbatan kam. Yaqinda Saxroi Kabir orqali o'tadigan avtomobil trassasi qurildi. Bu yo'l bir qancha davlatlarni bir-biri bilan bog'ladi va ularning portlarga chiqishiga imkon berdi.
Dengiz transporti- aksari tashqi savdoga xizmat qiladi va deyarli butunlay chet el kemalari yordamida amalga oshiriladi. Liberiya dengiz floti tonnaji bo'yicha garchi dunyoda birinchi o'rinda tursa-da, bironta ham kema bu mamlakatning o'ziga qurilgan emas. Uning floti Amerika, Gresiya va boshqa mamlakatlarning kemalaridan iborat. Bunday kemalar uchun Liberiya bayrog'i ostida suzish katta foyda keltiradi. Yuk oboroti jihatidan eng yirik portlar- Iskandariya, Jazoir, Kasablanka, Dakar, Lagos, Mombasa, Dorussalom. Pasajirlar tashishda havo transporti muhim rol o'ynaydi. Jazoir, Liviya, Nigeriyada quvur transporti qurilgan.
6. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Afrika mamlakatlari eksportida sanoat va qishloq xo'jalik xom-ashyo 80%ni tashkil qiladi. Ko'pchilik mamlakatlarda eksport bir-ikki ekin mahsulotlaridan yoki mineral xom ashyoning ayrim turlaridan iborat. Masalan: Ganada eksportning 2|3 qismini kakao urug'i, Senegal va Gambiyada 4|5 qismini yeryong'oq tashkil etadi. Zambiya bilan Zair eksportida mineral xom-ashyo va mis ustun turadi. Import mollari tarkibi o'zgarib turadi. Mashinalar va asbob uskunalar, qurilish materiallari, iste'mol va oziq ovqat mahsulotlari ko'proq chetdan keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |