Shuningdek, o’qitish metodlarini metodik uslublar bilan adashtirmaslik kerak. Metodik uslub - bu faqat metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy qismidir (ko’rgazmali qurollarni, kinofilmlarning fragmentlarini, diafilm, diapozitivlarni ko’rsatish, doskadagi chizmalardan, rasmlardan foydalanish, tajribalarni namoyish qilish, geografiya va maktab oldi maydonchasidagi amaliy ishlar vaqtida u yoki boshqa ishlarni - ko’rsatish va h.) Metod va metodik uslublar o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ularning didaktik birligi shundan iboratki, ular bir-biriga o’tishi mumkin. Masalan, o’quvchilar bajaradigan tajribalar o’qitish metodi hisoblanadi. Tajribani o’qituvchi tomonidan hikoya vaqtida namoyish qilinishi metodik uslubdir. Hikoya davomida o’qituvchi tomonidan diafilm namoyish qilinishi metodik uslub hisoblanib, o’quv filmlarini ko’rish, o’qitish metodi ham bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |