Suhbat. Suhbat metodi tabiatshunoslik darslarida hikoyaga qaraganda ko’proq qo’llaniladi. Bu metodning mohiyati shundaki, u o’qituvchiga o’quvchilarni yaxshiroq bilib olishga imkon beradi, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatadi, jamoa ishiga (jonli va jonsiz tabiat jismlarini kuzatishga, darslik bilan ishlashga, o’quv telefilmlarini, kinofilmlarni ko’rishga va h.) jalb qiladi. Tabiat bilan tanishtirishning birinchi bosqichida suhbat o’qituvchining savollar berishi va ularga chaqirilgan o’quvchilarning javob berishi shakllana boradi. Keyin suhbat boyib va kengayib boradi. Masalan, o’tkazilgan amaliy ish asosida sinfga savol berib, o’qituvchi bir savolning o’ziga o’quvchilardan har xil javoblar oladi; Kim boshqacha o’ylaydi? Kim aniqroq aytadi? kabi savollar bilan murojaat qilib, ularni rag’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |