Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


O’simlik va hayvonlar namunalarini yig’ish, kuzatishlar tashkil qilish



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

O’simlik va hayvonlar namunalarini yig’ish, kuzatishlar tashkil qilish. 
Jonli 
tabiat burchagining aholisi (ya'ni o’simlik va hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi, 
unga qarab jihozlar tanlanadi. o’simlik va hayvonlar to’plami tabiatshunoslik 
dasturiga ko’ra, o’lkashunoslik xususiyatlari hisobga olinib belgilanadi. Barcha xona 
o’simliklari ularning nomlari, qachon va qayerdan olinganligi to’g’risida 
ma'lumotlar yozilgan yorliqlarga ega bo’lishlari zarur. 
Avvalo, o’simliklarning shundaylarini tanlash kerakki, bunda, jumladan, 
quruq iqlimga (kaktus, aloe), nam iqlimga (asparagus, tradeskansiya) moslashgan 
o’simliklarni, tropik o’simliklarni (begoniya), mo’tadil iqlim o’smliklarini 
(navro’zgul), yorug’likni sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (plushch, aspidistra) 
o’sim-liklarni namoyish qilish mumkin bo’lsin. 
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida akvarium katta rol o’ynay-di, o’quvchilar 
suv hayvonlarining harakatlanishini, qanday ov qilishlarini kuzatadilar, ularning 
tana qismlarini ko’radilar. Baliqlarni harakatda ko’rib, bolalar ularning harakat 
a'zolariga e'tibor beradilar, baliqlar hayotida rang qanday rol o’ynashligini 
aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlaming ko’payishini kuzatishga alohida e'tibor 
beriladi. 
Kuzatish 
kundaliklarida tangabaliq 
lichinkalari va gambuziya 
chavoqlarining paydo bo’lishi hatnda rivojlanish muddatlari yozib boriladi. 
Akvariumda hayvonlardan tashqari o’simliklar (shoxbarg, urut, vodokars, 
vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o’quvchilar dasturni o’tish 
davomida tanishib boradilar. 
Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o’quvchilari baqa va qurbaqaning 
rivojlanishi (itbaliq, dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishi)ni ham 
kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni solishtirishlari, tana qismlarini ko’rib 
chiqishlari, ularning tuxumlari bir-biridan qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq 
rivojlanishini kuzatishlari mumkin. o’quvchilar, shuningdek, kaltakesak va 


toshbaqalarning xulq-atvori, harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini ham kuzatishsa 
bo’ladi. 
Tabiatshunoslik o’qituvchisi o’quvchilarning jonli tabiat burcha-gidagi o’simlik 
va hayvonlarni izchil ravishda parvarish qilib borishlariga, gullarni muntazam 
sug’orishlari, barglarni yuvishlari, hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga 
erishishi kerak. Buning uchun o’quvchilarning navbatchiligi yo’lga qo’yiladi. 
Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o’qituvchining 
diqqat markazida bo’lishi va u tomonidan nazo-rat qilib borilishi kerak. Barcha 
ishlar reja bo’yicha tuzilishi zarur, reja tuzishda mavsumiylik tamoyiliga amal 
qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik reja asosida 
tuziladi. Reja tuzishda o’quvchilarning qiziqishlari, ishni ud-dalay olishlari 
hisobga olinadi. Rejada maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va 
shakllari ochib berilishi, amalga oshirish metodlari ko’rsatilishi, o’quvchilar 
egallashi mo'1-jallangan amaliy ko’nikmalar belgilangan bo’lishi kerak. Ayrim 
mavzularni ham rejalashtirish mumkin. (Jonli tabiat burchagidagi ishlar 
rejasining taxminiy shakliga qarang). 
Ish rejasining bajarilishini maxsus jumalda qayd etib borish zarur. Umumiy 
daftar jurnal sifatida xizmat qilishi mumkin, unda o’qituvchi o’quvchilar bajaigan 
ishning hajmi va olgan natijalarini ko’rsatadi. o’quvchilarning “Kundalik kuzatish 
daftarlari” hisobga olishning shaklidir, unda kuzatishlar qisqacha yozib boriladi, 
rasmlar chiziladi, quritilgan o’simliklar yelimlanadi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish