Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

A) ta'lim-tarbiyaviy talablar. 
Ma'lumki tabiatshunoslik darslari katta 
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy, mehnat, 
axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasi birligini ta'minlaydi. 
Ayniqsa, tabiatshunoslik darslari ilmiy dunyoqarashni shakl-lantirish uchun 
boy material beradi. Shunga ko’ra o’qituvchi har bir tabiatshunoslik darsiga 
tayyorlanishda dasturga va metodik qurollarga tayanib, shu darsda o’quvchilarda 
qaysi asosiy bilimlar, o’quv hamda ko’nikmalar shakllantirilishini,qanday tarbiyaviy 
g’oyalar ular ongiga yetkazilishini, dars ularning idrokiy qizi-qishlarini 
rivojlantirishga qanday yordam ko’rsatishini sinchiklab o’ylab olishi kerak. 
Shuningdek, tabiatshunoslik darslari yosh avlodda barcha taibiya xususiyatlarini 
rivojlantiradi. Estetik tarbiya berish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Tabiat insonni 
ruhan boyitadi, uning bilan muloqotda bo’lish kishilarda yuqori ma'naviy sifatlarning 
shakllanishiga yordam beradi. Bolalarni tabiat go’zalligini ko’ra olish va qadrlashga 
o’igatish zarur. Shunga ko’ra tabiat obyektlarini o’iganishda o’quvchilar e'tiborini tabiatdagi 
uyg’unlikka, uning shakllarining nafisligiga, estetik rohat beruvchi go’zallikni 
ta'kidlamoq va shu asosda estetik tasavvur va tushunchalar bermoq lozim. 
B) didaktik 
talablar. 
Tabiatshunoslik darslarini o’tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona 
foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to’g’ri qo’yish bilan 
ta'minlanadi. 
Dars vazifalarini belgilagach, o’qituvchi uning muvofiqroq tuzi-lishini 
tanlashga kirishadi, ya'ni so’rash, tushuntirish, mustah-kamlash, yangi va ilgari 
o’zlashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va ketma-ketligini qanday 
LzchiUikda o’tkazish kerakligini, so’rashning qaysi turidan - yakka (individual) 
so’rash yoki frontal (umumiy) so’rashdan foydalanishni o’ylab chiqadi. 
Yangi materialni o’rganish vaqtini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. 
Yaxshi dars shu bilan farq qiladiki, unda yangi materialni o’iganish o’qituvchi va 
o’quvchilarning diqqat markazida turadi. U kengaytirilgan so’rash yoki takrorlash 


bilan to’sib qolinmaydi. Yangi material mazmunida o’quvchilar e'tibori 
markazlashtirilishi zarur bo’lgan lahzalar alohida ajralib turadi. Yangi materialni o’igana 
turib, o’qituvchi ilgari o’iganilgan mavzularga albatta tayanadi, boshqa mavzulardan 
eng muhimlarini ajratadi. Bunga “Cho'llar” mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. 
Bu mavzuni o’rgana turib, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida cho'l iqlimining 
belgilarini: atmosfera yog’inlari miqdorining juda ozligini,yozning issiqligini, havo va 
tuproqning sutkalik hamda yillik o’zgarishining juda kattaligini sanab chiqadilar. 
Xarita va suratlar bilan ishlash o’quvchilarga cho'l yuzasining xilma-xilligi, 
daryolar va ko’llarning kamligi, tuprog’ining asosan qumli va loyli ekanligi, 
o’simliklarning siyrakligi, ko’pincha o’tsimon ekanligi haqida xulosalar 
chiqarishga imkon beradi. 
Zamonaviy tabiatshunoslik darsi o’qitishning tashkiliy shakl-larini anglab 
tanlanganligi, ya'ni umumsinf, guruh va individual mashg’ulotlaming oqilona 
uyg’unlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Agar dars oldindan o’ylangan va uning rejasi 
tuzilgan bo’lsa, tabiatshunoslik darsiga bo’lgan ta'riflashgan talablarni amalga 
oshirish oson bo’ladi. o’qituvchi reja tuza turib, birinchidan, darsning asosiy 
maqsadini, uning tuzilishini, mazmunini (o’quv materialini, metod va uslublarini, 
darsning har bir qismi uchun jihozlarni), ikkinchidan, tashkil qilinishi shakllarini 
(sinf bilan umumiy ish, o’quvchilarning guruhlarga bo’linib ishlashlari, har bir 
o’quvchining yakka ishlashini) belgilaydi.
Tabiatshunoslik darsining samaradorligi o’qitish metodlari to’g’ri 
tanlanganda va ular ko’rsatuv vositalari bilan uyg’un-lashtirilganda sezilarli darajada 
ortadi. Darsni muvaffaqiyatli o’tish uchun o’qituvchi rejadan tashqari uning 
mazmunini ifodalovchi konspekt tuzishi kerak, unda darsda beriladigan savollar 
ro’yxati keltirilgan bo’ladi, qiziqarli - idrokiy materialdan foydalanib, hosil 
qilinadigan aniq vaziyatlar ko’rsatiladi. Konspektda darsda foydalaniladigan 
qo’shimcha manbalar (she'rlar, maqollar, topishmoqlar, yozuvchilarning asarlaridan 
parchalar) ko’rsatilgan bo’lishi lozim. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish