Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Geografik maydoncha. 
Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ancha qismi 
maktab oldidagi maydonning geografiya maydonchasida o’tkaziladi. Jumladan, bu yerda 
ob-havoni va quyoshning harakatini muntazam kuzatib borish, joyda mo’ljalga olish, 
masofani o’lchash kabi ishlarni bajarish, shuningdek, tabiatshunoslik dasturi bilan 
bog’liq topshiriqlarni amalga oshirish mumkin. 
Geografiya maydonchasini tayyorlash uchun o’lchami taxminan 10 m
2
keladigan 
ochiq joy shunday tanlanadiki, unga katta daraxt va binolarning soyalari tushmaydi. 
Maydoncha avval tekislanadi, so’ng unga qum sepiladi va atrofi o’raladi. Bu 
maydoncha o’quv-tajriba maydoni yonida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 
Tabiatshunoslik darslarini o’tish uchun maydonchada ushbu jihozlar mavjud bo’lishi 
zarur: 
1. 
o’lchovchi-devor. 
Bu o’ram (ihota)ning har bir metri oralab har xil 
bo’yoqlar bilan bo’yaladi. o’lchovchi-devor bo’ylab yo’lcha qaziladi. Undan fazoviy 
tasavvurlarni rivojlantirish, jumladan, “Plan va xarita” mavzusini o’tishda foydalaniladi. 
2. 
Balandlikni o’lchovchi ustun. 
Balandligi 10 m, har qaysi metri navbat bilan 
ikki xil-rangli. U balandlikni taqqoslash, shuningdek, fazoviy o’lchash ko’nikmalarini 
rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ustunning uchiga fluger o’matiladi. 
3. 
Fluger 
shamol yo’nalishini aniqlovchi asbob. Uni o’quvchi-larning o’zlari 
tunukadan yasashlari yoki do’kondan shamol kuchini aniqlash uchun shamol 
oichagich bilan birga sotib olishlari mumkin. 
4. 
Bo’y o’lchagich 
bo’y o’lchash uchun yog’ochdan yasalgan asbob. Bo’y 
o’lchagichdan foydalanib o’quvchilar o’z bo’ylarini o’lchaydilar va boshqa 
narsalarning balandligi bilan taqqoslaydilar. Bunda ko’zda chamalash ko’nikmasi 
rivojlanadi. 
5. 
Kvadrat metr 
uzunligi lm keladigan reykalarning o’zaro biriktirilishidan 
hosil qilingan yuza. U maydonchaga qo’yiladi va ichiga maydalangan g’ishtlar 
solinadi. U kvadrat metr to’g’risida ko’rgazmali tasavvur beradi. 
6. 
Gnomon. 
Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob. Gnomon 
yordamida, ufq tomonlarining yo’nalishlarini ham aniqlash mumkin. Chunonchi, 
kunning yarmida soya shimolga yo’nalishini ko’rsatadi va qisqa bo’ladi, chunki Quyosh 
tikka (zenit) da turadi, erta bilan soya g’ari>ga, kechqurun esa sharqqa yo’nalgan bo’ladi. 
Har doim shimolga yo’nalishni bilish uchun kunning yarmida gnomon soyasi yog’li 
bo’yog’ yoki g’isht parchasi bilan belgilab qo’yiladi. 
7. 
Rumbik halqa. 
Undan ufq tomonlariga nisbatan o’zi tuigan joyni aniqlash 
uquvlarini hosil qilish uchun foydalaniladi. Shu maqsadda g’isht yoki yog’ochlar 
yarmigacha yeiga kiigizib gnomon atrofiga teriladi. Doira - halqaning tashqi tomoniga 
ufq tomonlari nomlarining bosh harflari qo’yiladi. Yarim kun chizig’i bo’yicha 
shimol, qarshisida - janub, o’ng tomonida - sharq, chapda - g’aib hamda ular 
o’rtasidagi oraliq tomonlar - shimoli-sharq, shimoli-g’arb, janubiy-g’arb, janubi-
sharq belgilanadi. 
8. 
Quyosh soati. 
U xohlagan o’lchamli gorizontal qo’yilgan yog’och doira 
bo’lib, o’rtasida o’qi bo’ladi. Doiraning chetiga gnomon bo’yicha (kun yarmida 
ustunning, ya'ni o’qning shimolga yo’nalgan soyasi bo’yicha) 12 raqami qo’yiladi. 


Raqamlar bir-biridan teng masofada joylashadi. Quyosh soatidan barcha sinf 
o’quvchilari foydalanishlari mumkin. U maydonchaning janubiga eng ochiq joyga 
o’rnatiladi. 
9. 
Yomg’iro’lchagich. 
Oddiy paqir yomg’ir o’lchagich bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. Bunda yog’in miqdorini aniqlash uchun paqir ichiga tushirilgan chizg’ichdan 
foydalaniladi. Yog’in menzurka yordamida o’lchanadi. Buning uchun kub santimetr 
hisobidagi menzurka ko’rsatkich 10 ga ko’paytiriladi va paqir tagining sathiga 
bo’linadi. 
10. 
Qor o’lchovchi reyka. 
Tegishli chiziqlari bo’lgan maxsus reyka bilan qor 
qoplami qalinligi o’lchanadi. 
11. 
Meteorologik xonacha 
havo haroratini o’lchaydigan termometr, havo 
bosimini o’lchaydigan barometr, havo namligini o’lchaydigan gigrometr va boshqa 
asboblarni saqlash uchun xizmat qiladi. Meteorologik xonacha geografiya 
maydonchasining soya tushmaydigan joyiga ikki metrga yaqin balandlikda 
o’matiladi. 
12. 
Qum solingan yashik 
ishchi stollari yoniga o’rnatiladi va o’quvchilarning 
har xil relyef shakllarini hosil qilishlari uchun foydalaniladi. 
13. 
Oriyentirlash burchagi 
o’zlashtirilgan bilim, uquv va ko’nikmalarni 
mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Bunda kesilgan kunda halqalari janubga qaratib 
o’rnatiladi, yonbag’irliklari (tik va qiya), dovoni va aniq ifodalangan cho’qqisi hamda 
tagi bilan tepalik modeli (chim bilan qoplangan toshlardan) bo’lishi kerak. 
14. 
Tog’ jinslariva. 
suvni o’rganish uchun jihozlar o’z ichiga sun'iy suv 
havzasi, daryo modeli, tog’ jinslari va joyning tuprog’ini oladi. Suvning oqishini 
o’rganish uchun geografiya maydonchasiga vodoprovod o’tkaziladi. Suvning 
sun'iy oqimi yo’liga “qiig'oq”larning yuvilishi va “sharshara” hosil bo’lishini 
ko’rsatish uchun to’siq qo’yiladi. Geografiya maydonchasidagi ishlarning 
muvaffaqiyati ularning muntazam o’tkazilishi va o’qituvchi tomonidan doimo 
nazorat qilib borilishiga bog’liq. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish