Mavzu: Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi-pedagogik fan sifatida. Reja



Download 77,43 Kb.
bet11/14
Sana18.03.2022
Hajmi77,43 Kb.
#500012
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Roza Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi-pedagogik fan sifatid

6-bosqich. Fan va texnika eng rivojlangan bu asrda tabiiy fanlar soni ko‘paydi, dunyo haqidagi fikrlarimiz o‘zgarib, oydinlashdi. Eng muhim mavzu– dunyoning paydo bo‘lishi haqida butun yer yuzi olimlari ma’lum bir fikrga keldilar. O‘simliklar va hayvonlarning kelib chiqish markazlari aniqlandi, biotexnologiya, sinergitika, kibernetika fan sifatida shakllandi. Tabiatdagi voqealarning yo‘nalishsiz va aniq qonunlarsiz o‘z holigacha rivojla-nishi, dunyoning paydo bo‘lishidagi global evolyusiyaning aniqla-nishi kabi qonuniyatlar ilmiy jihatdan amaliy fanlarda aksini topdi.
XX asrni to‘liq ishonch bilan fan va texnika asri, deb atay olamiz. Bu asrda fan va texnika yo‘nalishlarida birgalikda kashfiyotlar qilindi, izlanishlar olib borildi. Tabiatshunoslik fanlari qator texnik asbob-uskunalar yordamida aniq natijalarga erishdi. Tabiiy fanlar laboratoriyasi radioteleskop, kompyuter texnikasi, elektron mikrokoplar va eng aniq asboblar bilan jihozlandi. Bularning hamasi tabiiy fanlarni zamon talabiga mos ravishda ravojlanishiga yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikning o‘qitilishi. 0 ‘zbek tilida tabiatshunoslik bo‘yicha birinchi taijima adabiyotlar 1919- yilda vujudga keldi. Bular: «Boshlang‘ich jug‘rofiya» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), «Turkiston» (A.A. Kruber kitobining ruschadan taijimasi) kabi asarlar edi. T. N. QoriNiyoziyning «Tabiatning parchasi» kitobi o‘qituvchilar uchun yaratilgan dastlabki qo‘llanmalardan biri hisoblanadi. 1927—1929- yillarda birinchi bosqich maktab o ‘quvchilari uchun o'lkashunoslik darsliklari — «Kichik turkistonlik», «Bizning o‘lka», «Tabiiyot bo‘yicha o‘qish kitobi» hamda boshqa darsliklar nashr qilindi. 1948- yildan boshlang‘ich sinflarda tabiiyotni o'qitish tizimi o‘zgardi. 1 -3 - sinflarda tabiatshunoslik materiali izohli o'qish orqali o‘rganila boshlandi. Tabiiyot o‘quv predmeti sifatida 4- sinfga kiritildi va o‘zbek tiliga tarjima qilingan sobiq RSFSR dasturlari bo'yicha m ahalliy m ateriallardan foydalanib o‘rganildi. 1948- yili Y.M. Belskaya shu dasturga asoslanib, «Rus tilida o‘qish olib boriladigan 0 ‘zbekiston maktablarining 1 -4 - sinflari uchun dastur» — metodik yo‘l-yo‘riqlar yaratdi, unda 1 -3 - sinf o‘quvchilari bilan darslar va darsdan tashqari vaqtlarda (o‘qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o ‘tkazishga alohida e’tibor berildi. 1960- yildan boshlab yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3—4-sinflardagi tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiatshunoslik fanini o'qitish faqat 4- sinfda qoldirildi, 1961- yili 0 ‘zbekistonning tabiiy sharoitlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi «Tabiatshunoslik» darsligi (Y.M.Belskaya va boshqalar) yaratildi. 1970- yillarda 0‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv rejasi va dasturlari joriy etilishi munosabati bilan 2 - 3 - sinflarda «Tabiatshunoslik» predmeti o‘qitila boshlandi, uni o‘rganishga o ‘qish rus tilida olib boriladigan sinflarda 35 va 70 soatdan, o‘qish o‘zbek tilida olib boriladigan sinflarda esa 35 soatdan vaqt ajratildi. 1972- yili Y.M. Belskaya tahriri ostida rus va o‘zbek tillarida 2- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang'ich maktab dasturi bo'yicha o'qitildi. U ikkinch sinf o'quvchilarining yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzildi unda 0 ‘zbekiston o'simliklari va hayvonot dunyosining tipil xususiyatlari o‘z aksini topdi 1974- yili 3- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi chop etildi Unda « 0 ‘lkamizning tabiati» mavzusiga katta e’tibor berildi. Un o‘rganish 2- sinfda o'tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilar boshlanar, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlami hisobga olgan hold; olib borilar edi. Topshiriqlar 0 ‘zbekistonning jonsiz tabiat obyektlari, o‘simliklari va hayvonlarini kuzatishlardan mukamma foydalanishni nazarda tutar edi. 0 ‘qituvchilar uchun ham metodik qo'llanmalar nashr etilgar bo‘lib, ularda tabiatshunoslik kursi metodikasi 2 -3 - sinflarda shv
fanni o'rganish xususiyatlari hisobga olingan holda bayon qilingan 1986- yildan boshlab maktablarda to‘rt yillik boshlang'ich ta’limga o‘tish munosabati bilan boshlang‘ich sinf uchun atrofdag olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo'yicha dasturlar hamdz «Atrof olam bilan tanishtirish» va «Tabiatshunoslik» kurslari bo'yicha o ‘quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik sikli bo‘yicha o‘quv kompleksi muntazamlilik, mazmunining rivojIantirilishi sinfdan-sinfga o'tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib. kengaytirib borish, tuzilishga yagona yondashish, tuzilishninc vorisligi bilan ta’minlandi.Ushbu dastur hamda darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng uning dastlabki yillariga qadar amalda bo'ldi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoiyrivojlanishning o'ziga xos yo'Iiga ega bo'ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo'lgani kabi ta’lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 1998- yil 5- yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta’lim standarti to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta’lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1—2- sinflarda «Atrofimizdagi olam» va 3 -4 – sinflarda «Tabiatshunoslik» fanlarining o‘qitilishi ko'rsatib o‘tildi. Respublikamiz miqyosida ushbu hujjatlarga muvofiq va «Davlat ta’lim standard to‘g‘risidagi Nizom»ga amal qilingan holda ta’lim jarayoni olib borilmoqda.

Download 77,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish