Mavzu:Tabiatda oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining ro’li. Reja: - 1.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
- 2.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga muhitning tasiri.
- 3.Oksidlovchilar va qaytaruvchilar.
- 4.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. Ko’pchilik kimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) reaksiya natijasida o’zgarmaydi. BaCl2 +Na2SO4=↓BaSO4+2NaCl Boshqa turdagi reaksiyalarda elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradi. Zn0+Cu+2SO4=Zn+2SO4+Cu0 Zn0-2c=Zn+2 Cu0-2c=Cu+2 Oksidlovchi ayni kimyoviy jarayonda elektron olib qaytariladi. Qaytaruvchi ayni Kimyoviy jarayonda Elektron berib Oksidlanadi.
0 +2
Fe-2e→Fe
0 0
H2-2e→2H
- 0
2Cl-2e→Cl2
Elektronlarning atomlardan atomlarga butunlay yoki qisman o’tishi bilan bog’liq kimyoviy reaksiyalar.Elektronlar chiqarilshi oksidlanish,elektronlar biriktirib olinishi QAYTARILISH diyiladi.Oksidlanish-qaytarilish reaksiya atomlari dastlab metal oksidlarining hosil bo’lish va parchalanish reaksiyalarida qo’llaniladi. Cu’/202=CuO metallarning oksidlanishiga, CuO+H2=Cu+H2O metal 0ksidlaridan metal hosil bo’lishi (qaytarilishi)ga misol bo’ladi. Har qanday oksidlanish qaytarilishsiz bo’la olmaydi, chunki kimyoviy reaksiyada atomlar oksidlanish darajasi (p) ning yig’indisi doimiydir. N2+S12=2NS1 reaksiyada (N) 0 dan +1 gacha o’zgaradi. Bunda Vodorod (N) oksidlanadi p(S1) 0 dan -1 gacha o’zgaradi Xlor S1 esa qaytariladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga muxitning tasiri. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida muxit muhim axamiyatga ega.Muxitning tasiri masalan,KMnO4 ning qaytarilish xarakterida yaqqol namoyon bo’ladi.Kislotali muxitda MnO4 ion Mn 2+ iongacha,netral muhitda MnO2 gacha ishqoriy muxitda MnO42-(yashil rang) iongacha qaytariladi. Hamma kimyoviy reaksiyalarni ikki guruhga bo’lish mumkin.Birinchi gurux reaksiyalarda o’zaro tasir etuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmaydi. Bu guruhga Almashish,Birikish va Ajralish reaksiyalari kiradi. AgNO3+KCI=AgCI↓+KNO3 Ikkinchi guruh reaksiyalariga bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradigan reaksiyalar kiradi. Zn+2HCl=ZnCl2+H2↑ Oksidlovchilar va qaytaruvchilar. Tarkibida qaytariluvchi element bo’lgan moddalar oksidlovchilar, oksidlanuvchi element saqlovchi moddalar qaytaruvchilar diyiladi. Oksidlovchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini pasaytiradi,qaytariluvchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini oshiradi.Oksidlovchilar elektronlarning akseptori (lotincha acceptor-qabul qiluvchi) qaytaruvchilar elektronlarning donori (lotincha donor-beruvchi) hisoblanadi. Muhim oksidlovchilar 1.Oddiy moddalar: F2, Cl2, Br2, l2, O2, S. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib ilib,manfiy zaryatlangan zarrachalarni hosil qiladi. 2.Murakkab moddalar:kislorodli kislatalar H2SO4. HNO2 va ularning tuzlari;KmnO4 (kaliy permanganat),K2Cr2O7 (kaliy birxomat); Xlorning kislarodli kislatalari (HCIO,HCIO3,HCIO4) va ularning tuzlari. 3.Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan ionlari.masalan; Fe3+ , Au3+ , Cu2+ , Sn2+ Muhim qaytaruvchilar. 1.Metallar, ayniqsa,ishqoriy metallar (Li,Na,K,va boshqalar) va ishqoriy yer metallari (Ca,Sr,Ba). 2.Vodorod,uglerod (koks),uglerod (ll)-oksid CO. 3.Kislarodsiz kislotalar va ularning tuzlari; gidridlar tarkibidagi vodorod ioni H (NaH,KH, CaH2va boshqalar).Ba’zi moddalar sharoitga qarab ham oksidlovchi ham qaytaruvchi vazifasini bajarishi mumkin (masalan, HNO2, H2SO3). Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini 3 guruhga bo’lamiz. 1.Atomlararo yoki molikulalararo boradigan oksidlanish qaytarilish reaksiyalari.Bunday reaksiyalarda elektronlarning almashinishi atomlar,molikulalar yoki ionlar o’rtasida boradi,masalan; 0 +5 +2 +2 3Cu+8HNO3+3Cu(NO3)2+2NO+4H2O 2.O’z-o’zidan oksidlanish, O’z-o’zidan qaytarilish (disproparsiyalanish) reaksiyalari. Bunday reaksiyalarda bitta element atomlari yoki ionlarining oksidlanish darajasi bir vaqtning o’zida ortadi va kamayadi.Bunda boshlang’ich modda turli hil birikmalarni hosil qiladi, ulardan birida atomlarning oksidlanish darajasi yuqori,ikkinchisida esa past bo’ladi. +6 +7 +4 3K2MnO4+2H2O=2KMnO4+MnO2+4KOH + +5 3NaCIO=2NaCI+NaCIO3 3.Ichki molikulyar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Bunday reaksiyalar jumlasiga bitta molikuladagi turli atomlarning oksidlanish darajasi o’sbarishi bilan boradigan reaksiyalar kiradi.Bunda musbat oksidlanish darajasi kattaroq bo’lgan atom, oksidlanish darajasi kichikroq bo’lgan atomni oksidlaydi, masalan. + 5 -2 +3 0 2NaNO3=2NaNO2+O2 -3 + 6 0 +3 (NH4)2Cr2O7=N2+Cr2O3+4H2O E’tiboringiz uchun RAXMAT. FiZiKA 203-GURUH Talabasi Eshburiyev Quvonchbek.
Do'stlaringiz bilan baham: |