Hamma kimyoviy reaksiyalarni ikki guruhga bo’lish mumkin.Birinchi gurux reaksiyalarda o’zaro tasir etuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmaydi. Bu guruhga Almashish,Birikish va Ajralish reaksiyalari kiradi. AgNO3+KCI=AgCI↓+KNO3 Ikkinchi guruh reaksiyalariga bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradigan reaksiyalar kiradi. Zn+2HCl=ZnCl2+H2↑ Oksidlovchilar va qaytaruvchilar. Tarkibida qaytariluvchi element bo’lgan moddalar oksidlovchilar, oksidlanuvchi element saqlovchi moddalar qaytaruvchilar diyiladi. Oksidlovchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini pasaytiradi,qaytariluvchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini oshiradi.Oksidlovchilar elektronlarning akseptori (lotincha acceptor-qabul qiluvchi) qaytaruvchilar elektronlarning donori (lotincha donor-beruvchi) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |