Mavzu: tabiat burchagiga tavsiya etilgan hayvonlarni xarakterli xususiyatlari bilan tanishtirish



Download 70,23 Kb.
bet12/12
Sana01.01.2022
Hajmi70,23 Kb.
#291102
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot

Munozarali ma’ruza metodi Bolalar faol bo‘ladi. Bolalar savol beradi, aniqlik kiritadi, norozilik bildiradi. Ma‘ruza muhokamaga aylanadi. Dars sifati savol va javoblar natijasiga bog‘liq. O‘qituvchi ma‘ruza davomida savolga javob berishga tayyor bo‘lishi kerak. Shu bois hududimizdagi sardobalarning Bolalarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllantirishdagi ahamiyati, qolaversa, ularning tabiatdagi o‘rni atroflicha yoritib berildi.

Hikoyada ma‘lum qilinayotgan bilimlar ishonchlilik, ilmiylik talablariga javob berishi lozim. Tarbiyachi biror narsani bolalarga aytishdan oldin faktlarning to‘griligini tekshiradi. Hikoya qiziharli, mazmunli, maqsadli bo‘lishi lozim. Mazmunsiz hikoyalar, ortiqcha tasvirlashlar bolalarning e‘tiborini jalb qilmaydi, esda qolmaydi.


Bolalarga turli maqsadlarda: ularga tanish bo‘lgan hodisalar, hayvonlar, o‘simliklar haqidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida yangi hodisalar, faktlar haqida hikoya qilib berish mumkin. Bunday holda hikoya albatta ko‘rgazmali qurollar — fotosuratlar, rasmlar, diafilmlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib boriladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun hikoyaning davomiyligi 10—15 minutdan oshmasligi kerak.
Hikoya uchun tarbiyachi xilma-xil material: tabiatga oid shaxsiy kuzatishlar, ajoyib kishilarning hikoyalari, tabiat hodisalari haqidagi ocherklar, naturalistlarning yozuvlari, hikoyalari va ilmiy materiallardan foydalaniladi.
Suhbat. Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga: oldindan o‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigay suhbatlarni tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qo‘llaydi. Bunday suhbatning maqsadi — bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida bolalarning bilimini aniqlashdir.
Yakuniy suhbat bilan olingan faktlarni sistemalashtirish va konkretlashtirishga, mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo‘lishi mumkin: birovlar tomonidan kuzatiladigan ob‘ektlar tor doirada kuzatilgandan so‘ng (masalan, uchib ketuvchi qushlar va qishlab qoluvchi qushlar va shu kabilar), boshqalari hodisalarning keng doirasini qamrovchi (masalan, mavsumiy o‘zgarishlar haqida suhbatlar) — bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar hayoti, hayvonlar, kishilarning mehnati haqidagi bilimlarini sistemalashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Suhbatning samaradorligi bolalarning oldindan qandai tayyorgarlik ko‘rganliklariga bog‘liqdir. Suhbat — bu ular bilan o‘tkazilgan ishning yakunidir. Shuning uchun tarbiyachi oldida bolalarda kuzatishlar, mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiatshunoslik kitoblarini o‘qish, hikoyalar orqali tasavvur hosil qilish vazifasi turadi.
Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi lozim: qanday mazmunini aniqlash va konkretlashtirish kerak, umumlashtirish va sistemalashtirish uchun qanday muhim aloqalarni ajratib ko‘rsatish lozim, bolalarni suhbat yakunida qanday umumlashtirish va xulosaga olib kelish kerak.
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa hamda munosabatlarni ta‘kidlashdan

boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirishga o‘tishni ta‘minlaydi, tarqoq faktlarni sistemaga soladi.


Xilma-xil ko‘rgazmali materiallardan ham foydalanish zarur, ular bolalarga bilimlarini tinglashlariga, hodisalarning muhim belgilarini ajratib ko‘rsatishlariga yordam beradi: tabiat, ob-havo kalendarlari, gerbariylar, illyustrastiyalar. Bundan tashhari, topishmoqlar, she‘rlar, qushlar ovozlarining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokama qilinayotgan materialga nisbatan emostional munosabat uyg‘otadi.
Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodi sifatida o‘rta va maktabgacha bo‘lgan katta yoshda qo‘llaniladi. O‘rta yoshdagi gruppada suhbat asosan hodisalarni eslatishga qo‘llanilsa, katta va maktabga tayyorlov gruppalarida esa mavjud bilimlarni umumlashtiradi.
Badiiy adabiyotni o’qish. Bolalar adabiyotida tabiat turli badiiy vositalar yordamida ifodalanadi. O‘z mazmuniga ko‘ra tabiatshunoslik haqidagi kitob ayni vaqtda muhim ahamiyatga egadir. Uning xususiyati mana shundadir.
Tabiatshunoslik kitobi bolalarda bilishga qiziqishni, kuzatuvchilikni, bilimga bo‘lgan havasni tarbiyalash uchun boy material beradi. U bolalar oldiga yangi savollarni qo‘yadi, bolalarni atrofidagi tabiatga diqqat bilan harashga majbur qiladi.
Tabiat haqidagi bolalar kitobi tarbiyachilar uchun katta qiymatga egadir. U kuzatilayotgan joydan chetga olib chiqadi va shu orqali bolalarning tasavvurlarini kengaytiradi, bolani bevosita idrok etolmaydigan hodisalar bilan tanishtiradi. Qitob yordamida boshqa iqlim zonalaridagi tabiat hodisalari, hayvon va o‘simliklarning hayoti haqida bilish, predmet va hodisalar haqidagi mavjud tasavvurlarni aniqlash hamda konkretlashtirish mumkin. Tabiatshunoslik kitobi bolalarda jonsiz tabiat hodisalarini ochib beradi, tabiatda mavjud bo‘lgan aloqa va munosabatlarni aniqlashga yordam beradi. Bunda Q. Hikmat, Po‘lat Mo‘min, Ilyos Muslim va Q. Muhammadiylarning tabiat haqidagi she‘rlari, ertaklaridan ham keng foydalanish mumkin.
Tabiatshunoslik kitobidan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan bo‘ladigan ishda turli maqsadlarda foydalaniladi. Bolalar oldiga vazifa qo‘yish, bo‘lajak kuzatishga qiziqish uyg‘otish uchun kuzatishdan oldin kichik hikoya, ertak aytib berish mumkin.
Download 70,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish