Mavzu: Suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsentini Stoks usulida aniqlash .
Nazariy qism
Yopishqoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarning yopishqoqlik koeffitsientini aniqlashda Stoks usuli qo‘llaniladi. Bu usulda silindr naydagi yopishqoq suyuqlikka tashlangan sharchaning tushish tezligiga qarab shu suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsenti aniqlanadi.
Fq bilan suyuqlikning yopishqoqligi orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi formulani Stoks keltirib chiqargan:
Fq=6πηrυ
Bu yerda
– suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsienti
r - sharchaning radiusi
υ - sharchaning suyuqlikdagi tezligi.
Suyuqlikda harakatlanayotgan sharchaga 3 ta kuch ta’sir etadi.
1. Sharchaning og‘irlik kuchi: (1) bunda
-sharcha moddasining zichligi;
2. Suyuqlik tomonidan ta’sir etuvchi, itarib chiqaruvchi kuch yoki
Arximed kuchi: (2) bunda - suyuqliking zichligi;
3. Qarshilik kuchi: (3)
Og‘irlik kuchi va Arximed kuchi kattaligi jixatidan o‘zgarmas bo‘lgan qarama – qarshi tomonga yo‘nalgandir. Qarshilik kuchi esa tezlikka proportsional bo‘lib, vektor sifatida itarish kuchi tomon yo‘nalgandir. Uchta kuch muvozanatlashgan paytdan boshlab sharcha tekis harakatlanadi.
Sharchaning tekis harakatlanish sharti: Fog‘=Fi+Fq
bu tenglikdan quyidagi ishchi formula kelib chiqadi:
(4)
Sharchaning harakat tezligini quyidagi formuladan topish mumkin: ν=ℓ/t
ℓ - sharchaning tekis harakatidagi yo‘li
t- sharchaning ℓ – masofani bosib o‘tishdagi harakatlanish vaqti
- o‘zgarmas kattaliklar bo‘lgani uchun
ni “c” bilan belgilab,
deb yozamiz.
Endi ishchi formula (4) ni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
(5)
Demak, – ni topish uchun sharchaning radiusi r ni va uning suyuqlikdagi harakat tezligi v ni o‘lchash kerak. Yopishqoqlik koeffitsentini aniqlash uchun tekshirilayotgan suyuqlik quyilgan uzun shisha silindr olinadi. Suyuqlikdagi sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar bir – birini muvozanatlagan balandlikka silindrning tashqi tomoniga ikki belgi qo‘yilgan: yuqoridan birinchi belgi, sharcha l masofa o‘tgandan keyin pastdan ikkinchi belgi. Silindrdagi suyuqlikka sharchani tashlab uning ma’lum l masofani o‘tish uchun ketgan vaqtni sekundomerda o‘lchanadi.
Qonning normadagi yopishqoqligi (4 ÷ 5)·10-3Pa·s , kasallikda u
1,7·10-3Pa·s dan 22,9·10-3Pa·s gacha o‘zgaradi, bu esa eritrotsitlarning cho‘kish reaksiyasi (SOE) ga ta’sir ko‘rsatadi. Bir xil suyuqlik kasalliklarda qonning yopishqoqligi normadan katta bo‘lsa, masalan, qorin tifi va sil kasalliklarida esa kamayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |