Mavzu: suvsiz eriтmalar тayyorlash. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 24,21 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2022
Hajmi24,21 Kb.
#689844
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suvsiz eriтmalar тayyorlash. Reja


MAVZU: SUVSIZ ERIТMALAR ТAYYORLASH.
REJA:


I.KIRISH


II.ASOSIY QISM
2.1Suvsiz eritmalar va ularni tayyorlash.
2.2Uchuvchan suvsiz eritmalar (etanol, xloroform, benzin) haqida tushuncha.
III.TAJRIBA QISM
3.1Uchuvchan bo‘lmagan erituvchilar (yog’lar va moylar, glitserin) haqida tushuncha.
IV.XULOSA
V.ADABIYOTLAR


Kirish

Kimyo texnologiyasida suvsiz eritmalar suvli eritmalardan tashqari spirtli, glitserinli, moyli, silikonli va hokazo eritmalar uchraydi. Ko‘pincha ular sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi.


Suvsiz eritmalar 2 guruhga bo‘linadi: 1. Uchuvchan (etanol, xloroform, efir, benzin, skipidar) eritmalar. 2. Uchuvchan bo‘lmagan eritmalar: o‘simlik moylari, vazelin moyi (suyuq parafin), glitserin.Uchuvchan erituvchilar bilan eritma tayyorlaganda qizdirish, filtrlash, suzish kabi texnologik bosqichlardan voz kechish lozim, chunki bunda erituvchining uchib ketish ehtimoli bo‘ladi. Efir, benzin, etanol yong‘indan xavflidir. Bu eritmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan, og‘zi zich yopiladigan shisha idishlarda tayyorlanadi. Suvli eritmalardan farqli o‘laroq suvsiz eritma tayyorlashda avvalidishga eritiladigan modda, so‘ngra erituvchi solinadi. Idish quruq bo‘lishi shart. Bu eritmalarni filtrlash zarur bo‘lgan taqdirda voronka ustiga shisha plastinka yopib turib filtr­lash kerak. Agar etanolning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 90% li etanol ishlatiladi (hajm foizda).Bundan quyidagilar mustasno:5—10% li yod eritmasi (X DF), 1—2% li yod eritmasi, 1,5% li vodorod peroksid eritmasi, 1% li sitral eritmasi — 96% li etanolda; 1—2% salisil kislotasi va 0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi eritmalari —70% li etanolda; 1—2% li brilliant yashili va 1% li metilen ko‘ki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi (O‘z RSSV ning 2002-yil 29-dekabrdagi 582-sonli buyrug‘i). Etanol eritmalari og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Rr: Acidi borici 0,3Sp. aethylici 70% — 10 mlM.D.S. Sirtga ishlatish uchun.Quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etanol solib eritiladi (og‘zi tez berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°C) solib isitish mumkin.Ba’zan 70% li etanol olish uchun 95% li etanolni suyultirish lozim bo‘ladi. Bunda quyidagiformuladan foydalanish mumkin:X = VЅBAMasalan, 50 ml 70 %li etanol eritmasini tayyorlash kerak.X =50Ѕ70= 36,8 ml.95Silindrga 36,8 ml 95% li etanol solib hajmi 50 ml ga yetguncha tozalangan suv qo‘shiladi. O‘lchov silindri bo‘lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish mumkin.Moyli, glitserinli eritmalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida qizdiriladi. Eritma to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan idishning o‘zida tayyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.Rr: Mentholi 0,2Ol. Vaselini 20,0M.D.S. Sirtga ishlatish uchun. Quruq flakonga 0,2 gmentol solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga20 gvazelin moyi solinadi. Og‘zi berkitilgan idishdagi aralashmanisuv hammomida 70—80°C gacha qizdiriladi. Bunda mentol to‘liq eriydi.Rr: Natrii tetraboratis 20,0Glycerini 80,0M.D.S. Og‘izning shilliq pardalarini artish uchun. Quruq flakonga20 g natriy tetraborat solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 80 g glitserin solinadi. Idishning og‘zi berkitilib,natriy tetraborat erib ketguncha suv hammomida qizdiriladi.Тegishli yorliq yopishtiriladi. Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning hujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexanik zarrachalarning bor-yo‘qligi tekshiriladi. Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.

Download 24,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish