Mavzu: Suvning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, ishlatilishi.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Suvning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, ishlatilishi.
haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: Oquvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: Oquvchhilarni ongini varafakkurini ostirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni organuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va oquv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1.Suvning tabiatda tarqalishi. 2.Suvning ishlatilishi. 3.Suvning ahamiyati.
Yangi darsning bayoni.
Yer shari yuzasining 3/4 qismi okean, dengiz, ko1, daryolar shaklida suv bilan qoplangan. Suv gazsimon bug shaklida atmosferada kop tarqalgan, toglarning choqqisida va qutblarda qor, muz shaklida joylashgan. Yer qa’rida tuproq va tog‘ jinslarini namlab turuvchi yerosti suvlari mavjud.Dunyo okeani hajmi l,35∙106 km3 ni tashkil etadi. Yerdagi 97,2% suv Dunyo okeani hissasiga to‘g‘ri keladi. Qutb muzliklari, cho‘qqilardagi muzlar 2,1% ni, yerosti grunt suvlari va ko1, daryolardagi chuchuk suv 0,6% ni, quduq suvlari va shor suvlar 0,1% ni tashkil etadi.Suv osimliklar, hayvonlar va insonlar hayotida juda katta ahamiyatga ega. Zamonaviy tushunchalarga kora hayotning ozi kelib chiqib rivojlanishi ham dengiz bilan bogliq; har qanday organizmda suv hayotiy faoliyatni taminlovchi kimyoviy jarayonlar yuz beradigan muhit bolib hisoblanadi, undan tashqari, suvning ozi ham qator biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.Suvning anomal fizik xossalari ham hayotiy jarayonlarni taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar suyuqlikdan qattiq holatga otishda suvning zichligi boshqa moddalarniki kabi ozgarganda edi, qish kelishi bilan suv yuzasi 0°C da muzlab, tagiga chokar va ornini issiqroq qatlamga berar, u ham muzlab, chokar va natijada hamma suv muzga aylanib, hayotning koplab shakllari qirilib ketar edi. Lekin, suv +4°C da eng yuqori zichligiga ega bolishi bu kabi hodisani yuz berishiga yol qoymaydi, kam zichlikka ega bolgan muz suv yuzasida qoladi va pastki iliq qatlamlarni muzlashdan saqlab turadi, hayot shakllarini sovuqdan himoya qiladi.Suvning yuqori issiqlik sigimiga egaligi ham Yerdagi hayot uchun foydali. Uning bir gramm miqdorini isitish uchun boshqa har qanday moddaning bir gramm miqdorini isitishga sarflanadigan energiyadan ortiqroq energiya sarflash kerak, yani malum miqdor issiqlik qabul qilgan suv boshqa suyuqliklarga qaraganda kamroq haroratda isiydi va Yer Quyoshdan oladigan energiyaning 1/3 qismi dunyo okeani va boshqa suv havzalaridagi suvni buglatishga sarflanadi.Bu esa Yer shari yuzasida normal hayotiy faoliyatni taminlovchi oziga xos termoregulyator rolini bajaradi.Yer sharidagi mavjud suv resurslari shor va chuchuk suvga bolinib, ularning ikkisi ham sanoat uchun muhim ahamiyatga ega.Sanoat asosan chuchuk suv bilan ishlashga moslashgan. Malumotlarga kora, har yili kishi boshiga ortacha 8000 l suv ishlatiladi; bu qatorga hojalik ehtiyojlari ham, qishloq hojaligi va sanoat ehtiyojlari ham kiradi. Chuchuk suvning 10% miqdori uy ehtiyojlari uchun qolgani qishloq hojaligi va sanoat uchun sarflanadi. 1 kg qand olish uchun 400 l, 1 kg bugdoy olish uchun 1500 l, 1 kg sintetik rezina olish uchun 2500 l atrofida suv sarflanadi.Suv koplab sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda sovutgich, erituvchi muhit, tozalov vositasi kabi vazifalarni bajaradi.Suvning qishloq hojaligidagi roli hammamizga malum: osimliklarni sugorish, hayvonlarni sugorishda faqat chuchuk suvdan foydalaniladi.Suvdan sanoatda keng kolamda foydalanish oqava suvlar tozaligini va atrof-muhitni himoya qilishni taminlash muammosini keltirib chiqarmoqda. Bu masala muammoga kompleks yondoshilgandagina ijobiy hal etilishi mumkin. Suv bebaho boylik ekanligini unutmang.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.Suvning tabiatda tarqalishi haqida tushuntiring.
2.Suv qanday sohalarda ishlatilishi.
3.Suvning qanday ahamiyati bor.
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |