Ishning maqsadi: Suv muhiti omillariga organizmlarning moslashish belgilarini о‘rganish. Chuchuk suv havzasining biotsenozlari va suv havzasining moddalar aylanishi haqida ma’lumotlar tо‘plash.
Mashg‘ulot vazifalari:
chuchuk suv havzasining biotsenozlari;
havzadagi ozuqaviy bog‘lanish;
havzadagi asosiy biomassa hosil qiluvchi plankton ekologik guruhlar;
suv havzasida moddalar aylanishi bilan tanishishdan iborat.
Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar:
chuchuk suv havzasining biotsenozlari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘ladi;
havzadagi ozuqaviy bog‘lanishni bilib oladi;
havzadagi asosiy biomassa hosil qiluvchi plankton ekologik guruhlarni bilib oladi;
suv havzasida moddalar aylanishini tushunib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |