Kerakli materiallar va jihozlar: Amaliy mashg‘ulotning dars ishlanmasi, suv biotsenozining rasmi, jadvallar, albomga chizilgan rasmlar, о‘simlik namunalari.
Nazariy material. Suv resurslari: okeanlar, dengizlar, daryo va kо‘llar, qutb va tog‘likdagi muzliklar, yer osti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Umumiy suvning miqdori 1,5 mlrd. km3 ni tashkil etadi. Bu miqdordagi suvning 94,2% shо‘r suvlar hisoblanadi. Chuchuk suv zahiralari 2-2,5% dan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va tog‘larda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |