6.7-rasm. Risbermaning sxemalari.
Teskari filtrlar inshoot zaminini filtratsiya deformatsiyalaridan himoya qiladi va filtratsiya oqimini erkin chiqishini ta’minlaydi.
Shpuntlar inshoot zaminlarida o‘rnatilib, ular filtratsiya yo‘lini uzaytirish uchun xizmat qiladi. Shpuntlar yog‘och, metall va temir-betondan barpo etiladi. Teskari filtrlar va shpuntlar to‘g‘risida ma’lumotlar III-bo‘limda batafsil keltirilgan.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ishoot elementlarining poydevor qismi flyutbet deb ataladi. Flyutbet ikki vazifani bajaradi ya’ni suv oqimi inshootning oldi tomonidagi gruntni yuvib ketishdan va inshoot ostidan singib o‘tuvchi filtratsiya oqimining zararli ta’siridan himoya qiladi.
Kanallardagi inshootlar flyutbeti uch qismdan: ponur, suv urilma va deformatsiyalanmaydigan risbermadan tashkil topadi (6.8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |