Temir-betondan qurilgan yon devorlar asosan to‘rt turga bo‘linadi (5.9- rasm).
Birinchi turdagi (6.5-rasm, a) yon devorlar temir-betonli burchakli yoki konsol ko‘rinishida bo‘ladi ularni 4 m balandlikkacha qurish mumkin. Ikkinchi turdagi (6.5-rasm, b) yon devorlar qovurg‘ali bo‘ladi. Bu xildagi devorlar qurilish jihatidan ancha murakkab hisoblanadi va balandligi 4,0 m dan ortiq bo‘ladi. Uchinchi turdagi (6.5-rasm, d) yon devorlar qutisimon shaklda quriladi, bu turdagi devorlar qovurg‘ali devorlarga o‘xshash bo‘lib, ular flyutbet temir-betondan qurilganda ishlatiladi. qurilish jihatidan bunday devorlar yuqorida ko‘rsatilgan devorlarga nisbatan ancha murakkabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |