!!! Eslab qoling - Jismga boshqa jism ta’sir etmaganda uning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash xossasiga inertlik deyiladi.
- Jismning inertligi qancha katta bo‘lsa, uning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini o‘zgartirish shuncha qiyin kechadi.
III.YANGI MAVZU BAYONI: - Jismga kuch ta’sir qilganda, shu jism inertligining katta yoki kichikligi namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham, gantelni shtangaga nisbatan ko‘tarish, ya’ni harakatga keltirish oson. Chunki gantelning inertligi shtanganikiga nisbatan kichik. O‘yinchoq mashinani qo‘limiz bilan turtib yuborsak, u harakatlanadi. Lekin haqiqiy mashinani turtib yurgizish uchun ancha katta kuch kerak bo‘ladi. Chunki haqiqiy mashinaning inertligi katta. Poyezdning inertligi har qanday mashina inertligidan katta. Shuning uchun poyezdni joyidan qo‘zg‘atib, tezligini oshirish va aksincha, u harakatda bo‘lsa, to‘xtatish qiyin. Katta tezlikda ketayotgan poyezdning to‘xtashi uchun katta kuch va vaqt kerak bo‘ladi.
- Jismning inertlik xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik massa deb ataladi va m harfi bilan belgilanadi.
- Havoda oksidlanmaydigan platina va iridiy qotishmasidan tayyorlangan, massasi 1 kg ga teng bo‘lgan silindr massa etaloni deb qabul qilingan.
- Barcha jismlar inertlik xossasiga egadir. Tajribalardan ko‘rinadiki, bitta jism o‘rniga shunday kattalikdagi ikkita jism bir-biriga yopishtirib qo‘yilsa, bir xil kattalikdagi kuch ta’sirida ularning olgan tezlanishlari ikki marta kamayadi. Bir xil hajmdagi turli moddalardan tayyorlangan jismlar bir xil kuch ta’sirida turlicha tezlanish oladi, ya’ni inertligi turlicha miqdorda bo‘ladi. Demak, har bir jism inertligini jism ma’lum kuch ta’sirida olgan tezlanishini mexanik usulda o‘lchash yo‘li bilan topish mumkin. Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, turli jismlarning inertligi turlicha miqdorda bo‘ladi. Har bir jismning inertligi shu jismning o‘zigagina xos kattalikdir. Jismlarning inertligini taqqoslash uchun maxsus kattalik – massa qabul qilingan.
- «Massa» so‘zi lotinchada «bo‘lak», «parcha» degan ma’noni bildiradi. Istalgan jismning massasi, u qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Jism dengiz ostidami, boshqa sayyoradami yoki kosmosdami, farqi yo‘q, massasi o‘zgarmaydi. Xalqaro birliklar sistemasida massaning birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Dastlab etalon sifatida temperaturasi 4 °C bo‘lgan 1 dm3 (1 litr) hajmdagi sof (distillangan) suvning massasi 1 kg ga teng deb olingan edi. Biroq bu etalon zarur aniqlikni ta’minlay olmadi
Do'stlaringiz bilan baham: |