Lipolitik faollikka ega bo’lmagan mikroorganizmlar sut yog’i uchun ozuqa muhit hisoblanmaydi, chunki mikroorganizmlar ularni parchalamaydi va o’zlashtira olmaydi. Faqatgina lipolitik xossalarga ega bo’lgan flyuoressent bakteriyalar, mog’orlar, mikrokokkilar va ba’zi boshqa mikroblar yog’ni gidrolizlanib glitserin va yog’ kislotalarga aylangandan so’ng o’zlashtiradi. Qolgan mikroorganizmlar o’z hayot faoliyatini yog’ plazmasida davom ettirib, u oqsil, sut qandi, sut kislota(nordon qaymoqli sarig’yog’), tuz va boshqa ozuqa moddalarning suvdagieritmasidaniborat bo’ladi.Plazma sarig’yog’ning ko’p bo’lmagan (15 %gacha) miqdorini tashkil qilib,u mikroskopik o’lchamdagi (1 dan 10 mkm gacha) tomchilar ko’rinishida tarqalgan bo’ladi. 1g sarig’yog’da bunday tomchilarning soni bir necha mlrd gacha bo’ladi. Ma’luimki, mayda zarrachalar qancha ko’p bo’lsa, sarig’yog’dagi namlik shuncha yo’qotilgan bo’lib, mikroorganizmlar shuncha sekin rivojlanadi va sarig’yog’ chidamliligi shuncha yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |