Qalqontumshuq ilon (shitomordnik)
Toshkent va Samarqand viloyatidagi tog'larda va Qoraqalpog'istondagi tekisliklarda qalqontumshuq ilon yashaydi. Bu respublikada tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo'ladi. Ustida to'q rangli ko'ndalang dog'lari bor. Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda - tuproqli va qumli cho'llardir. Janubda u baland tog'lardagi archazor o'rmonlarda va tosh uyumlari bo'ylab alp o'tloqlarigacha (3200 m va undan balandroq) uchraydi.
Kulvor ilon
Ko'lvor ilon ancha yirik bo'ladi, yo'g'onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm cha, dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og'ir ko'lvor ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to'q kul rang, sarg'ish yoki jigarrang tusli. O'zbekistonda Turkiston tog' oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog'lari, Ko'hitang va Hisor tizma tog'lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko'p tarqalgan. Zarafshon tizma tog'i va Nurota tog'larining ba`zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba`zan esa undan ko'p ko'lvor ilonni uchratish mumkin. Ko'lvor ilon tog'larda, tog' oldilarida va tog'larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog' etaklaridagi bog'larda, buloqlarning bo'yida, tog'lardagi tosh uyumlari orasida ko'p uchraydi.
O'rta Osiyo kobrasi, qora ilon va charx ilonlar zaxari asosan nafas markazlariga ta`sir ko'rsatsa, ko'lvor va qalqontumshuq ilonlar zaxari yurak qon aylanish tizimiga ta`sir qiladi.
Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo'lingiz bilan siqib chiqaring yoki og'zingiz bilan so'rib tashlang. Ilonning zahari so'lak ta`sirida qisman parchalanadi va odam og'zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo'lgan taqdirda ham zaharlanishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so'rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margantsovka, sirka yoki sodali suvga ho'llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz yeyishi foydali.
Ilonlar o‘ziga xos tana tuzilishiga ega bo‘lgan, o‘lchami 20 sm dan 10 m gacha etadigan hayvondir. 2700 ga yaqin turi ma’lum. Tanasi har xil yo‘g‘onlikda bo‘yiga cho‘zilgan. Dumi hamisha tanasidan kalta. Oyog‘i bo‘lmaydi. O‘ziga xos ajoyib harakatlanish usuli, xatti-harakatlari, zahar tishlari va harakatsiz tik qarab turishi tufayli ilonlar haqida kanchadan-qancha ertak va afsonalar to‘qilgan hamda ko‘p xalqlar orasida ilondan qo‘rqish hissi paydo bo‘lgan.
Ilonlar kaltakesaklardan deyarli 30 xil belgilariga ko‘ra farq qilinadi. Asosiy farqlaridan biri pastki jag‘ining tuzilish xususiyatlaridir. Kalla suyagi yuz kismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag‘ esa kalla suyagida qattiq cho‘zilgan burma yordamida osilib turadi. Elastik bog‘lam esa jag‘larning o‘ng va chap bo‘lagini biriktiradi va bu bilan ilonning og‘zi juda ham cho‘ziluvchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular o‘ljasini butunligicha yuta oladi. Tishlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, chaqish (tishlab olish), o‘ljasini tutish va qizilo‘ngachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, o‘tkir va orqaga qayrilgan.
Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag‘idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha sekund havoda yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o‘ynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tupa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu erda ilon havoda paydo bo‘ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida informatsiya oladi va shunga qarab o‘ljasining kaerda joylashganligi yoki suv manbaining qaerdaligi haqida orientirlanadi. Ko‘zlari ham orientirlashda katta rol o‘ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko‘z qorachig‘i vertikal yoki yumaloq, ba’zan esa gorizontal bo‘lishi mumkin, kunduzgi ilonlarning hamma vaqt yumaloq bo‘ladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular hatto sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ham ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi shitish teshigi bo‘lmaydi. O‘rta qulog‘i sodda tuzilgan va faqat ichki qulog‘i yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni muzika chalib o‘ynatish haqidagi afsonalar asossizdir. Bo‘g‘ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo‘lib, ular uzoqdan o‘ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo‘ladi.
Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘p-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi. Suvli mevalar, masalan, pomidorlarni yutib yuborgan hollari ham bo‘lgan. Aftidan ular organizmni suv bilan ta’minlash maqsadida shunday qilishsa kerak.
Jinsiy dimorfizm unchalik sezilmaydi. Erkagining dumi urg‘ochilarinikiga qaraganda bir oz uzunroq. Ko‘p turlarining urg‘ochilari erkagidan yirikroq bo‘ladi.
Tuxum qo‘yib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Ayrim turlari uchun bir marta urug‘lanish 3—5 yilgacha urug‘langan tuxum qo‘yish uchun etarli bo‘ladi. Bir yilda bir marta tuxum qo‘yadi. Bir galgi tuxum qo‘yishda mayda turlari bittadan 3—4 tagacha, yiriklari bir necha o‘nlab tuxum qo‘yadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi.
Yosh ilonlar kattalariga nisbatan ancha ochiq rangli bo‘ladi. Ular qishlashga ketgunga qadar tana bo‘shlig‘iga kirib boradigan va tuxumdan yangi chiqqan ilon massasining 30 %ni tashkil qiladigan sariqlik xaltasi hisobiga yashaydi. Ilonlar nisbatan uzoq yashaydi, biroq aniq ma’lumotlar yo‘q
Do'stlaringiz bilan baham: |