Stoppp Murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan kishiga yordam berish. - Boshiga kulfat tushgan , ruhiyatida ziddiyatlar bo'lib, umidsizlikka yuz tutgan inson , tabiiyki, o'z atrofidagi odamlar unga hamdardlik bildirishlarini , ichida to'planib qolgan dard-u , alamni to'kib-sochib, ruhan yengil tortishni istaydi, albatta. Zero, ovoz chiqarib bayon etilgan ichki dard go'yo so'z vositasida kishi ruhini tark etadi va shu zahoti yengil tortib, ichki kechinmalardan xolos bo'ladi. Bas, shunday ekan, kishining ya'ni yaqiningiz , bo'ysunuvchi xodimingiz , o'quvchingiz yoki talabangizning ruhi tushganligini, xulq -atvorida o'z joniga qasd qilishga moyillik alomatini sezsangiz, uni zudlik bilan suhbatga chorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |