topshirig’i bilan shartnomalar tuzuvchi shtatsiz xodimi. * Sug’urta guvoxnomasi. Sug’urta tashqil etilganligiga guvoxlik beruvchi xujjat. Ixtiyoriy sug’urtada bunday xujjatlar birinchi badal to’langandan keyin beriladi. Sug’urta guvoxnomasida sug’urtalangan shaxsning ismi, familiyasi, sug’urta so’mmasi yoki qoplamasi sug’urta tarifi, sug’urta badali va boshqa ma`lumotlar ko’zda tutiladi. * Sug’urta qoplamasini oluvchi. Sug’urta qoidalari yoki shartnomalarda ko’zda tutilgan, sug’urta xodisalari sodir bo’lganda yoki boshqa sabablar tufayli sug’urta tashkilotlaridan ma`lum miqdorda qoplama oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar. SHirkat va fermer xo’jaliklarida bu mablag’lar ularning xisob raqamlariga o’tkaziladi.
Sug’urta fondining sug’urta badallari xisobidan shakllanishi o’ziga xos jarayon bo’lib, u badal miqdorini aniqlash bilan bog’liq qator tushunchalarga egadir. Bu tushunchalarga quyidagilar kiradi: sug’urtaviy baxolash sug’urta ta`minoti sug’urta so’mmasi sug’urta tarifi sug’urta muddati sug’urta yoshi sug’urta boqimandasi sug’urta to’lovi Sug’urtaviy baxolashi mol-mulk sug’urtasida qo’llaniladi. Sug’urtaviy baxolash asosida sug’urta ob`ektlarining qiymati aniqlanadi. Bu asosda sug’urta badallari xisoblanadi. Bunday ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: * O’rtacha besh yillik yoki uch yillik xosil. Bu ko’rsatkich ekinlarga nisbatan qo’llaniladi. O’rtacha xosil belgilangandan keyin u natura o’lchovidan pulga aylantiriladi. * Balans qiymatida (chorva mollariga nisbatan qo’llaniladi). * Balans baxosida (eskirgan miqdorini chiqarib tashlab) – binolar, mashinalar, transport vositalari. * Inventarizatsiya baxosida fuqarolarning turar joylari, kommunal xo’jaligi organlari tomonidan aniqlanadi. * Sug’urta ta`minoti. Sug’urta ta`minoti – bu sug’urta xodisasi sodir bo’lganda mavjud belgilangan tartib asosida zararlarni xisoblash va bu asosda qoplama miqdorini belgilash usulidir. Amalda sug’urta ta`minotining 3 tizimi mavjud: Sug’urta ta`minotining nisbiy (proportsional) tizimi. Birinchi xavf tizimi CHegaralangan sug’urta ta`minoti.
* Sug’urta so’mmasi. Sug’urta ob`ektining xaqiqatda sug’urtalangan qismining pul shaklidagi xajmi. Majburiy sug’urtada sug’urta so’mmasi sug’urta ob`ektining xajmi va sug’urta ta`rifi asosida xisoblanadi. Ixtiyoriy shaxsiy sug’urtada so’mmasi sug’urta tashkiloti tomonidan belgilanib chipta baxosi tarkibiga kiritiladi. * Sug’urta ta`rifi. Sug’urta so’mmasi miqdoriga qarab xisoblanadigan badalning foiz stavkasi. Tarif miqdori asosan foiz yoki so’mma miqdorida belgilanadi. Maxsus adabiyotda bu stavka brutto ta`rif deb ataladi, u 2 qismga bo’linadi: 1.Netto ta`rifi. 2.YUklama. Netto ta`rifi asosida xisoblangan qoplama zararlarni qoplashga sarflanadi. YUklama xisobidan sug’urta bo’yicha boshqarish xarajatlariga mablag’ ajratiladi. Sug’urta ta`rifi asosida sug’urta to’lovlari xisoblanadi, sug’urta to’lovlari bir yo’la yoki bo’lib to’lanishi mumkin. * Sug’urta muddati. Sug’urta ob`ektlarining qancha vaqtga sug’urta qilingani. Majburiy sug’urta mol-mulkka nisbatan muddatsiz sug’urta xisoblanadi. Mol-mulkdan qancha muddatga foydalanilagan bo’lsa, shu muddatga sug’urtalangan xisoblanadi. Ixtiyoriy mulkiy va shaxsiy sug’urtada sug’urta muddati qancha vaqtga sug’urta qilingani shartnomada ko’rsatiladi, shunga qarab sug’urta to’lovlari xisoblanadi. Lekin sug’urta muddatidan uning amal qila boshlash muddatining boshlanishi tushunchalarini farq qiladi. Sug’urta muddati sug’urta to’lovining birinchi badali to’langan davrdan boshlanadi. * Sug’urta yoshi. Sug’urta yoshi deganda sug’urtalanuvchi fuqarolar yoki chorva mollarining yoshi (biologik kattaligi) ko’zda tutiladi. Xar bir shaxsiy sug’urta ob`ekti bo’yicha masalan fuqarolarning qaysi yoshidan boshlab qaysi yoshgacha sug’urta qilininishi, chorva mollarining qaysi yoshidan sug’urtalash boshlanishi ko’zda tutiladi. Qo’shimcha pensiya tayinlash bo’yicha sug’urta badallari xar bir yosh bo’yicha ko’rsatiladi. Maktab o’quvchilarini sug’urtalashda ularni yoshlari emas, balki sug’urtalangan yili ko’zda tutiladi. Xozirda aralash sug’urta bo’yicha shartnoma 16 yoshdan 70 yoshgacha bo’lib, shartnoma 3 yil muddatga tuziladi. CHunki sug’urta chegarasi 75 yosh qilib belgilangan. * Sug’urta boqimandasi. Sug’urta badallarini to’lash muddatlari majburiy sug’urta bo’yicha dastur amalda, ixtiyoriy sug’urta bo’yicha esa sug’urta shartnomasida ko’rsatiladi. Agar badal belgilagan to’lov muddatida to’lanmasa, u xolda to’lov boqimandaga aylanadi. Ixtiyoriy sug’urta bo’yicha shartnomada ko’rsatilgan muddatda to’lanmagan to’lov shartnomani bekor qilinishiga asos bo’ladi. Majburiy sug’urta turlari bo’yicha to’lov muddatlari Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi. O’z vaqtda to’lanmagan to’lov boqimandaga aylanadi, xar bir kun uchun peniya xisoblanadi. * Sug’urta to’lovi. Sug’urta ta`rifi asosida xisoblangan sug’urta badali. Sug’urta to’lovi sug’urtalangan mol-mulkning xususiyati va egaligiga qarab bir yoki bir necha ob`ekt bo’yicha xisoblanish mumkin. SHirkat yoki fermer xo’jaliklarida sug’urta to’lovlari xosil, chorva mollari, imoratlar va boshqa molmulklar bo’yicha xisoblanib, ularning jami sug’urta to’lovining umumiy miqdorini tashqil qiladi.