Hayot sug'urtasi sohasidagi firibgarlik
Sug'urta bozorida ham har qandav boshqa moliyaviy bozorlar singari sug'urta firibgarligiga taalluqli iqtisodiv jinoyatlar yuzaga keladi. Sug'urta bozorining huquqiy muammolarini asosan sivilistlar va kamdan kam hollarda jinoiy huquq organlarining mutaxasssislar tadqiq etishadi. Biroq sug'urta sohasida va umuman sug'urta firibgarligida jinoyatlar sonining o'sishi xususan hayotga va jinoiy-huquq yo'nalishini tadqiq etishga undaydi. Sug'urta deganda yuridik va jismoniy shaxslaming qiziqishlarini qoplash uchun shakllantirilgan pul fondlari hisobidan, kelib tushgan sug'urta mukofotlaridan sug'urta shartnomasiga mutanosib ravishda sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta qoplamasini (sug'urta summasi) to'lash yo'li bilan himoya qilish hisoblanadi. Sug'urta faoliyati - sug'urtani amalga oshirish bilan bog'liq sug'urta bozori professional ishtirokchilari faoliyati tushuniladi. Sug'urtaning 2 rnuhim tarmog'i mavjud; umumiy va shaxsiy sug'urta. 359 Shaxsiy sug‘urta — sug‘urtaning bu turi, inson hayotiga. mehnat qobiliyatiga va sog'lig'iga tahdid soluvchi risklardan sug'urta himoyasiga ega boiishni ta’minlaydi. Qonunchilik taiablariga muvofiq shaxsiy sug‘urtaning obyekti bo'lib. inson havoli. sog'lig'i, mehnat qobiliyati bilan bogiiq mulkiy qiziqishlar va sug‘urtalanuvchining yoki sug'urtalangan shaxsning nafaqa bilan ta'minlanganligi tushuniladi. Sug'urta, maflumki milliy xavfsizlik uchun muhim ahamiyat kasb etadi. tabiiy ofatlar, texnogen falokatlar, ijtimoiy nizolar natijasida zarami qoplash nazarda tutiladi, bundan tashqari, moliva bozorining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Olz biznesining ishonchli himovasi sifatida sug’urtalanuvchilar nafaqat sug‘urta biznesining tartib-qoidalarini, balki firibgar va tovlamachilaming qonunga xilof xatti-harakatlarini bilishi shart, bundan tashqari, bunday harakatlardan ogohlantirish huquqini himqya qilish amaliyoti va xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan. Sug'urta firibgarligi - butun dunvo sug'urta kompaniyalari faoliyatining eng jiddiy muammolaridan biridir. Dunvo sug'urta sanoatida firibgarlik aniqlanmaganligi natijasidagi yo'qotishlar, turli baholarda. har yili yig'ilgan sug'urta mukofotlarining umumiy sonidan o'rtacha 15-20%ni tashkil qiladi. Milliy statistika jinoyatning bu turi bo'vicha. ya’ni sug'urta firibgarligi ko'pgina mamlakatlarda o'zining yuqori yashirinliligi sababli mavjud emas. Shaxsiy sug'urta sohasidagi firibgarlik muammolari hozirgi sug'urta bozori mutaxassislari ichida eng ko'p muhokama qilinadi. Sug'urta firibgarligi - bu ijtimoiy xavfli harakat bo'lib. sug'urtalanuvchilar (foyda oluvchilar) tomonidan bir o'zi yoki sug'urta kompaniyalari vakillari bilan yoki boshqa shaxslar sug'urta shartnomasi tuzilganda yoki sug'urtalangan shartnomasi amal qilish muddatida va begonaning mulkini o'g'irlash jarayonida (sug'urta kompaniyalarining pul vositalari) yoki ishonchni suiste’mol qilish yoki aldov yo'llar bilan huquqini qo'lga kiritish hisoblanadi. Firibgarlik shaxsiy sug'urtada xavfli hisoblanadi, chunki bu tarmoqning sug'urta jinoyatchiligidagi ulushi juda katta. Biroq shaxsiy sug'urta sohasidagi firibgarlik xavfi juda yuqori, chunki jinovat bu yerda faqatgina firibgarlik jinoyati bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki shaxsga qarshi jinoyat bo'lib, bu esa jinoyat huquqida jinoyatning og'ir turi hisoblandi. Jinoyatning kattagina qismi shaxsiy sug'urta sohasida amalga oshiriladi. Bu yerda chet elga chiquvchilaming sug'urtasini ajratib ko'rsatish mumkin, (tibbiy falsifikatsiya va to'lov hujjatlari). Tibbiy sug'urtada turli xildagi uyushtirilgan shikastlanishlar va baxtsiz hodisalar tez-tez uchrab turadi. Jamg'arib boriladigan hayot sug'urtasida yolg'onlar va hujjatlami qalbakilashtirish tez-tez namovon bo'ladi. Sug'urta sohasida amalga oshiriladigan firibgarlik, aniq holatda mulkka ega bo'lmagan shaxs, (sug'urta to'lovlari, sug'urta qoplamalari va boshqalar), yolg'on usullami qo'llab yoki ishonchni suiiste’mol qilgan holda, noqonuniy, dalillarsiz, pul va boshqa ekvivalentga to'g'ri keladigan haqni to'lamaslik, shunga o'xshash noqonuniy moddiy foydaga ega bo'lish uchun ko'rsatilgan mulkka ega bo'ladi. O'zbekistonda sug'urta firibgarligining huquqiy tomonlari, nazariy jihatdan yetarlicha o'rganilmagan, ilmiy asoslanlangan metodlaming aniqlanishi, ogohlantirish va sug'urta ftribgarlarini jazolash ko'rsatilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |