МАВЗУ: Sug’orish tizimlari tushunchasi. Sug’orish tizimlarining turlari (noinjenerlik, yarim injenerlik va injenerlik). Sug’orish tizimlarining tarkibiy qismlari.
Sug’orish (gidromeliorativ) tizimlari – bu yerlarni sug’orish uchun tashkil etuvchi murakkab suv xo’jalik majmuasi bo’lib u quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat. 1) Sug’orish tarmoqlari 2) Kollektor zovur va suv yig’ish-tashama tarmoqlari.
Sug’orish tarmoqlari suvni qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish texnologiyalariga muvofiq kerakli miqdor va muddatlarda suv manbaidan olib, sug’oriladigan xududlargacha tashib keltirish va uni suvdan foydalanuvchilar o’rtasida, almashlab ekish dalalari va sug’orish uchastkalari bo’yicha bir tekisda taqsimlash uchun xizmat qiladigan o’zaro uzviy bog’liq holda faoliyat ko’rsatuvchi inshoat va texnik vositalarni o’z ichiga oladi.
Kollektor-zovur va suv yig’ish-tajama tarmoqlari sizot suvlar sathini pasaytirish va ortiqcha suvlarni uchastkadan tashqariga chiqarib tashlashga qo’llaniladigan inshoat va texnik vositalardan tarkib topgan.
Sug’orish tizimlarining turlari va tarkibiy qismlari.
Sug’orish tizimlari alohida xo’jalikka (dehqon fermerlar uyushmasi, fermer, dehqon) xizmat ko’rsatadigan bo’lsa xo’jalik sug’orish tizimi, ikki yoki ortiq xo’jalikka xizmat ko’rsatadigan xo’jaliklararo sug’orish tizimi deb yuritiladi. Agar sug’orish tizimi bir necha tuman, viloyat yoki respublikalar xududida joylashgan bo’lsa, u tegishli tumanlararo, viloyatlararo va respublikalararo sug’orish tizimlari deyiladi. Xo’jalik sug’orish tizimlaridan foydalanish bo’yicha barcha tadbir va harajatlar xo’jalik tomonidan, xo’jaliklararo tizimlarda esa davlat tomonidan bajariladi va ta’minlanadi.
Sug’orish tizimlari tuzilishi (konstruktiv), suv o’zatish usuli, qo’llash holatiga qarab ham turlarga bo’linadi. Tuzilishiga ko’ra ochiq, yopiq va aralash; suv o’z oqimi bilan, mexanik ko’tarib berish va o’z oqimi-mexanik ya’ni aralash usullarda o’zatiluvchi; qo’llanish holatiga ko’ra ko’chmas (turg’un), yarim ko’chma va ko’chma sug’orish tizimlari ajralib ko’rsatiladi.
Ochiq sug’orish tizimlarida barcha yirik va mayda kanallar tuproq yoki to’shamali uzanga ega yoki beton nov holida ochiq bo’lib, yopiq tizimlarda sug’orish tarmoqlari sifatida bosimli va bosimsiz quvurlardan foydalaniladi. Aralash turdagi tizimlarda yirik taqsimlash kanallari ochiq holda, xo’jalik taqsimlagichlar, karta sug’orish tarmoqlari yopiq quvurlardan iborat bo’ladi.
Sug’orish tarmoqlari foydalanish muddatiga ko’ra doimiy va muvaqqat tarmoqlarga bo’linadi. Doimiy sug’orish tarmoqlari ikki va undan ortiq yil davomida foydalanuvchi suv o’zatish tarmoqlari – magistral kanal va uning tarmoqlari, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka taqsimlagichlarini o’z ichiga oladi. Yopiq sug’orish quvurlari ham doimiy tarmoqlari hisoblanadi.
Muvaqqat sug’orish tarmoqlariga mavsum davomida yoki bitta sug’orish davomida foydalanuvchi tarmoqlar bo’lib, ularga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, sug’orish egatlari, yo’lak (pol)lar va cheklar kiradi. Muvaqqat tarmoqlar bevosita sug’orish arafasida qo’rilib, cug’orishdan keyin tuproq yetilishi bilan yoki mavsum boshida ko’rilib, mavsum oxirida tekislab yuboriladi. Ochiq sug’orish kanallari xudadning eng baland qismida quriladiki, toki suv dalalarga o’z oqimi bilan o’zatilsin. Agar suv manbai yoki taqsimlash kanali sug’oriladigan daladan pastda joylashgan bo’lsa, suv nasos stansiyasi yordamida ko’tarib beriladi, ya’ni mashina yordamida o’zatiladi.
Kanallardagi suv sathi ulardan suv oluvchi tarmoqdagidan 20-22 sm baland bo’lishi kerak.
Kanallar bo’zilishiga ko’ra qazma, yarmi ko’tarma va ko’tarma kanallarga bo’linadi. Kanal trassasida ma’lum bir to’siq (avtomabil yoki yo’llari, daryo, soy yoki jarlik) uchrab qolsa, maxsus gidrotexnik inshoatlar yordamida uning ustidan (akveduk) yoki tagidan (dyudker) o’tkazib yuboriladi.
Xo’jalik sug’orish tarmoqlarida filtrasiyaga bo’ladigan suv isrovgarchiligi kamaytirish maqsadida temir beton navlardan keng foydalana boshlandi. Navlar respublikaning yangi o’zlashtirilgan yerlari (Mirzacho’l, Qarshi cho’li)da keng tarqalgan. Suvning filtrasiyaga isrof bo’lishi yo’qotishi tufayli navlarning FIK 0,90-0,96 gacha yetib boradi.
Navlarning ko’ndalang kesimi transsiya, yarim aylana, parabola, turtburchak shakllarda bo’lishi mumkin. Ulardan parabola shakldagi navlar keng qo’llaniladi. Navlarning chuqurligi 40, 60,80 va 100 sm bo’ladi. Shunga ko’ra ular 0,2 dan 0,6 m3/sek gacha suv o’tkazish qobiliyatiga ega. Nav devorlarining qalinligi 5-6 sm, uzunligi 6 m ni tashkil etadi.
Muvaqqat sug’orish tarmoqlari. Qishloq xo’jalik ekinlarini yer yuzasidan sug’orishda muvaqqat tarmoqlardan foydalaniladi. Muvaqqa tarmoqlar sug’orish mavsumi boshida (yoki har bir sug’orish arafasida) olinib, sug’orish mavsumi tugallanishi bilan (smug’origandan so’ng) tekislab yuboriladi. Muvaqqat tarmoqlar sirasiga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, pol (yo’lak)lar va sug’orish egatlari kiradi. Sug’orish jaryonida suv uchastka taqsimlagichidan muvaqqat ariqqa, undan o’qariqqa, o’qariqdan beshamak va egatlarga beriladi. Obdon tekislangan va yaxshi tayyorlangan dalalarda qishloq xo’jalik ekinlari ekilgandan keyin muvaqqat sug’orish tarmoqlari olishga kirishiladi. Sug’orish egatlari ekinlar qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda olib ketiladi.
Egatlar chuqurligi qator oralarining kengligiga qarab belgilanadi: qator oralig’i 60 sm bo’lganda 12 sm dan 18 sm gacha, 90 sm bo’lganda 15 sm dan 32 sm gacha qilib olinadi. G’o’zaning birinchi sug’orishda egatlar 10-12 sm chuqurlaikda, qator orasi 90 sm bo’lgan yerlarda egatlar chuqurroq olinadi. Egat olishda asosiy e’tibor o’simlikni tuproq bilan ko’milib qolmasligi qaratiladi. Mexanik tarkibi tufayli, egatlar sayoz, og’ir tuproqlarda esa chuqurroq qilib olinadi. Egatlar MTZ-80X yoki T28X3 traktorlariga o’rnatilgan KRX-3,6 kultivator-oziqlantirgich yordamida olinadi.
Sug’orish egatlari olib bo’lingandan so’ng o’qariq va muvaqqat ariqlar olishga kirishiladi. Muvaqqat tarmoqlarni qazish uchun ariqqazgich- tekislagichlardan foydalaniladi: ular ariqni 20-40 L/sek dan 100-200 L/sek gacha suv o’tkaza olishi hisobga olgan xolda tanlanadi.
Muvaqqat ariqlar KOR-500 A, KZU-0,5, KPU-2000A, KPN va boshqa ariqqazgich – tekislagichlar yordamida olinsa, o’qariqlar KBN-0,35, KZU-0,3, KZU-0,5, MK-12 kabi qurollar yordamida olinadi.
KZU-0,3 araqqazgich-tekislagich yordamida olingan ariqning chuqurligi 25 sm, tubining eni 30 sm, tepa qismining kengligi 120-130 sm, tuproq uyumining balandligi 20-75 sm ni va ariqqazgich suv o’tkazgich qobiliyati 40-60 l/sek ni tashkil etadi. Ish unumdorligi soatiga 0,8-1,0 sm.
Muvaqqat ariqlar orqali 100-200 l/sek miqdorda suv o’tkarish talab etilayotgan bo’lsa u vaqtda KZU-0,5, KPA-2000A yoki KOR-500A ariqqazgich tekislagichdan foydalaniladi.
Sug’oriladigan yerlarda qor erishi va jala suvlarini, avariya sodir bo’lganda halokatli suv oqimini, sug’orish tarmoqlarini ishlatish texnologyasiga muvofiq ularni bo’shatish jarayonida va dalalarda shakllanayotgan oqova suvlarni qabul qilish va uchastkadan tashqariga chiqarib tashlash uchun suv yig’ish-tashama tarmoqlari quriladi.
Suv yig’ish-tashama tarmoqlar sug’oriladigan uchastkalar va almashlab ekish dalalari chegarasi bo’ylab joyning eng past qismida joylashtiriladi. Ular chegaralovchi tarmoqlar , bosh to’shama kanal, xo’jaliklararo va xo’jalik, va karta tarmoqlari kiradi.
Sun’iy sug’orishni qo’llash suvni kultivasiyaga sarfini ortishiga bu esa tabiiy zovurlashtirilganligi darajasi past bo’lgan yerlarda sizot suvlar sathini ko’tarilishiga olib keladi. Sizot suvlar chuchuk yerlarda tuproqlarning botqoqlanishi, minerallashgan yerlarda esa turlanish jarayoni kuchayadi. Sizot suvlar sathini pasaytirish va mu’tadil chuqurliklarda tutib turish hamda ularni tashqariga chiqarib tashlash maqsadida kollektor-zovur tarmoqlaridan keng foydalaniladi.
Botqoqlangan va sho’rlangan yerlarda kollektor-zovur tarmoqlari sug’orish tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Sug’oriladigan sho’rlangan ochiq va yopiq gorizontal hamda vertikal zovurlardan foydalaniladi. Ayrim hollarda gorizontal vertikal zovurlar birgalikda aralash holda qo’llanilishi ham mumkin.
Ochiq zovurlarda ortiqcha sizot suvlari tuproq uzoqli chuqur kanallar orqali chiqarib yuborilsa, yopiq zovurlarda tuproqning ma’lum chuqurligiga o’rnatilgan zovur quvurlari yordamida chiqarib tashlanadi. Vertikal zovurlar chuqur (20-30 metrdan 100-150 m gacha) quruqlar bo’lib, sizot va yer osti suvlari 6-30 m chuqurlikka o’rnatilgan nasos qurilmalari yordamida tartib olinib, kollektorlarga tashlab yuboriladi.
Sug’oriladigan yerlarda maqbul zovur turi, uning o’lchamlari va solishtirma uzunligi sizot suvlarning loyihaviy rejimi asosida tanlab olinadi. Sizot suvlari yaqin joylashgan gidromorf tuproqlarda sayoz (2 martaga) yarim avtomorf tuproqlarda chuqur (2,5-3,5 m) zovurlar yaxshi samara beradi.
Zovurlar alohida – alohida (lokal) hamda ma’lum bir tartibda (sistemali) joylashtiriladi. Kolektor-zovur tizimini birlamchi va guruh zovurlari, xo’jalik va xo’jaliklararo kollektor hamda magistral kollektorlardan iborat bo’ladi. Odatda kollektor zovur tarmoqlarida suv o’z odimi bilan chiqib ketadi.
Sho’rlangan yerlarda birlamchi zovurlar chuqurligi 2,0-2,5 m, chuqur zovurlari 2,5-3,0 m va kollektorlar chuqurligi 4 m va undan ortiq bo’ladi.
Zovur orasidagi masofa 100-250 m dan 500-600 metrgacha bo’lishi mumkin.
Kollektor zovur tarmoqlaridan to’g’ri foydalanish sug’orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshoatlar nasos stansiyalari, sug’orishning texnik vositalaridan foydalanish bilan o’zaro mutonosibligi amalga oshirmog’i maqsadga muvofiq.
XULOSA:
Meliorasiya fani – yerlarning noqulay tabiiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, unumdorligini doimo oshirib borish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan fandir. Meliorasiyaning asosiy maqsadi tuproqlarning noqulay sharoitlarni (suv, havo, ozuqa, issiqlik) tubdan yaxshilash, uning unumdorligini oshirib borish, qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror, mo’l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir. Meliorasiyaning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat: Sug’oriladigan yerlarni sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyalanishi va tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanishining oldini olish, sho’rlangan, botqoqlangan, yemirilgan,zaharli moddalar bilan ifloslangan yerlarni tubdan yaxshilash va unumdorligini oshirish, yangi yerlarni o’zlashtirish, mahalliy joylarning iqlim sharoitini yaxshilash yani shamol va garmselga qarshi kurashish, sel oqimi, ko’chma qumlarga hamda yer ko’chishini oldini olish va qarshi kurash, yer usti, yer osti suvlarini rostlash va ulardan samarali foydalanish usullarni ishlab chiqish, qo’shimcha suv manbalaridan (oqova, chiqindi) foydalanish.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin yer va suvga bo’lgan munosabat tubdan isloh qilina boshlandi. Yer va suv manbalaridan oqilona, samarali foydalanish uchun mamlakatimizda qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi.
Sug’orish (gidromeliorativ) tizimlari – bu yerlarni sug’orish uchun tashkil etuvchi murakkab suv xo’jalik majmuasi bo’lib u quyidagi ikki tarkibiy qism sug’orish tarmoqlari hamda kollektor zovur va suv yig’ish-tashama tarmoqlaridan iborat.
Sug’orish tarmoqlari foydalanish muddatiga ko’ra doimiy va muvaqqat tarmoqlarga bo’linadi. Doimiy sug’orish tarmoqlari ikki va undan ortiq yil davomida foydalanuvchi suv o’zatish tarmoqlari – magistral kanal va uning tarmoqlari, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka taqsimlagichlarini o’z ichiga oladi. Muvaqqat sug’orish tarmoqlariga mavsum davomida yoki bitta sug’orish davomida foydalanuvchi tarmoqlar bo’lib, ularga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, sug’orish egatlari, yo’lak (pol)lar va cheklar kiradi.
Sug’orish tizimlaridan samarali va tejamli foydalanish shu bugungi kunning dolzarb vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |