Mavzu: sudyalarning huquqiy maqomi: xorijiy va milliy tajriba


Sudyalarning malaka hay`ati



Download 320,13 Kb.
bet14/18
Sana02.01.2022
Hajmi320,13 Kb.
#308096
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BMI-Dilnoza

Sudyalarning malaka hay`ati:

xalq maslahatchilari saylovini o`tkazish jarayoni ustidan nazorat olib boradi;

xalq maslahatchilari saylovini o`tkazish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqadi;

xalq maslahatchilari saylovi natijalarini yakunlaydi;

saylangan xalq maslahatchilari ro`yxatini tuzadi va tasdiqlaydi;

saylangan xalq maslahatchilariga tegishli guvohnoma beradi;

xalq maslahatchilari o`qitilishini tashkil etadi;

xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o`tkazish bilan bog`liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.39

Yig`ilishlar kamida yuz saylovchi bo`lgan mehnat jamoalarida, harbiy qismlarda va aholi punktlarida o`tkaziladi. Agar saylovchilar soni yuz kishidan kam bo`lsa, xalq maslahatchilari saylovi boshqa mehnat jamoalari, harbiy qismlar hamda boshqa aholi punktlarida yashovchi saylovchilar bilan birgalikda o`tkaziladi.

Xalq maslahatchiligiga nomzodlar mehnat jamoalari, fuqarolarning yashash joyidagi saylovchilar tomonidan, shuningdek harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning yig`ilishlari tomonidan ko`rsatiladi.

Yig`ilishda rais, kotib hamda besh—etti nafar a`zodan iborat rayosat saylanadi.


  • Yig`ilishda bayonnoma yuritilib, unga ovoz berish natijalari kiritiladi. Bayonnoma rayosat tarkibiga kirganlarning hammasi tomonidan imzolanadi. Yig`ilish bayonnomasida quyidagilar ko`rsatilishi kerak:

  • yig`ilish o`tkazilgan muassasa, tashkilot, korxona, harbiy qism yoki aholi punktining nomi;

  • yig`ilish o`tkazilgan joy va vaqt;

  • saylovchilar soni;

  • xalq maslahatchiligiga ko`rsatilgan har bir nomzodning ismi, otasining ismi, familiyasi;

  • xalq maslahatchiligiga ko`rsatilgan har bir nomzodni yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni;

  • saylangan har bir xalq maslahatchisining ismi, otasining ismi, familiyasi, tug`ilgan yili, mashg`ulot turi, yashash manzili.

  • yig`ilish bayonnomasi imzolanganidan keyin sudyalarning tegishli malaka hay`atiga beriladi.

Sudyalarning malaka hay`ati yig`ilish bayonnomalariga asoslanib saylov natijalarini aniqlaydi hamda har bir sud uchun alohida-alohida xalq maslahatchilari ro`yxatini tuzadi.

Sudyalarning malaka hay`atlari xalq maslahatchilari saylovi natijalari to`g`risidagi ma`lumotlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasiga taqdim etadi, shuningdek xalq maslahatchilarini o`qitish ishlari qanday borayotganligi haqida vaqti-vaqti bilan mazkur Komissiyaga axborot berib turadi.

Siyosat va huquq sohasi mutaxasisi bo`lgan, ma`naviy fazilat va zarur malakaga ega O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin. Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

Konstitutsiyaviy sudning sudyasi vazifalarini halol va vijdonan bajarishga, kanstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishgga, bunda faqat O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo`ysunishga tantanali qasamyod qilaman”. Konstitutsiyaviy sudning sudyalarini O`zbekiston Respublikasi Prizidenti qasamyod qildiradi.

Konstitutsiyaviy sudning sudyasivazifalarini bajargan vaqtda deputatlik mandatiga egabshlish, siyosiy partiyalarga va harakatlargaa`zolik, haq to`lanadigan boshqa lavozimni egallashi mumkin emas.

Konstitutsiyaviy sudning sudyasi o`z vakolatlari davrida almashtirilmaydi. Sudyaning vakolatlari “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to`g`risida”gi qonunda belgilangan tartib hamda asoslardan o`zga tarzda tugatilishi yoki to`xtatilishi mumkin emas.

Konsitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda to`xtalishi mumkin:

-u jinoiy javobgarlikka tortilganda;

-u sudya lavozimiga tug`ri kelmaydigan faoliyat bilan shug`ullanganida;

-sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan u bedarak yo`qolgan deb hisoblanganida.

Lekin sudyaning vakolatlarini to`xtatish, sudyani ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish hollarini istisno etganda, unga ish haqi to`lanishining tuxtatilishiga sabab bo`lmaydi va uni daxlsizlik kafolatlaridan maxrum etmaydi.

Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari quyidagi hollarda Senat qarori bilan muddatidan ilgari tugatiladi:

-u sudyalik qasamyodini buzganda;

-u iste`foga chiqish to`g`risidagi iltimos qilganida;

-unga nisbattan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjud bo`lsa;

-sudya ogohlantirilganidan yoki uning vakolatlari to`xtatilganidan keyin ham o`z vazifasiga to`g`ri kelmaydigan faoliyatni davom ettirganida;

-tibbiy komissiya xulosasiga ko`ra sudya uzoq davom etadigan kasallikka uchragan bo`lsa;

-sudya O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo`qotganida.

Konstitutsiyaviy sud sudyasi uchun O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamma narsadan ustun. Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirishda sudya Konstitutsiya talabalari va o`z vijdoniga ko`ra ish yuritadi.

Hech qanday “oliy adolat” Konstitutsiyadan ustun qo`yilmasligi kerak. Sudya faoliyati va xulqi bilan mansabdor shaxslar va fuqarolarda Konstitutsiyaga hurmatni shakllantirishi, qonunga itoatgo`ylik namunalarini ko`rsatishi kerak. O`z burchinibajarish sudya uchun boshqa har qandayfaoliyatdan ustun turadi. Shuning uchun sudya jamoatchilik fikri ta`siridan holi bo`lishi kerak.

Sudya, kim bo`lishidan qat`i nazar, biror shaxsning manfaatlarini Konstitutsiga zid ravishda qondirishga haqli emas. Sudya do`stlar va tanishlar orttirishda ehtiyot bo`lishi, uning obro`sini to`kadigan aloqalardan xoli bo`lishi kerak. Har qanday holda u o`z harakatlarini o`ylab amalga oshirishi, uning oqibatlariniko`ra bilishi, ularning Konstitutsiya va axloq qoidalariga to`g`ri kelishini o`ylashi kerak.

Sudya uni Konstitutsiyani buzganlikda, o`z xizmat mavqeini suiste`mol qilganlikda, ishlarni ko`rib chiqishda g`arazgo`ylik qilishda jamoa oldida ayblashgan hollarda bunday ayblarni e`tiborsiz qoldirmasligi lozim.

Oliy malaka hay`ati, sudyalarning malaka hay`atlari o`z faoliyatlari to`g`risida o`zlari saylab qo`yganorganlarga bir yilda kamida bir marta hisobot beradilar.

Oliy malaka hay`ati. Xo`jalik sudlari sudyalarining malaka hay`ati:

-O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga,Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudiviloyat sudlari, Toshkent shaxar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raisi va rais o`rinbosarligiga xo`jalik sudi sudyaligiga nomzodlarning shu lavozimlarrga ishlashga tayyorligini baxolaydi;

-sudyalarga malaka darajalari beradi;

-sudyalarni ma`muriy javobgarlikka tortishga rozilik berish masalasini ko`radi;Конституциявий суднинг судьяси лавозимига номзодга қўйиладиган талаблар. Конституциявий суд судьяларининг малака даражалари

Siyosat va huquq sohasi mutaxassisi bo`lgan, yuksak ma`naviy fazilatlarga va zarur malakaga ega bo`lgan, o`ttiz besh yoshdan kichik bo`lmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin.

Qasamyod Konstitutsiyaviy sudning sudyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mazkur sudya saylangan majlisida qilinadi40.

Xo`sh, sudyalar oliy kengashi –sudyalar hamjamiyatining organi bo`lib, u sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipgarioya etilishini ta`minlashga ko`maklashadi. Shu jumladan sudyalarning aksariyatini tayinlaydi.

Usmonov Ma`ruf Azamovich - kengashning raisi bo`ldi. Aripov Dilshod O`rinbaevich – kengash raisi o`rinbosari – odil sodlov muammolarini o`rganish tadqiqot markazi direktori etib jamoatchilik asosida tasdiklandi.

Davlatova Karomatjon Xudoyberganovna – esa Kengash kotibi doimiy asosda.

Shuningdek 11 nafar sudya o`z faoliyatinidoimiy asosda amalga oshiruvchi Kengasha`zolari etib tasdiqlandi. Kengashda jamoatchilik asosida Prizident devoni, Qonunchilik palatasi, Sudyalar assatsatsiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokrotura, Ichki ishlar vazirligi va Adlya vazirligidan bittadan vakil kirdi.

Kengash jami 21 nafar a`zodan iborat

- Kengash raisi- Prizidentning taqdimiga binoan Oliy majlisning senati tomonidan tayinlanadi;

- Rais o`rinbosari- Prizident tomonidan tasdiqlanadi va Kengash huzuridagi Odil sudlov muammolarini o`rganish tadqiqot markaziga boshchilik qiladi

- 11 nafar sudya – Kengash raisining taqdimiga binoan Prizident tomonidan tasdiqlanadi;

- kotib va Kengashning 7 nafar a`zosi – Prizident tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlarvakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxasislar orasidan tasdiqlanadi.

Kengash a’zolarining ikki toifaga ajraladi:


  1. doimiy asosda faoliyat yurituvchi rais, kotib va 11 nafar sudya;

  2. jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi – rais o`rinbosari va Kengashningsudya bo`lmagan 7 nafar a`zosi.

Kengash huzurida – tadqiqot markazi faoliyat ko`rsatadi.

Kengashning vakolatlari:



  • sudyalik lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;

  • sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tashkil etadi ;

  • Oliy sudning raisi, rais o`rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo`yicha Prizidentga takliflar kiritadi.

“E-SUD41” tizimi takomillashtirilmoqda

Hozirgi vaqtda “E-SUD” – milliy elektron sudlov axborot tizimi sudlarga internet orqali murojaat qilish, sud jarayonlarining borishi haqida xabardor bo`lib turish hamda chiqarilgan sud hujjatlarini elektron shaklda qabul qilib olish imkoniyatini yaratadi.

Bu qulaylikdan kelgusida majburiy ijro va advokatura tizimi xodimlari hamunumli foydalanishi, sudlar bilan elektron munosabatlarini yaratish uustida ish olib borilmoqda. Zero, bu tizim ish unumdorligining oshishi, ortiqcha qog`oz sarfiga chek qo`yish turli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarining avtomatlashishiga yul ochadi.

Poytaxtimizda “E-SUD” milliy elektron axborot sudlov tizimidan foydalanish tartibi va uni yanada kengaytirish istiqbollariga bag`ishlab o`tkazilgan seminar-treningda shu haqda so`z yuritildi.

Qonunning qabul qilinishi davlatimizda sudlov tizimini yanada takomillashtirish, mamlakatimiz fuqarolarining huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta`minlashga xizmat qiladi, shu bilan bir qatorda sudyalar va mazkur tizim xodimlarining ijtimoiy muhofazasini yuqori darajaga ko`taradi, deb o`ylayman.

O`zXDP fraksiyasi a`zosi

Ma`lumki, 2017-yil 6 iyul` kuni “Turkiston” saroyida sudyalarning O`zbekiston xalqiga murojaati qabul qilingan va sud binolariga uning matni va fuqarolarning sudga munosabatlarini bildirishlari uchun muhrlangan qutilar o`rnatish belgilangan.42

Toshkent shahrida 2017 yil 22 mart kuni Senat Raisi Nig`matilla Yo`ldoshev boshchiligida o`tkazilgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to`qqizinchi yalpi majlisini joriy yilning 28-29 mart kunlari chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi.



Yalpi majlisning kun tartibiga davlat va jamiyat qurilishi uchun muhim masalalar, shu jmladan bir nechta qonunlar kiritilmoqda:

  • “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritish to`g`risida”

  • “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun ho`jjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”

  • “O`zbekiston Respublikasining “Sudlar to`g`risida”gi Qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”

  • “O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to`g`risida”

  • “O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”

  • Sudyalik lavozimlariga nomodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;

  • Oliy sudning raisi, rais o`rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo`yicha Prizidentga takliflar kiritadi;

  • Sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga o`z arizalariga asosan Sudyalar oliy malaka hay`atining tavsiyasiga ko`ra qaytadan tayinlaydi;

  • Sudyalarni Qoraqalpog`iston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lazozimlariga o`z arizalariga asosan sudyalar oliy malaka hayatining tavsiyasiga ko`ra qaytadan tayinlash bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi jo`qori Kengesiga taqdimnomalar kiritadi (tugatilgan Oliy malaka komissiyasi bilan adashtirmaslik kerak-tahr.).

  • Prezident tomonidan tayinlangan yoki Oliy majlis Senati tomonidan saylanadigan sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to`g`risida Prizidentga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;

  • Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ko`rib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hayatlariga yuboradi.

  • Sudyalarni jinoiy yoki ma`muriy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;

  • Sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini Ta`minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo`yicha takliflarni Oliy sud Plenumi ko`rib chiqishi uchun kiritadi;

  • Sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan o`rganadi;

  • Sudyalarning odob-axloq kodeksini tasdiqlaydi;

  • Sudyalarning faoliyatini o`rganish va baholash mezonlarini tasdiqlaydi;

  • Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarningangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini o`rganish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • Sudyalar oliy kengashining Reglamentini tasdiqlaydi.

Kengashning qarorlari qanday qabul qilinadi?

Ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengash majlislari masalalarning tayyorlanishiga qarab o`tkaziladi hamda uning tarkibining kamida 2/3 qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, mazkur farmonda Sudyalar oliy kengashini, oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta`minlash departamentining tashkil etilishi, Oliy sud huzuridagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta`minlash bo`yicha tadqiqot markazini Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o`rganish bo`yicha tadqiqot markazi sifatida o`zgartirish, Oliy sud va Oliy xo`jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma`muriy va iqtisodiy sud ish kirituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi431 bilan Oliy Majlisning 1993 yil 2 sentyabrdagi 927-HI-son qarori bilan tasdiqlangan Sud xodimlarining mansab darajalari to`g`risidagi Nizomga Oliy Majlisning 2000 yil 14 dekabrdagi 164 I-son qarori tahririda o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda.

Aytish joizki, Sudyalar oliy kengashi raisi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o`rganishi bo`yicha tadqiqot markazi direktori va uning o`rinbosariga beriladigan 1,2 va 3 darajali davlat adliya maslahatchilari kabi maxsus unvonlarini berish tartibi belgilanmoqda.

Aytish joizki, 6 bob va 41 moddadan iborat bo`lgan qonun loyixasida belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon – Kengash) sudyalar ham taminlashga ko’maklashadi. Kengash rais, rais o`rinbosari, uning a`zolari va kotibidan iborat yigirma bir nafar tarkibda sudyalar, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxasislar orasidan shakllantiriladi, shulardan 13 nafar a`zo o`z faoliyatini doimiy asosda olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga faoliyatini doimiy asosda olib boradigan 11 nafar a`zo Kengash raisining taqdimnomasiga binoan prizident tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi, bu esa sud korpusini shakllantirishda sudyalarning rolini oshiradi.

Kengashning har bir a`zosi 1 ovozga ega. Rais har doim oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng bo`lgan holatda raisning fikri hal qiluvchi hisoblanadi.44

Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga ega bo`lgan, etarli hayotiy tajribaga va benuqson obro`-e`tiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan 30 yoshdan kichik bo`lmagan, oliy yuridik ma`lumotga, yuridik ixtisos bo`yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin.



XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha “Harakatlar strategiyasi” haqidagi farmonida ham sud huquq tizimini yanada isloh qilish 5 ta ustuvor yo`nalishning biri etib belgilangan.

Shu o`rinda shuni ta`kidlash kerakki, hamma sohalar qatori sud huquq sohasiga ham alohida e`tibor qaratilgan. Avvalambor biz bilamizki, sud sohasida asosiy rolni sudya egallaydi. Shu munosabat bilan “Sudyalar odob axloq kodeksi”, “Sudyalarning malaka hay`atlari haqidagi nizom” va shuningdek “Sudyalar oliy kengashi” to`g`risidagi qonun qabul qilindi. Oliy Majlis senatining 29.03.2017 yildagi qarori va Prezidentning 10.04.2017 yildagi PF-5006 son Farmoni bilan sudyalar Oliy Kengashining shaxsiy tarkibi to`liq shakllantirildi.

Sudyalar oliy Kengashining qabul qilinishi bu juda ham katta o`zgarish bo`ldi va ahamiyatga ega. Bu qonunning qabul qilinishi davlatimizda sudlov tizimini yanada takomillashtirish, mamlakatimiz fuqarolarining huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta`minlashga xizmat qiladi, shu bilan bir qatorda sudyalar va mazkur tizim xodimlarining ijtimoiy muhofazasini yuqori darajaga ko`taradi.

Aytish joizki, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirib, ularning odil sudlovga erishi darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo`nalishlari sifatida mustahkamlandi.

Sudyalar Oliy Kengashi sudya hamjamiyatining organi hisoblanadi. Bu qonun 13-iyun kuni 2017 yil Xalq so`zi gazetasida e`lon qilindi. Kengash haqida gap borar ekan, Kengash tuzilmasida bir qator bo`linmalar mavjud.

Bular: sud inspektsiyasi, ijro etuvchi devoni va sho`balardan iboratdir.

O`ylaymizki ushbu qonunning qabul qilinishi:



  • Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta`minlash;

  • Sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish;

  • Sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish;

Hozirgi kunda O`zbekistonda sud tizimi va sudyalar xalqaro standartlar darajasiga mos kelishi uchun ularning imkoniyat darajalari kengaytirilmoqda.

Sudyalik – bu mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasb va yuksak maqom ekanligini chuqur anglagan holda, sudyalik sha`niga dog` tushuradigan har bir g`ayriqonuniy hatti-harakatga “Favqulotda holat” sifatida qaraymiz, adolatga xiyonat qilgan xodimlarga nisbatan murosasiz kurashamiz va saflarimiz sofligini ta`minlaymiz. Har kim ham sudya lavozimiga tayinlanavermaydi.

Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek “Yuksak ma`naviy axloqiy saviyaga ega bo`lmagan yurist kadrlar hech qachon sudya lavozimiga tayinlanmasliklari kerak”. Adolat va ma`naviyat o`zaro chambarchas bog`liq tushunchalardir. Ma`naviyat bo`lmagan joyda hech qachon adolat bo`lmaydi”.

Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 13-iyunda sudyalar bilan o`tkazilgan uchrashuvdagi “Qonun va adolat ustuvorligini ta`minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti” mavzularida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hozirda har qaysi sudyani keyingi muddatga tayinlash masalasini ko`rishda ularning oxirgi ish joyidagi faoliyatini sinchiklab o`rganishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Xorijiy mamlakatlarda sudyalar va O`zbekiston sudyalari o`zaro bir-biridan umuman farq qilmaydi.

Masalan: sudya o`z majburiyatlarini adolatli, tezkor, vijdonan va yuqori professional darajada bajarishi kerak.Chunki xorijiy mamalakatlar sudyalari ham o’zboshimchalik bilan qaror chiqarmaydilar.Ular ham aswosiy qonunga bo’ysunadilar vaq shu orqali adolatli qarorlar qabul qiladilar.umuman olganda umuman farq qilmaydilar.

Sudya o`zining tashqi ko`rinishi, kamtarligi va sipoligi bilan bashqalarga o`rnak bo`lishi lozim. Sudya e`tiborni haddan tashqari jalb etadigan darajada kiyinmasligi taqinchoqlar va boshqa bezaklar taqmasligi kerak.

Hozirgi kunda sudyalarga xorij tajribasiga tayangan holda bir necha ularning ish jarayoniga taklif va tavsiyalar kiritish mumkin.Masalan:


  • Sudyalik lavozimiga nomzodlar va sud xodimlarini tayyorlash va sudyalarning malakasini oshirish bo’yicha Milliy sud akademiyasini tashkil etib,Oliy sud huzuridagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazini ushbu akademiya tarkibiga kiritish;

  • Chet tilini o’qitishni joriy etish;

  • O’quv darslarida sud ekspertlarini tez-tez jalb etish;

  • ’’Sudyalarning chet elda malakasini oshirish to’g’risida’’gi Nizomni qabul qilish;

  • Sudya yordamchisi lavozimini joriy etish;

  • ’’Sudlar to’g’risida’’gi qonunga sudya,sudyalik lavozimiga nomzodlar va sud xodimlarini tayyorlashga oid qo’shimchalar kiritish;

  • Sud xodimlarining boshqa sudlarda amaliyot o’tashini tashkil etish va h.k.



Download 320,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish