Mavzu: sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi asoslari


Nikohning tuzilishi: tartibi va shartlari



Download 137,5 Kb.
bet2/12
Sana03.02.2023
Hajmi137,5 Kb.
#907458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi asoslari

Nikohning tuzilishi: tartibi va shartlari
Nikoh oilani vujudga keltiruvchi muhim asos sanaladi. Fuqarolar oilaviy turmush qurishda amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda nikoh tuzsalar, bunday nikohni davlat ham, jamiyat ham qo‘llab-quvvatlaydi. Oila kodeksi normalari talablariga binoan tuzilgan nikoh, er-xotinlarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini, ma’muriy yoki sud tartibida qonunan himoya qilinishi kafolatlanadi. Nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab er-xotinlar o‘rtasida huquq va majburiyatlar vujudga keladi.
Qonuniy asoslarga ko‘ra, nikoh tuzish bo‘lajak er-xotin uchun ham, jamiyat uchun ham g‘oyat muhim ijtimoiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan holat hisoblanadi. Shu sababli, ham Oila kodeksida nikoh tuzish tartibi va shartlari belgilab qo‘yilgan. Ushbu talablarga, shartlarga qat’iy rioya qilish vujudga kelayotgan oila mustahkam, haqiqiy va barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Oila erkak va ayolning turmush qurib, nikohlari davlat ro‘yxatidan rasmiylashtirilgan kundan vujudga keladi. Shuning uchun nikohning qonuniy asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 13-moddasiga binoan, nikoh tuzish tartibi normalangan bo‘lib, unga ko‘ra: - birinchidan, nikoh tuzish uchun bildirilgan yozma rozilik (ariza nikohlanuvchi shaxslar tomonidan, ya’ni, erkak yoki ayol tomonidan bevosita yoziladi va imzolanadi) asosida namoyon bo‘lishi;
- ikkinchidan, nikoh tuzish uchun ariza berilgandan keyin bir oylik muddat belgilanishi. Ushbu qonun bilan belgilangan bir oylik muddatning belgilanishidan ko‘zlangan maqsad, nikohlanuvchi shaxslar nikohni erkin, ixtiyoriy, tenglik hamda o‘zga shaxslarning majburlovisiz tuzayotganligini aniqlashtirish hamda kelajak oilaning mustahkamligini ta’minlashdan iboratdir;
- uchinchidan, nikoh nikohlanuvchilarning shaxsan ishtiroklarida qayd etiladi. Nikohni vakil yoki ishonchnoma orqali rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oila qonunchiligida nikohdan o‘tish uchun ariza bergandan so‘ng o‘tish lozim bo‘lgan bir oylik muddatni zarur hollarda qisqartirish huquqi berilgan. Masalan, bolalarning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari tog‘risidagi hujjat va boshqalar uzrli sabablarni tasdiqlashi mumkin. Qanday sabablarni uzrli deb hisoblash masalasini hal etish huquqi qonun bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining mudiriga berilgan.
Turmushda er-xotinning o‘zaro bolasi borligi yoki xotinning homiladorligi uzrli sabab bo‘lishi izoh talab etmaydi. Huquqiy rasmiylashtirilmagan er-xotinlik munosabatidan homilasi yoki bolasi bo‘lgan shaxslar nikohini qayd etishni ham kechiktirib bo‘lmaydi. Nikohni qayd etayotgan mansabdor shaxs uzrli sabab bo‘la oladigan holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni talab qilishi lozim. Jumladan, o‘zaro bolalari borligi, bu haqdagi bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, qarindoshlarining kasalligi – yaqin qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat va kasallik haqida shifokorlarning tegishli ma’lumotnomalari, uzoq muddatga chet elga ketish va boshqa joyga xizmat safariga borish bu haqdagi tegishli hujjatlar bilan isbotlanishi kerak. Harbiy xizmatga chaqirilgan shaxs muddatli qurolli kuchlar safiga ketgunga qadar oila quradigan bo‘lsagina, nikohni qayd etish muddati qisqarishiga ruxsat berilishi mumkin.
Ariza va tegishli hujjatlarni qabul qilib olgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mudiri muddatni qisqartirish yoki rad etishlik, agar qisqartirish lozim bo‘lsa, necha kunga qisqartirishni aniq holatga qarab belgilaydi. Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikohlanuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek, FHDYo organining tashabbusi bilan uzaytirishi mumkin, lekin bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar) da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.
Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi nikohni ro‘yxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo‘ysunishga ko‘ra yuqori turuvchi organga murojaat qilish mumkin.
Nikohga kirishni xohlovchilar ariza berish chog‘ida o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ilgari nikohda bo‘lgan shaxslar esa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etishi lozim.
Agar belgilangan tartib buzilib, shuningdek, g‘arazli maqsad ko‘zlangan nikoh tuzilsa, u vujudga kelmagan nikoh hisoblanib, u sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladi. U tuzilgan vaqtidan boshlab nikoh tuzuvchilarda hech qanday huquq va majburiyatni vujudga keltirmaydi.
Oila kodeksining 217-moddasida nikoh tuzilganligini qayd etishning alohida hollari belgilangan. Tergov izolyatorlarida, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan tuziladigan nikohni qayd etish ushbu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikoh tuzganligini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonun hujjatlariga rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida tuzilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikohlar, agar respublikamiz qonunida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari o‘rtasida boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonun hujjatlariga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi. Nikoh vujudga kelganligini isbotlaydigan nikohni qayd etish dalolatnomasi er va xotinning hamda nikohdan tug‘ilgan bolalarningshaxsiy va mulkiy huquqlarini muhofaza qilishni ta’minlaydi. Nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma bola tug‘ilishini qayd etishda, aliment undirilishida, meros va pensiyaga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirishda taqdim etiladi.

Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish