Inshootlarning hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha.
Inshoot va konstruktsiyalarning hisobini osonlashtirish uchun ular soddalashtirilgan sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini ifodalovchi sxema hisoblash sxemasi deyiladi.
Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarining geometrik shakliga ko’ra quyidagicha kvalifikatsiyalanadi:
1. Sterjanlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar.
Sterjenlardan tashqil topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko’p oraliqli balka, fermalar kiradi.
Agar inshootlar to’g’ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa unga balka deyiladi.
Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa, arka deyiladi.
Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot rama deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |