Mavzu: Ssenariyda mavzu va g'oya tushunchalarining mushtarikligi. Reja: 1 Tadbirlar ssenariysida mavzu va g‘oya tushunchalarining ma’naviy talqini



Download 25,6 Kb.
Sana21.11.2022
Hajmi25,6 Kb.
#869634
Bog'liq
Ssenariyda mavzu va g\'oya tushunchalarining mushtarikligi


Mavzu: Ssenariyda mavzu va g'oya tushunchalarining mushtarikligi.
Reja:
1) Tadbirlar ssenariysida mavzu va g‘oya tushunchalarining ma’naviy talqini.
2) Madaniy tadbirlar turlari va ulami tashkil etishning spetsifik xususiyatlari jihatdan ssenariy yaratish.

1) Har bir madaniy-ma’rifiy ish o‘zining avvaldan tuzilgan rejasi bilan boshlangandek ssenariy tuzishda ham mavzu asosida ish ko‘rish taqozo etiladi. Avvalo qaysi mavzu asosida yozish zarurligi tanlab olinadi va ana shu mavzuning detallari mazmuni qaysi soha xususida ekanligi va uning mohiyati o‘rganiladi. Shunga monand so'z, she’r, kuylar tanlanadi va rejissorlik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi hamda tadbiming xomaki variantlari ishlab chiqiladi. Mavzuning tanlashni ahamiyati shundaki, mavzu ssenariyning leytmotiv tuzilmasi bo‘lib xizmat qiladi va ssenariyning badiyliik jihatidan mukammallikka erishishida asosiy omil bo‘ladi. Har bir ssenariyning mavzusi asosida mazmun va g‘oya yotadi. Ssenariyning mazmun mohiyati uning g‘oya bilan bog‘liqligidir. G‘oya inson tafakkurini mahsuli sanaladi va insonda mujassamlangan aql, idrok, tafakkur, ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi g‘oyaviy tushunchalar asosida tarkib topadi. Shuning uchun mafkuraviy jarayonda bosh bo‘g‘in g‘oya sanalib, barcha ko‘rinishlami o‘z ichiga oladi va umumiy mafkuraga xizmat qiladi. G‘oya chuqur falsafiy mushohadalami o‘z ichiga oladi. Har qan-day tushuncha, fikrlash va qarashlar g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr - o‘ziga xos bir qarashdir. G‘oya ana shu qarash va munosabatlarni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘iiganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxs-ning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi. Mafkuralar ma’no-mohiyatiga ko‘ra falsafiy, dunyoviy, diniy ta’limotlar asosida yaratiladi. Turli ijtimeiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga diniy oqimlar, falsafiy maktablar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi. 0‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir oila va fuqaroning munosib turmush darajasini ta’minlaydigan farovon hayotga erishishga chorlaydi. Milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson uchun muqaddas boigan yuksak gumanistik qadriyatlami o‘zida mujassam etadi. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasidan kelib chiqadi va o‘zining ma’no-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan uni xalqimizning qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Mavzu - bu asar, tadbiming nima haqida ekanligini angaltuvchi tushuncha. G ‘oya tushunchasini kengroq ma’noda olib qaraydigan bo‘lsak, u inson tafakkurining mahsulidir. Milliy g‘oya esa -miIIat tafakkurining mahsuli. Adabiyotda, umuman sahnalashtirish san’atida bu tushunchaning mazmuni aniq mavzuga qaratilib, “shu asar orqali nima demoqchi” degan savolga javob beradi. Ssenariyda g‘oyalar asosida mavzular tuziladi va ular orasidagi bog‘ liqlik ssenariy oxirigacha davom etadi. Mavzu va g‘oyaning birbiri bilan bog‘liqligi davr mafkurasining siyosati asosida vujudga keladi. Mafkuraning tushuncha asosida tuzilgan mavzu va g‘oyaning bir-biri bilan bog‘liqlik jihati badiiylik ko‘rinishi bilan omixtalashib ketadi. G‘oya qanchalik ta’sir etuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lsa, mavzuga shuncha tez yondashadi va ssenariyning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ssenariyning ta’sirchanlik kuchi shundan iboratki, barcha ijodiy jarayonlar birikmasidan hosil bo‘lgan badiiy jihatdan mukammal ko‘rinishga va xarakterga ega bo‘lgan asaming mazmun mohiyati bilan vujudga keladi. Ssenariyda g‘oya va mafkuraning birligi gumanizm va taraqqiyot tamoyillarini xalq taqdiridagi yuksalish zaruriyatini aks ettiradi, o‘z navbatida mafkuraning ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari boiadi. Har qanday mafkura quyidagi asosiy maqsadlami ko‘zda tutadi: -Muayyan g‘oyaga ishontirish; -Uyushtirish; -Safarbar etish; -Ma’naviy va ruhiy rag‘batlantirish; -G‘oyaviy tarbiyalash; -G‘oyaviy umuminsoniy fazilatlami shakllantirish; -Harakat dasturi bo‘lishi va h.k. Mafkura o‘z oldiga qo‘yilgan shu kabi maqsadlami bajara olsagina amaliy samara berishi mumkin.
2) Madaniy tadbirlar turlari to‘g‘risida gap borganda, ma’lum ssenariy asosida о‘tkaziladigan barcha tadbirlar majmuini - madaniy tadbirlar deyish mumkin. Turli janrlarda tashkil etilgan konsertlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, mavzuli kechalar, viktorina, ya’ni ko‘rik-tanlovlar, debat, badiiy-sport tomoshalari, bayramlar va boshqalar madaniy tadbirlar turlaridir. Ularning ssenariysini yaratishda ham turlari xususiyatidan kelib chiqqan holda yondashish maqsadga muvofiqdir. Tadbirlaming eng ko‘p tashkil etiladigan turlaridan biri - davra suhbatini olaylik. Davra suhbati, rasmiy bo‘lmagan holatda, kichik auditoriyalarda, ma’lum bir mavzu atrofida suhbat tariqasida tashkil etiladi. Shunga ko‘ra madaniy tadbiming bu turida katta tayyorgarlik ko‘rishga unchalik ham hojat boMmasa kerak. Sababi, bunda bir yoki ikki kishi asosan, o‘sha mavzu bo‘yicha qisqacha ma’lumot beradi (yoki ma’mza qilishi ham mumkin) va undan keyin savol-javob tariqasida fikrlar almashinib, birgalikda xulosalar chiqariladi. Masalan, “Reproduktiv salomatlik” bo‘yicha o‘tkaziladigan davra suhbatiga o‘sha soha bo‘yicha mutaxassislar taklif etiladi va yosh oilalar yoki qizlar ishtirokida tashkil etiladi. Bunda tashkiliy yoki ijodiy ishlarga katta mehnat sarf qilinmasligi ham mumkin. Ya’ni rassom chaqirib sahna bezagi, rejissor taklif qilib dastur ketma-ketligini va boshqa ishlami amalga oshirish shart emas. Buni har qanday sharoitda, hattoki oddiy sharoitda (kichik auditoriyalarda) ham o‘tkazib yuborish mumkin. Lekin tadbirga badiiy va ijodiy jihatdan yondashish tadbiming salmog‘ini oshiradi. Masalan, o‘sha hududga tegishli bo‘lgan madaniyat va aholi dam olish markazlarida tashkil etilgan havaskorlik kollektivlari ishtirokida shu mavzuga mos repertuarlardan kiritilsa, tadbir yanada ta’sirchan bo‘lishi mumkin. Davra suhbatlarida ma’ruzalar o‘qish asnosida ham tadbirlar tashkil qilinishi mumkin. Turli mavzularda tashkil etiladigan ma’ruza va suhbatlar komil insonni shakllantirishda katta samara beradi. Ilmiy ma’ruzalar ko‘pincha ma’lum mavzuni ilmiy ravishda yoritishga qaratilgan boiib, aniq auditoriyani qamrab oladi. Ma’ruza va suhbatlar insonlarni ilmli, bilimli qilishga yo‘naltirilgan boiib, ularni umumiy bilimlari doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.


Download 25,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish