4. Musobaqa davri
Musobaqa davrining tuzilmasi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikrosikllardan — musobaqa va yuklama tashlash mikrosikllaridan iborat bo‘ladi. Ikkinchi holda esa 4-6 haftalik maxsus oraliq bosqich bilan bir-biridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham ko‘p) musobaqa bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
U yoki bu tuzilmadan foydalanish sport turlarining xususiyatlariga, mazkur sport turida qabul qilingan musobaqalar taqvimiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq, bunda boshqa sharoitlar teng bo‘lsa, davrning uzunligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi: oddiy tuzilma nisbatan uncha uzoq davom etmaydigan davrga (2-3 oygacha), murakkab tuzilma esa uzoq davrga (4-5 oylar chamasi) to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |