Mavzu: “Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”. Bitiruv malakaviy ish



Download 1,57 Mb.
bet13/29
Sana27.01.2022
Hajmi1,57 Mb.
#414320
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Sport mashg’ulotlarida sportchilarni psixologik tayyorlash”.

Shaxs deb - voqeylikni biluvchi hamda faol o’zgartiruvchi sub’ektga aytiladi. Mehnat tufayli hayvonot olamidan chiqqan va jamiyatda rivojlantiruvchi. Til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi.
Ijtimoiy mavjudot hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotida faol qatnashuvchi odam-shaxs deb ataladi. Inson shaxsning eng xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarining o’tib borish xususiyatlari, hukumron hissiyotlar yig’indisi va faoliyat motivlari tarkib topgan qobiliyatlar kiradi, inson shaxsi o’zining individualligi bilan qaytarilmasdir. Hozirgi kunda ta’lim - tarbiyaning konkret vazifasi - yoshlarni har tomonlama kamolotga yetgan, yuksak madaniyatli hamda jismoniy jihatdan chiniqqan shaxs qilib tarbiyalab etishtirishdan iborat. Yoshlarni har tomonlama tarbiyalab etishtirishda sportning roli katta.
Temperament, ruhiy jihatidan olganda, kishining hissiyotining ko’zg’allishtirishida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko’rinadigan individual xususiyatdir. Xarakter deganda shaxsda muhim va tarbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofidagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga) o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlarini tushiniladi. Sport shaxs faoliyatining eng muhimlaridan biridir. Sportda shaxs jismoniy jihatdan kamolatga etadi. Jismoniy rivojlanish esa shaxsda ruhiy sifatlarning o’sishiga zo’r ta’sir ko’rsatadi. Shaxs tabiyat mavjudoti bo’lib, u ruhiy xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar shaxsning konkret faoliyati jarayonida kamolotga etadi. Sport ham shaxsning konkret, eng muhim faoliyatidan biridir. Demak sport shaxsni kamolotga yetkazish vositalaridan biri. Sport faoliyati jarayonida omil: mashq qilish sharoiti, jismoniy mashqning o’ziga xos ta’siri, sport jamoaning o’ziga xos ta’siri, sport jamoaning ta’siri (murabbiyning tarbiyaviy ta’siri va sportchining o’z-o’zini tarbiyalashdan iboratdir. Sportchi shaxsi hislatlarini o’z-o’zini tarbiyalashdan iboratdir. Sportchi shaxsi hislatlarini shaklanish va rivojlanishidagi eng muhim omillar murabbiyning ta’sir etishi va sportchining o’z-o’zini tarbiyalash bo’lib hisoblanadi. Sport va jismoniy mashqlar idrok, diqqat, taffakur va barcha boshqa ruhiy jarayonlarni takomillashtiradi va rivojlantiradi.
Mashg’ulotning vazifasi va tashkil qilishi.
Mashg’ulotning vazifasi quyidagicha:
Talabalar sportchini irodaviy tayyorlashning asosiy masalalarini o’zlashtiradi. Talabalar sportchining harakatlarini bajarish paytida irodaviy zo’r berish qobiliyatini aniqlash metodikasi bilan tanishtirish. Bu mashg’ulotga hamma talabalar sportchining irodaviy tayyorgarligi bo’qicha darslik va ma’ruza materiallarini ishlab keladilar va 3-ta talaba o’z sport turida uchraydigan qiyinchiliklar bo’qicha axborot tayyorlaydi.
Mashg’ulotga 10 ta sonlarni bir-biriga qo’shish uchun tuzilgan maxsus raqamli jadval va 10 ta sekundomer talab qilinadi. Bu mashg’ulotga 2 soat ajratiladi.
Mashg’ulot rejasi:
1.Sportchining irodaviy tayyorgarligi masalasi bo’qicha so’raladi.
2.Konkret sport turidagi qiyinchiliklar xarakteristikasi bo’qicha 3 ta
talabaning axborotini tinglash va muhokama qilish.
3.Tajribalarni o’tkazish.
4.Olingan natijalarni ishlash.
5.Yakunlash va keyingi mashg’ulotga vazifa berish.
Mashg’ulotning o’tkazilishi:
Talabalarga quyidagi savollar beriladi:
1.Sportchini irodaviy tayyorlashning vazifalari.
2. Ob’ektiv qiyinchiliklar va ularning turli sport turlaridagi xususiyatlari.
3. Sportchidagi sub’ektiv qiyinchiliklar.
4. Sport mashqlarini bajarishda irodaviy zo’r berishning o’ziga hos xususiyatlari.
Talaba konkret o’z sport turlaridagi qiyinchiliklar xarakteristikasi bh’qicha axborot berayotganlarida quyidagi masalalarni yoritadilar. Kiyinchiliklarning ruhiy xususiyatlari quyidagilar bilan bog’lanadi:
a) jismoniy tayyorgarlik;
b) texnik tayyorgarlik;
v) taktik tayyorgarlik;
g) musobaqaning shart va sharoitlari;
d) emostional holat
Tajribalarning o’tkazilish.
Diqqatning kuchaytirilishi bilan bog’liq bo’lgan harakatlarda irodaviy zo’r berish. Tajribaning vazifasi: tekshiriluvchi diqqatning kuchaytirilishi paytida irodaviy zo’r berishga bo’lgan qobiliyatini maxsus raqamiy testda ishning soni va aniqligiga qarab belgilash. Talaba har biri 3 kishidan iborat bo’lgan eksperemental guruxlarga bo’linadilar Eksperemental guruhga sonlarni qo’shish uchun 1 varaq raqami test, sekundomer va esdalik beriladi.Tajriba Vaqtida tekshiriluvchi 10 daqiqa, davomida bir ma’noli sonlarni qo’shish kerak, 9 daqiqa o’tganda eksperementator oxirgi daqiqa o’tayapti deb e’lon qiladi. 10 daqiqa o’tgach eksperementator to’xtang deydi va tekshiriluvchi kelgan joyining tagiga yotiq chiziq tortib, ishni tugatadi. So’ngra eksperementator tekshiriluvchiga hali ishni to’la qilmaganligi haqida aytadi (hech qaysi tekshiriluvchi 10 daqiqa davomida varaqdagi hamma qatorlarni hisoblab chiqolmaydi) va hamma qatorlarni qo’shib bo’lmaguncha ishni davom etishlari kerak. Eksperementator yana ishning boshlangani haqida buyruq beradi va sekundomerni bosadi. 2 daqiqa o’tgach tajriba tugallanadi. Eksperementator tekshiriluvchi 2 daqiqa ish to’g’risida hech nima demaydi. Tekshiriluvchi uchun instrukstiya: hozir sizga bir ma’noli sonlar qatori joylashtirilgan test beriladi. Sizlar 10 daqiqa ichida bu sonlarni qo’shishingiz kerak. 10 ta sonning qo’shilishi natijasini qator oxiridagi sonning o’ng tomoniga yozasiz. Yig’indini yozib, o’sha zahoti vaqtni ketkazmay, ikkinchi, uchinchi va olgan qatordagi sonlarini qo’shishni davom ettirasizlar. To’xtang signali berilgach ishni to’xtatib, signal berilganda kelgan joyingizning tagiga yotiq chiziq chizib qo’yasiz. Sizning vazifangiz: Sonlarni tez va aniq ko’shish.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish