“Bo`gin” nutqning bir havo zarbi bilan aytiladigan segment birligidir. Bunday birlik bir yoki bir necha tovushdan tarkib topishi mumkin. Masalan: ona(o-na), ota(o`ta), bola(bo-la) kabi. U nutq oqimining segmentlanishida tovushdan katta, so`zdan kichik (ba‘zan bir so`zga teng) qism bo`ladi. Fonologik nuqtayi nazardan bo`gin sillabema deyiladi, uni o`rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi. Bo‗g‗in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo‗g‗inning markazi hisoblanadi - u undoshlarni o‗ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytiladigan fonetik bo‗lakni (bo‗g‗inni) hosil qiladi. Undoshlar o`zicha bo`g`in hosil qilmaydi (sonorlar bundan mustasno). Ular(undoshlar) unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; kitob so`zidagi "ki-" bo`g`ini boshida kelgan "k" undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so`ng kuchsizlanib tugaydi: kitob so`zidagi "-tob" bo`g`ini oxirida kelgan "b" undoshi shunday. Ba‘zan ikki bo`g`in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: muddat (mud-dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala "dd" bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli boshlanib, kuchli tugaydi, oralig‗ida esa biroz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo`g`in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakterida bo‗ladi. . Shunga ko‗ra bo`g`in uch qismga bo‗linadi: a) bo`g`in boshi- bo`g`in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo‗lgan qism; b) bo`g`in markazi (bo`g`in balandligi); v) bo`g`in markazidan keyingi qism (bo`g`in balandligidan so`nggi qism) . Demak, bo`g`in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakterida bo`ladi. Shunga ko`ra bo`g`in uch qismga bo`linadi: a) bo`g`in boshi- bo`g`in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo`lgan qism; b) bo`g`in markazi (bo`g`in balandligi); v) bo`g`in markazidan keyingi qism (bo`g`in balandligidan so`nggi qism) Bo`g`in tiplari 1)berkitilgan bo`g`in. - . Demak, bo`g`in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakterida bo`ladi. Shunga ko`ra bo`g`in uch qismga bo`linadi: a) bo`g`in boshi- bo`g`in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo`lgan qism; b) bo`g`in markazi (bo`g`in balandligi); v) bo`g`in markazidan keyingi qism (bo`g`in balandligidan so`nggi qism) Bo`g`in tiplari 1)berkitilgan bo`g`in.
- U undosh bilan boshlanadi: olti so`zining ikkinchi bo`g`ini (-ti)2)berkitilmagan bo`g`in. U unli tovush bilan boshlanadi: olti so`zining birinchi bo`g`ini (ol-); 3)yopiq bo`g`in. U undosh bilan tugaydi: olti so`zining birinchi bo`g`ini (ol-); 4)ochiq bo`g`in.
- U unli bilan tugaydi: olti so`zining oxirgi bo`g`ini (-ti). Tasnifning bu turida o-ta, o-na so`zlaridagi bir unlidan iborat bo`g`in, shuningdek, tartib, maktab so‗zlaridagi "undosh+unli+undosh" (CVC) tipidagi bo`ginlar nazardan chetda qolgan. Shuning uchun mavjud adabiyotlarda bo`g`in tiplari tasnifining boshqa ko`rinishlari ham uchraydi. Masalan, M.M. Mirtojiyev bo‗g‗in tiplarini shunday tasnif qiladi:
- 1) ochiq boshlanuvchi ochiq bo„g„in: a+na, o+na, i+liq kabi so‗zlarning birinchi bo‗g‗ini;
- 2) ochiq boshlanuvchi yopiq bo„g„in: ol+tin, il+gak, as+liy, ars+lon kabi so‗zlarning birinchi bo‗g‗ini;
- 3) yopiq boshlanuvchi yopiq bo„g„in: bor+moq, qiy+shiq, non+voy, ras+som kabi so‘zlarning barcha bo‗g‗inlari;
- 4) yopiq boshlanuvchi ochiq bo„g„in: da+la, qo+ra, sa+ra kabi so‗zlarning barcha bo‗g‗inlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |