2. O`tgan mavzuni so`rash
8 daqiqa
3.Yangi mavzuni bayoni
20 daqiqa
4.Mustahkamlash
10 daqiqa
5.Baholash
3 daqiqa
6.Uyga vazifa berish
2 daqiqa
I guruh
|
II guruh
|
III guruh
|
Erta turmoq
|
Bog’ga kirmoq
|
Nazirjonning do’stlari
|
Katta xona
|
Uydan chiqmoq
|
Maktabimizning jamoasi
|
Oltin uzuk
|
O’quvchiga e’tibor
|
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
60-mashq (Doskada bajariladi)
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, so’z birikmalari dagi so’zlarning birikish usullarini topib, izohlaydi.
Boshqaruv: choynakdan kattaroq,
qalam bilan chizmoq
Moslashuv: o’quvchining sovg’asi
kitobning muqovasi
Bitishuv: chiroyli so’zlamoq
sekin ishlamoq
61-mashq (Mustaqil bajariladi)
“Kim chaqqon-u, kim g’olib?” o’yini asosida so’z birikmalari birikish usuliga ko’ra ajratiladi.
I guruh
|
II guruh
|
III guruh
|
Erta turmoq
|
Bog’ga kirmoq
|
Nazirjonning do’stlari
|
Katta xona
|
Uydan chiqmoq
|
Maktabimizning jamoasi
|
Oltin uzuk
|
O’quvchiga e’tibor
|
|
62-mashq ( mustaqil bajariladi)
Boshqaruv, moslashuv va bitishuv usullari bilan so’z birikmalarini hosil qilish va gaplar tuzish.
Masalani yechmoq (Boshqaruv)
Do’stim berilgan masalani yechdi.
Shahrimizning ko’chalari (Moslashuv)
Shahrimizning ko’chalari toza va ozoda.
Qizil olma (Bitishuv)
Biz qizil olmalarni terdik.
63-mashq. (og’zaki bajariladi)
63-mashqda berilgan “Ona yurt sog’inchi” matni tahlil qilinadi. So’z birikmasida so’zlarning o’zaro birikish usullari yuqoridagi matnda berilgan birikmalar orqali tushuntiriladi. So’z birikmasida so’zlar moslashuv, bitishuv, boshqaruv usullari orqali birikishi ta’kidlanadi.
Ifodali o’qish mashqi o’tkaziladi. Bunda o’quvchilarning o’qish tezligi va ifodali o’qish malakasi tekshiriladi. Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’ri o’qiladi:
Vodiylarni yayov kezganda
Bir ajib his bor edi menda.
Chappar urib gullagan bog’in,
O’par edim vatan tuprog’in.
O’quvchilar o’zlari yod olgan she’rlaridan na’munalar aytishadi. Guruhlarga bittadan gap tuzish va so’z birikmalarini belgilash topshiriladi. Gaplarning tarbiyaviy tomoniga e’tibor qaratiladi. Darsning tarbiyaviy maqsadi amalga oshiriladi.
Na’muna:
I guruh
Til – ko’ngil xazinasining kaliti.
So’z birikmasi: xazinasining kaliti
ko’ngil kaliti
II guruh
Til bilmoq – el bilmoq.
So’z birikmasi: til bilmoq
el bilmoq
III guruh
Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.
So’z birikmasi: Tilga e’tiborsiz
Elga e’tiborsiz
Barakalla o’quvchilar!
Til bayramini nishonlash yodingizdan chiqmabdi. O’quvchilar tomonidan til haqida she’rlar, maqollar aytiladi.
V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash.
Savollar.
1.So’z birikmasida so’zlarni bog’lashga xizmat qiluvchi vositalar qaysilar? Misollar bilan izohlang.
2.So’z birikmasi tarkibidagi hokim va tobe so’zlarning o’zaro birikishi necha usul bilan yuz beradi?
3.Bitishuv, boshqaruv va moslashuv birikuviga misollar keltiring.
Yakunlash qismida: Guruhlar rasm asosida og’zaki matnlar tuzishib, so’z birikmalarini topishadi. “Kredit kartochkalari” jamlanadi, g’olib guruhlar aniqlanib, rag’batlantiriladi.
Vi.Uyga vazifa. 64-mashq.
Bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullari bilan birikkan so’z birikmalarining har biriga 5 tadan misol yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |