mavzu: sotis


-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari



Download 111,02 Kb.
bet2/8
Sana28.04.2022
Hajmi111,02 Kb.
#588507
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Mavzu

11.2-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari

  1. Nol bosqichli kanal yoki bevosita marketing kanali ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi iste’molchilarga o‘z tovarlarini joyma - joy tashib yurib (ko‘chma savdo), jo‘natish yo‘li bilan yoki o‘z firma do‘konlari orqali sotadi.

  2. Bir bosqichli kanal o‘ziga ishlab chiqaruvchi, vositachi va iste’molchini qamrab oladi. Iste’mol bozorida, odatda, bu vositachi chakana savdogar, sanoat mahsulotiga oid tovarlar bozorida esa savdo agenti yoki broker hisoblanadi.

  3. Ikki bosqichli kanal o‘ziga ishlab chiqaruvchi, ikki vositachi, iste’molchini qamrab oladi. Iste’mol tovarlari bozorida ulgurji va chakana savdogarlar shunday vositachilar hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari bozorida ular sanoat distribyuteri va dilerlar deb ataladi.

  4. Uch bosqichli kanali o‘ziga ishlab chiqaruvchi, uchta vositachi va iste’molchini qamrab, ko‘p hollarda ulgurji va chakana savdogarlar o‘rtasida mayda ulgurji faoliyat ko‘rsatadi.

Bosqichlari ko‘p bo‘lgan kanallar juda kam. Ishlab chiqaruvchi ko‘zi bilan qaraganda, taqsimot kanalida bosqichlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularni nazorat qilish imkoniyati shu qadar torayadi.
Taqsimot kanallarini nazorat qilish va bu kanaldagi o‘z maqsadinigina o‘ylaydigan uning ayrim a’zolari o‘rtasidagi mojarolarning oldini olish uchun keyingi paytda vertikal marketing tizimi (VMT) paydo bo‘ldi. VMT bir yoki bir necha vositachi va ular bilan hamjihat, yagona tizim tarzida ishlaydigan ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. Bunday holda kanal a’zolaridan biri qolgan boshqa sheriklariga egalik qiladi yoki ularga savdo imtiyozlari beradi, yoxud ularning hamkorligini ta’minlaydigan ustunlikka ega bo‘ladi. Masalan, korporativ VMT doirasida ishlab chiqarish yoki taqsimotning ketma-ket bosqichlari yagona egalikda bo‘ladi.
Shartnoma asosida VMT shartnoma munosabatlari bilan bog‘langan mustaqil firmalardan iboratdir. Umumiy ishda muvaffaqiyatni ta’minlash uchun faoliyat dasturlarini hamkorlikda o‘zaro muvofiqlashtiradi.
Shartnoma asosidagi VMT uch tipdan iborat:

  1. Ulgurji rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning ko‘ngilli birlashmalari. Ulgurji mustaqil chakana sotuvchilar faoliyati uchun yagona dastur esa ularning yirik taqsimot tarmoqlari bilan raqobat kurashida o‘z kuchlarini birlashtirishga yordam beradi.

  2. Chakana sotuvchilar shirkati. Chakana sotuvchilar hamkorlikda yangi mustaqil xo‘jalik birlashmasi tuzishlari mumkin, bu birlashma ulgurji savdo ishlari bilan, ayrim hollarda ishlab, birlashma ishtirokchilari o‘zlarining asosiy xaridini shirkat orqali o‘tkazadi, reklama ishlari ham birgalikda tashkil etadi.

  3. Shartnoma asosida VMTning uch informatsion tipi imtiyoz huquqiga ega bo‘lganlarning tashkilotidir. Imtiyozlar egasi deb nomlanadigan a’zo ishlab chiqarish va taqsimot jarayonlarining qator ketma - ket bosqichlarini o‘z qo‘lida to‘plashi mumkin. O‘z navbatida bunday tashkilotlarning uch ko‘rinishi bor.

Birinchisi - ishlab chiqaruvchi homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Masalan, Amerikada «Ford» firmasi mustaqil dilerlarga o‘z avtomillari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya beradi, ular esa sotishda muayyan shartlarga rioya qilish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishlariga rozi bo‘ladilar.
Ikkinchisi - ishlab chiqaruvchi homiylarning ulgurji imtiyoz egalari tizimi. Masalan, «Koka - kola» firmasi ichimlik qo‘yish zavodlari egalariga (ulgurjilarga) turli bozorlarda savdo qilish huquqi uchun litsenziyalar beradi. Bu zavodlar firmadan ichimlik konsentrati sotib oladi, so‘ngra unga gaz bilan qo‘shimcha ishlov beradi, ichimlikni shishalarga quyadi va mahalliy chakana sotuvchilarga sotadi.
Uchinchi - xizmat ko‘rsatadigan firma homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Bu holda xizmat ko‘rsatish firmalari iste’molchilarga xizmatini eng samarali usullarda еtkazib berish maqsadida kompleks tizim tashkil etadi. Masalan, «Makdonalds» firmasining faoliyati.
Vertikal marketing tizimining gorizontal ko‘rinishi mahsulotning bir necha vositachilar o‘rtasida taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Firmalar moliyaviy mablag‘, ishlab chiqarish quvvatini tejash, texnikaviy bilim yoki marketing resurslarini jamlash maqsadida yangi ochilayotgan bozorlarni hamkorlikda o‘zlashtirish yo‘lida harakatlarni birlashtirishni ustunroq ko‘radi. Firmalar birgina yoki har xil sotish bozorlarini egallash uchun ko‘p yo‘lli marketing tizimlaridan foydalanadilar. Aslida esa, har bir mahsulot taqsimotining turli yo‘llari mavjud. Masalan, firma o‘z mahsulotini bir vaqtning o‘zida firma do‘koni, chakana sotuvchilar, boshqa vositachilar orqali sotishi mumkin. Shu sababli taqsimot kanalini tanlashda vositachi tipni, savdo - vositachilik amallari va vositachi firmalarni tashkil etish shaklini belgilash nihoyatda muhim masala hisoblanadi.
Tovarlarning to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi tomonidan sotishining yaxshi tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma o‘z mahsuloti savdosini to‘la nazorat qiladi. Bunday usul bilan oddiy assortimentli tovarlardan ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari, tez buziluvchi non, sut, go‘sht va hokazolar sotilishi ustunroq hisoblanadi. Ammo qolgan tovarlarni sotishda mustaqil ulgurji va chakana savdo firmalarining qatnashishi jahon tajribasida sinalgan samarali yo‘ldir.
Firma tovar harakatini «Marketing miks» jarayonida rejalashtirishda quyidagilarga ahamiyat beradi:

  • sotish siyosatini tovar harakatiga bog‘langan holda aniqlash;

  • tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor segmentlariga mosini tanlash;

  • tovar harakati bo‘g‘inlari va umumiy masofani topish;

  • tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash;

  • tovar harakati rahbarlik tizimini yaratish;

  • tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‘g‘inni topish;

  • tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlashda turli xilini bog‘lab, bir - birini to‘ldirishni ko‘zda tutish.

Mahsulotning yuk sifatida ishlab chiqarish jarayonida iste’molchiga еtib kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash, tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar harakati deyiladi. Uni tashkil etishda firmaning asosiy maqsadi, birinchidan, mahsulotni tezda, yaqin masofa orqali va samarali usul bilan o‘z xaridoriga еtkazish; ikkinchidan, tovarning xaridori bilan» uchrashishga eng qulay sharoit yaratishdan iborat bo‘lishi shart». Tovar harakatini rejalashtirishda, korxona tanlagan tovar sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri bo‘lishi mumkin:

  • tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz, to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘zining iste’molchisi bilan bog‘lanishi;

  • tovarlarni mustaqil vositachi(firmalar) orqali sotish;

  • aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti sarmoyalari qatnashishi orqali.

Tovar harakatini qatnashuvchilari quyidagi vazifalarni bajaradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash va sotish; ishlab chiqarishga kerakli xom ashyo va materiallar tayyorlash; marketing tadqiqotlari o‘tkazish; tovarlar iste’molchilari bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqa o‘rnatish; oldi - sotdi qilish uchun shartnomalar tuzish jarayonini tayyorlash; tovarning iste’molchiga еtib borishini rag‘batlantiruvchi siyosat yurg‘izish; tovar assortimentini rejalashtirishda qatnashish va yordamlashish, tovar harakatini moliyaviy ta’minlash; sotilgan tovarlarga qo‘shimcha xizmat uyushtirish; tovarlarni tashish; tovarlarni omborlarga joylash va saqlash; tovarlarni navlarga ajratish, kichik o‘ramlarda qadoqlash, o‘z savdo bitimini tuzatishga tavakkal qilish, sotilgan tovar bahosini aniqlashda qatnashish va boshqalar. Ana shu ko‘p qirrali vazifalarni maxsus savdo firmalarining bajarishi, tovar harakatidagi sarf - xarajatlarining ancha yuqori samara berishini ta’minlaydi.



  1. 2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar

Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi. Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari bilan turlanadi.


Chakana savdoning moddiy - texnika asosini do‘konlar, univermaglar, maxsuslashgan do‘konlar, supermarketlar, oshxonalar va ko‘pchilik mayda shahobchalar tashkil etadi.

Download 111,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish