Mavzuga o‘zgacha ta’rif: O‘quvchilar matematika fanidan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar va bellashadilar.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Noana na`viy, o‘yin, musobaqa dars.
Shakl: Guruhlarda ishlash
Dars jihozi:Kompyuter, mavzuga oid ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar.
Nazorat: Bolalarning dars davomidagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi
Baholash: Guruhlarni baholash, o‘z-o‘zini baholash
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
Ta’limiy: O‘quvchilarni mustaqillikka o‘rgatish, olgan bilimlarini tekshirish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni bir-biriga muhabbat ruhida tarbiyalash. Do‘stlikni qadrlashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: Og‘zaki va yozma hisoblash malakasini rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish
|
Kutilayotgan natija
|
Dars yakunida o‘quvchilar matematika fani hayotimizning har qadamida zarur ekanligini bilib oladilar. Matematikani chuqurroq bilish qoidalarini o‘rganadilar.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi:
|
Ishning
nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
O‘quvchilar davomati olinadi, sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
nazorat
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyojlarni aniqlash
|
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish, guruhlarni nomlash
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1.Quyonchaga yordam berish
2.Masala yechish.
3.Aplekatsiya yasash
4.savollarga javob topish.
5.Sardorlar bellashuvi
6.Sahna ko‘rinishi
|
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
Guruhlar namoyishi
|
5 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
5daqiqa
5 daqiqa
10 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
Al Xorazmiy bobomizning rasmlari ko‘rsatilib, mavzu mustahkamlanadi.
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
5-bosqich Baholash
|
Kartochkalar hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa
|
Misol- masalalar yechish
|
Tushuntirish
|
2 daqiqa
|
O‘qituvchi: Bugungi darsimizning shiori nima?
Matematika
fanlar ichida shox
Uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh.
Bolajonlar, bugungi darsimizda o‘tilganlarni yana bir bor yodga tushirib olamiz. Darsimizni musobaqa tarzida o‘tkazamiz. Uchta guruhga bo‘lindik. Guruh sardorlari
Guruhingiz nomi bilan tanishtiring.
1-guruh
Bizning guruhimiz nomi:
Humo
Shiorimiz: Yurtim O‘zbekistonning o‘z o‘rni bor jahonda
Humo qushi erkin, shod uchar moviy osmonda.
2-guruh
Bizning guruhimiz nomi:
Orzu
Shiorimiz: Sen ilm cho‘qqisini kuchingla zabt etarsan
Kelajakda albatta orzuingga yetarsan.
3-guruh
Bizning guruhimiz nomi
: Lochin
Shiorimiz: Ziyrak lochin qoqilmas
Qoqilsa ham yiqilmas.
Guruhlar bilan oltin qoidalar takrorlanadi.
Sizlarni baholash ham har kungidan boshqacha. Mana bu ko‘rib turganingiz 3ta daraxt.Daraxtlarning birorta ham bargi yo‘q.
Ular barg chiqarib, yashnab ketishi sizga bog‘liq. Har bitta to‘g‘ri javobingiz yashil barg, sal xatoroq bo‘lsa och yashil, noto‘g‘ri bo‘lsa sariq barg bilan taqdirlanasiz. Bu barglar daraxtlarga yopishtirib boriladi.
Demak birinchi shartimizni boshlaymiz.( shu payt sahnaga quyon kirib keladi.)
Quyon: qornim ham juda och bo‘lib ketdi. Qani endi yeyishga biron narsa topsam.(Sabzilarni ko‘rib qoladi.) Voy judayam ko‘p sabzi ekan. Qishgayam g‘amlab olaman.( Sabzini olmoqchi bo‘lganida bo‘ri paydo bo‘ladi.)
Bo‘ri: Tegma bu mening sabzim.
Quyon: Bera qol.Hech bo‘lmasa 10 ta beraqol.
Bo‘ri: Yo‘q bittayam brrmayman
Quyon; Beraqol.
Bo‘ri: Agar bitta shartimni bajarsang, senga sabzidan beraman. Buning uchun sen misol yechishing kerak. Qancha misol yechsang shuncha sabzi olasan.
Quyon (o‘ylanib) Endi nima qildim. Misol yechishni ham bilmayman. (bolalarni ko‘rib qoladi) Bolalar, menga yordam beringlar.
Bolalar: Mayli.
(Bolalarning barchasiga sabzi tarqatib beriladi.Sabzining orqasiga misollar yozilgan. Misolni to‘g‘ri yechgan bolaning sabzisi savatchaga solib boriladi.)