Kutilayotgan natija
Dars yakunida o‘quvchilar matematika fani hayotimizning har qadamida zarur ekanligini bilib oladilar. Matematikani chuqurroq bilish qoidalarini o‘rganadilar.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi:
|
Ishning
nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
O‘quvchilar davomati olinadi, sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
nazorat
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyojlarni aniqlash
|
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish, guruhlarni nomlash
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1.Quyonchaga yordam berish
2.Masala yechish.
3.Aplekatsiya yasash
4.savollarga javob topish.
5.Sardorlar bellashuvi
6.Sahna ko‘rinishi
|
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
Amaliy ish
Guruhlar namoyishi
|
5 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
5daqiqa
5 daqiqa
10 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
Al Xorazmiy bobomizning rasmlari ko‘rsatilib, mavzu mustahkamlanadi.
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
5-bosqich Baholash
|
Kartochkalar hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
|
Amaliy ish
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa
|
Misol- masalalar yechish
|
Tushuntirish
|
2 daqiqa
|
O‘qituvchi: Bugungi darsimizning shiori nima?
Matematika fanlar ichida shox
Uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh.
Bolajonlar, bugungi darsimizda o‘tilganlarni yana bir bor yodga tushirib olamiz. Darsimizni musobaqa tarzida o‘tkazamiz. Uchta guruhga bo‘lindik. Guruh sardorlari
Guruhingiz nomi bilan tanishtiring.
1-guruh
Bizning guruhimiz nomi:
Humo
Shiorimiz: Yurtim O‘zbekistonning o‘z o‘rni bor jahonda
Humo qushi erkin, shod uchar moviy osmonda.
2-guruh
Bizning guruhimiz nomi:
Orzu
Shiorimiz: Sen ilm cho‘qqisini kuchingla zabt etarsan
Kelajakda albatta orzuingga yetarsan.
3-guruh
Bizning guruhimiz nomi
: Lochin
Shiorimiz: Ziyrak lochin qoqilmas
Qoqilsa ham yiqilmas.
Guruhlar bilan oltin qoidalar takrorlanadi.
Sizlarni baholash ham har kungidan boshqacha. Mana bu ko‘rib turganingiz 3ta daraxt.Daraxtlarning birorta ham bargi yo‘q. Ular barg chiqarib, yashnab ketishi sizga bog‘liq. Har bitta to‘g‘ri javobingiz yashil barg, sal xatoroq bo‘lsa och yashil, noto‘g‘ri bo‘lsa sariq barg bilan taqdirlanasiz. Bu barglar daraxtlarga yopishtirib boriladi.
Demak birinchi shartimizni boshlaymiz.( shu payt sahnaga quyon kirib keladi.)
Quyon: qornim ham juda och bo‘lib ketdi. Qani endi yeyishga biron narsa topsam.(Sabzilarni ko‘rib qoladi.) Voy judayam ko‘p sabzi ekan. Qishgayam g‘amlab olaman.( Sabzini olmoqchi bo‘lganida bo‘ri paydo bo‘ladi.)
Bo‘ri: Tegma bu mening sabzim.