Bolalar:
Ta’zim Sizga fanga asos solgan bobolar
Ta’zim Sizga nomi mangu qolgan bobolar
Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz
Ixlos bilan o‘qib uni ancha bilib olganmiz.
O‘qituvchi:
Bolajonlar, matematika fanini qunt bilan o‘rganinglar. Hozir esa natijalarni ko‘rib chiqamiz. ( Har bir guruhning daraxtidagi barglar sanab chiqilib, g‘olib guruh aniqlanadi. Bolalarga sovg‘ sifatida kitobchalar taqdim qilinadi.)
1-O‘quvchi:
Asrlar ortidan kelar asrlar
Unut bo‘lar o‘tmish, zamon ko‘p sirlar
Ammo yaratilgan fan asoslarin
Asrdan- asrga eltar nasrlar.
2-O‘quvchi:
Eslatay qomusning durdona so‘zin
Hisob- kitob ochmish aqlning ko‘zin.
Matematika fanlar podshosi
Har ish, har sohada ko‘rsatar o‘zin.
O‘qituvchi:
Qunt bilan o‘rganib bu buyik fanni
Shon-shuhratga o‘rang Ona-Vatanni
Donolar donosi bo‘lgay agar kim
Fanga bag‘ishlasa jon birla tanni
Hamma:
Barcha jumboqlarga javob izlaymiz
Olam sirlarini bizlar yechaylik
Ilmu ma’rifatla bo‘lmoq istaymiz
Bizni Vatan kutar, kutar kelajak
Uyga va zifa beriladi.( Misol nasalalar qanday bajarilishi tushuntirib beriladi.) O‘quvchilar baholanadi. Darsga yakun yasaladi.
Inson-bebaho va takrorlanmas hilqatdir. U yer yuzidagi barcha jonzotlar ichida eng mukammalidir.
Inson odobi bilan go‘zaldir. O‘tmishga nazar solar ekanmiz, qadimda odob ilmi alohida fan sifatida maktab va madrasalarda o‘qitilganini, ziyoli kishilar, shoh va amaldorlar farzandlari uchun alohida odob ilmidan dars beruvchi kishilarni yollaganlarini ko‘ramiz.
Chunki, ular faqat ahloqli kishilargina kelajak poydevori ekanligini tushunib yetganlar.
Ha, haqiqatan ham odobnoma- sog‘lom avlodni ma`naviy tarbiyalashda asosiy fandir.
Mustaqil vatanimizning ertangi avlodi sog‘lom, ma`nan yuksak bo‘lmog‘I kerak. Bunda odobnoma fanining xizmati beqiyos!
Avvalo, bu fanni o‘qitadigan o‘qituvchining o‘zi odob- ahloqli, tarbiyali bo‘lmog‘i,diniy va ahloqiy bilimga ega bo‘lmog‘i, o‘quvchilarni o‘z so‘ziga ishontira oladigan, aktyorlik mahoratiga ega bo‘lgan, boy ma`naviy merosimizni yaxshi biladigan, mutafakkirlarning asarlarini, pandnoma va nasihatnomalarni yaxshi biladigan kishi bo‘lishi kerak.
Oqituvchi odobnoma fanini o‘qitishga kirishar ekan;
1. O‘quv jarayonida yangi materialni qo‘llay bilishi;
2. O‘quv materialini yangicha talqin etishi;
3. O‘qitishda yangi informatsion texnologiyani kiritishi kerak.
O‘qituvchi darslarda bir xillikdan qochishi kerak. Odobnoma darslari ko‘proq noanana`viy tarzda, turli shakllarda- o‘yin, bahs, ertalik, suhbat,uchrashuv,sahna ko‘rinishlari, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari ko‘rinishlarida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Bunda o‘quvchi quruq tinglovchi bo‘lib qolmasin, balki u darsning faol ishtirokchisiga aylansin.
Masalan, 2 sinf ododbnoma darsligidagi “Mehmon kutish odobi” mavzusini ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |