Mavzu: Soliqlarni to’lashdan bosh tortish va bo’yin tovlash Reja


Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy turlari



Download 34,68 Kb.
bet2/4
Sana26.03.2022
Hajmi34,68 Kb.
#510657
1   2   3   4
Bog'liq
xufyona iqtisod

2.Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy turlari.
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash – yuridik yoki jismoniy shaxsning faol harakatlari evaziga o‘zini u yoki bu soliqni turini to‘lovchilari qatoridan chiqarib (ya’ni, shu soliqni to‘lamasdan) o‘z soliq majburiyatlarini minimallashtirish shaklidir. Soliqlardan bo‘yin tovlashga misollar sifatida soliq imtiyozlarini olish maqsadida sun’iy bitimlar tuzish, soliq stavkalarini pasaytirish uchun biznes tuzilmalari shakllarini o‘zgartirish, soliq imtiyozlarini taklif etadigan mamlakatlarga yoki offshor zonalarda korxonalar tashkil va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Korxona va fuqarolarning faoliyatini qonuniyligidan kelib chiqib, soliqlarni aylanib o‘tish usullarini ikki guruhga ajratish mumkin: qonuniy va noqonuniy. Qonuniy faoliyatga soliq to‘lovlaridan rasmiy ozod bo‘lish strategiyasi kiradi. Noqonuniy faoliyatga – noqonuniy faoliyat va qonuniy faoliyatni yashirish kiradi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash turli sxemalarga ega spetsifik modellarni tuzishni taqazo etadi.
Ikkinchi strategiya – soliq to‘lovlaridan ozod etish – uchta turli sxema bo‘yicha oshiriladi. Soliq solishning imtiyozli tartiblaridan foydalanish yoki soliq to‘lovlaridan ozod bo‘lishni (offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar), yoki rasmiy imtiyozlarni taqdim etilishini (masalan, nogironlar band bo‘lgan orxonalar) nazarda tutadi. Soliq imtiyozlaridan foydalanish soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning oddiy sxemalarini yaratish imkoniyatini beradi. Hukumat vakili bilan siyosiy bahslar orqali ham soliq majburiyatlarining bir qismi yoki barchasidan ozod bo‘lish mumkin. Bunda soliq imtiyozlari taqdim etilishini so‘rashda muhim argument bo‘lib korxonaning butun mamlakat yoki muayyan hudud uchun alohida ahamiyatga egaligi, ya’ni mahsulotning strategik ahamiyati, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish keltiriladi. Soliq to‘lovlaridan qutulish vositasi sifatida sun’iy to‘lamasliklar yoki soliqlar to‘lovini to‘xtatib turishlarni keltirish mumkin.
Ular quyidagi “ob’ektiv sharoitlarga” murojaat qiladilar – hamkorlar tomonidan majburiyatlarga rioya qilmaslik, hisob raqamida mablag‘lar bo‘lmasligi. Bu nuqtai nazardan tadbirkorlik strategiyasining muhim qismi pul mablag‘larini hisob raqamida to‘xtab qolmasdan, doimo harakatda bo‘lishida ujassamlashgandir. Aks holda, ushbu mablag‘lar soliqlar bo‘yicha qarzlarni qoplash uchun undiriladi. Uchinchi strategiya eng keng tarqalganidir. U qonuniy faoliyat natijalarini yashirish sxemasiga asoslanadi. Korrupsion kelishuv – eng “oddiy” sxemalardan biri. U soliq xizmatchilari yoki fiskal organlarga ta’sir eta oladigan yuqori davlat hokimiyat organlari vakillarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pora berib sotib olishni nazarda tutadi.
Institutsional fiksiyalar (soxtaliklar) – bu usul soxta korxonalarni (“qog‘ozdagi korxonalar” yoki uzog‘i bilan uch oy faoliyat yuritadigan “bir kunlik korxonalar”) tashkil etishga asoslanadi. Ular orqali soliqlarni aylanib o‘tib pul mablag‘larini naqdlashtirish amalga oshiriladi. So‘ngra ular soliq organlari tomonidan tekshiruvlar boshlanmasdan va buxgalterlik balansini topshirmasdan yopilib ketishadi. Shu kabi yo‘qolib ketadigan korxonalarga kreditlar ajratiladi, ularning hisob raqamlariga oldindan to‘lov rasmiylashtiriladi. Deyarli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, yopilish arafasidagi banklarga soliq to‘lovlari o‘tkaziladi. Bu holatlarning barchasida poralarsiz ham faoliyat yuritish mumkin, faqatgina soxta iqtisodiy institutlarni tashkil etish va qisqa muddatli faoliyat xarajatlarini qoplash kerak, xolos. Almashtirish o‘yinlari bir qism moliyaviy oqimlarni soya ostiga olib, qonuniy va noqonuniy faoliyatlar chegarasida ushlab turiladi. Shunday qilib, soxta operatsiyalar amalga oshirilganda moliyaviy hujjatlar mavjud bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarning korxona va vositachi yoki soxta firma o‘rtasidagi harakatlarini aks ettiradi. Masalan, hech kim yetkazib berishni hayol ham qilmagan mahsulot uchun pul o‘tkaziladi, soxta marketing xizmatlari uchun buyurtma beriladi, QQSni qaytarish imkonini beruvchi yolg‘ondakam eksport amalga oshiriladi, “tumovdan” sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mukofotlar to‘lanadi.
Qonuniy va noqonuniy harakatlar chegarasida amalga oshirilayotgan soxta operatsiyalar bo‘yicha soliqlar to‘lashdan bosh tortishga quyidagi holat misol bo‘la oladi: turistik kompaniya o‘z asosiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir necha avtobuslarni sotib oladi, lekin ularni firma ta’sischilarining qarindoshlari nomlariga shaxsiy mulk sifatida rasmiylashtiradi, qarindoshlar, o‘z navbatida, yollangan haydovchilar nomiga avtobusni haydash bo‘yicha ishonchnoma beradilar va turistik firma bilan ushbu transport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma tuzadilar. Natijada transport vositalari firma balansiga o‘tmaydi va soliqlar to‘lanmaydi. Shuni qayd etish kerakki, eng ko‘p qoidabuzarliklar optimallashtirish sxemalarini o‘ziga emas (ko‘pchilik hollarda ushbu sxemlar yuridik jihatdan puxta ishlangan bo‘ladi), balki ushbu sxemalarning hamroh sharoitlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, kichik korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish ko‘pincha tashkilot xodimlari sonini soxtalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Soxtalashtirishning mavjudligi ushbu sxemani avtomatik ravishda noqonuniy qiladi. Undan tashqari, noekvivalent ayirboshlashdan foydalaniladi. Bunda “tomonlar” uchun foyda keltirmaydigan shartnomalar tuziladi, kelishilgan holda va maqsadli ravishda qiymat proporsiyalari buzib ko‘rsatiladi.
Buning uchun mahsulot va xizmatlarni bozor qiymatidan yuqori yoki past narxlarda sotish va sotib olish imkonini beruvchi barter ayirboshlashlari va o‘zaro hisob-kitoblar yordamida xarajatlarni qoplash tizimlaridan foydalaniladi: korxonalar o‘rtasida mahsulotlar sotiladigan pasaytirilgan transfert narxlari tizimidan foydalaniladi; nominal va bozor qiymati o‘rtasidagi farqda o‘ynaydigan veksellar muomalaga chiqariladi; likvidlik darajasi turlicha bo‘lgan aksiyalar ayirboshlanadi; oldindan ma’lum oshirilgan foizlar bo‘yicha kreditlar beriladi. Masalan, korxona qoshida firmalar tashkil etilib, ularga korxonaning mahsulotlari shunchalik pasaytirilgan narxlarda sotiladiki, foyda nol darajada bo‘ladi. Soliq organlari foyda solig‘i to‘lanmayotganligi bo‘yicha da’vo qila olmaydilar. Firmalar esa mahsulotni bozor narxida qayta sotadi va asosiy ishlab chiqaruvchi korxona egasi bilan olingan foydani bo‘lishadi. Firmada bir necha kishi ishlayotganligi sababli kichik biznesga soliq imtiyozlaridan keng foydalanadi. Nihoyat, ayirboshlov o‘yinlarida oldindan rejalashtirilgan sanksiyalardan foydalaniladi – shartlarini bajarib bo‘lmaydigan shartnomalar bo‘yicha yirik jarima sanksiyalarini qo‘llash; shartnoma shartlarini ataylab bajarmaganlik natijasida garovdagi mol-mulkni o‘zlashtirish. Qayd etilgan ko‘pchilik sxemalar quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
• “chetdagi” tuzilmalarni yaratish yordamida qo‘shilgan qiymat yaratuvchi korxonalarni ularni mahsulotini sotadigan korxonalardan ajratish;
• Korxonalarning aktivlarini vositachi tuzilmalarga va passivlarini davlatga va to‘lamaslik amaliyoti yordamida kreditorlar zimmasiga o‘tkazish orqali ishlab chiqaruvchi korxonalarning aktivlari va passivlarini ajratish;
• ishlab chiqaruvchi korxonalarda rasmiy buxgalteriyani qo‘llash va vositachi tuzilmalarda keyinchalik bir qism hujjatlarni yo‘q qilish bilan ikkiyoqlama buxgalteriyani qo‘llash.
Boshqaruv tuzilmalarining konturlari yopiq va ochiq ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Yopiq kontur doirasida pul oqimlari doira bo‘yicha aylanadi va qo‘shilgan qiymat ishlab chiqaruvchi boshlang‘ich korxonaga qaytib keladi. Bu holda soliqqa tortilishdan olib qochilgan mablag‘lar investitsiyalarga aylanadi. Ochiq kontur doirasida mablag‘lar ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytmaydi. Ular vositachi firmalarning hisob raqamlarida yashiriladi va xorijga olib chiqiladi, so‘ngra yo boshqa biznesga sarflanadi, yo mulk egasining shaxsiy boyishi uchun foydalaniladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayoni bir necha bosqichga ega. Ma’lum bir ma’noda soliq qonunbuzarligining “hayot sikli” tovarning “hayot sikli”ga mos keladi. Birinchi bosqichda soliq to‘lovchi soliqdan qochishni yangi sxemasini o‘ylab topadi. Ikkinchi bosqichda – ushbu sxema soliq to‘lovchilar o‘rtasida tarqaladi. Ushbu sxema soliq organlariga ma’lum bo‘lganida uchinchi bosqich boshlanadi, bunda ushbu sxemaga qarshi kurashish yo‘li qidiriladi, soliq qonunbuzarliklarini samarali aniqlash va oldini olishning shakllari va usullari ishlab chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich – qonunbuzarliklarning soni va ular keltirgan zararni kamaytirishga olib keladigan davlat organlarining faol va ommaviy qarshi kurashi amalga oshiriladi. Beshinchi bosqichda qonunbuzarlar va davlat organlari o‘rtasidagi muvozanat minimal imkoniyat darajasida o‘rnatiladi. Ta’kidlash lozimki, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning har qanday modelida moliyaviy oqimlarni nazorat qilishni murakkablashtiruvchi firmalarning uzun zanjiri yaratiladi. Bunda deyarli barcha operatsiyalar qonuniy hisoblanadi, lekin butun sxema noqonuniydir.

3. Offshor zonalar va firmalar (kompaniyalar) - soliqlarni to‘lashdan bo‘yin



Download 34,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish