Mavzuning maqsadi.Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsiri qilishning qonuniy-huquqiy asoslarini oʻrganish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega boʻlish.
Mavzuning ob'yekti-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsirining tarkibiy qismilarini hisoblash tizimini tashkil etish
Mavzuning predmeti-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsiri tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslari tarkibiy qismilarini o`rganish mazmuni,shakl va usullarini to'liq o'rganish va mohiyatini ochib berish.
Mavzuni oʻrganish vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
- Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsir qilishning qonuniy-huquqiy asoslari moliyaviy – iqtisodiy nazariyasini rolini aniqlash.
-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsirining qonuniy-huquqiy asoslarining yangi qirralarini topish;
-Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsir qilishning qonuniy-huquqiy asoslari nazariyasi bo’yicha jahon tajribasidan oʻrganish..
1.Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy mohiyati va obektiv zarurligi.
Mahallalarda kam taminlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, Ozbekiston davlati jamiyat azolari osoyishtaligini saqlash maqsadida ozining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va oq-dorilarga ham mablaglar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom ornatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham koplab mablag yonaltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bolgan soliqlarni ham obektiv zarur qilib qoyadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bolgan moliyaviy mablaglarni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qollanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Malumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.Soliqlar majburiy tolovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq tolovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni oz mulkiga aylantiruvchi davlat ortasida boladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat korsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bola olmaydi, soliq munosabati bolishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yoli bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda tolanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.Soliqlar, yigimlar, bojlar va boshqa tolovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yonalishlarini mablag bilan taminlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga tasir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bogliq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.Soliqlar qadimgi davrlardan etiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bolmagan kishining belgisi bolib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) ozining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga tolash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.N.I. Turgenev ozining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818 yil) shuni takidlaydiki, «Bilimli bolishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali tasiri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham tasir etgan», «
soliqlar bilimga ega bolish bilan birga paydo bolib, uning belgisi bolib qoldi. .Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yigilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan malumotlar togrisida; yigiladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va marifatni anglatadigan ikki eng asosiy xususiyatdir» bu sozlardan yana bir bor amin bolish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bolishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini taminlash va ular oldidagi vazifalarning bajarilishini moddiy taminlash manbai sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega boldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli ozgarmay qoldi.
Shu orinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan tariflarni keltirib otish orinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er resursi va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan tolanadi». Shuni alohida takidlab otish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, oz navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini malum darajada rivojlanishiga ozining hissasini qoshgan.Soliqlar boyicha yana bir tarif S.G. Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat subektlarining tolov qobiliyatini taminlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan taminlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bolmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir».
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarning iqtisodiy mohiyatini organishga bagishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, «Siyosiy iqtisod» izohli lugatida soliqlar «
korxona, tashkilot va aholini, mamlakat moliyaviy resurslarini tashkil etishdagi ishtirokini xarakterlovchi majburiy tolovlar tizimi» deb izohlanadi.Professor D.G.Chernikning fikricha «Soliqlar - davlat tomonidan xojalik subektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda ornatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yigimlarni ozida aks ettiradi».Professor B.G.Boldorev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» oquv qollanmasida soliqlarga quyidagicha tarif berilgan: «Soliqlar davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy tolovlari» haqiqatan ham yuqorida keltirilgan tariflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bolishi mumkin. Lekin bu tariflar ozida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini tolaligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu tolovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi togrisida etarli malumotlar bera olmaydi.Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu tarif soliqlarning mohiyatini tolaligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini ozida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obekti bolib nima hisoblanadi? degan savollarga javob bera olmaydi.Shuni takidlash kerakki, prof. O.Olimjonovning fikriga kora, soliqlar quyidagicha tariflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq boladi: «Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablaglariga bolgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qoyilgan hajmda va ornatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan tolovlardir».Bizningcha soliqlarga berilgan mana shu tarif eng maqbul tarif bolib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi orni va rolini, soliqlarning xarakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Soliqlarga olimlar tomonidan berilgan bir qancha tariflarni organib chiqdik. Shu orinda bu tariflar malum manoda bir-birini takrorlab, toldirib va boyitib kelmoqda. Yuqoridagi tariflar soliqlarni toliq va aniq yoritish, ularning barcha jihatlarini batafsil qamrab olmaydi. Shuning uchun soliq toifasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va ornini, soliqlarni nazariy jihatlarini aniqroq yorita oladigan tarifni keltirish muammosi mavjuddir.Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bolgan majburiy tolovlar sifatida, davlat paydo bolishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat korsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu erdan kelib chiqadi.
Biz soliqlarning iqtisodiy mohiyatini toliq tushunishimiz uchun, dastavval soliq sozining tarixan mavjud bolgan iqtisodiy manosini togri tushunib tahlil qilib olishimiz lozim.
Soliq tushunchasi - iqtisodiy munosabatlarda asosiy orinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki - u tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xojalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bolgan pul mablaglarini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy taminlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan tolovlarni aks ettiradi, yani soliq - davlat tomonidan xojalik yurituvchi subektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgilangan stavkalar boyicha, soliq tolovchining bundan biron bir muayyan manfaat korishi bilan bevosita boglanmagan tarzda undiriladigan pul yigimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |