O‘zbekiston fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.
Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan bo‘lib turishi davri uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida bo‘lgan vaqti uning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi:
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida bo‘lgan davri;
2) O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan, xalqaro shartnoma bo‘yicha tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida bo‘lgan davri;
3) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan taqdirda
O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt bo‘lganligidan qat’i nazar, chet elda xizmatni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat hokimiyati organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxslar
Jismoniniy Shaxslar tushunchasi keng qamrovli hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda bo‘lib turganlikni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish (O‘zbekiston Respublikasidan chiqish) kuni chet davlatlarning davlat chegaralarini kesib o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi asosida aniqlanadi. Bunday belgi O‘zbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning chegara nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasiga kirish (O‘zbekiston Respublikasidan chiqish) hujjatlariga qo‘yiladi. Shuningdek shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda bo‘lib turganligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan, soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida ham aniqlanishi mumkin
Agar yuqoridagi qoidalar jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatan ham bo‘lib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa, jismoniy shaxs soliq organiga o‘zining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda bo‘lib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning ko‘chirma nusxalarini), shuningdek o‘zining haqiqatda bo‘lib turgan joyini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa hujjatlarni (yoki ularning ko‘chirma nusxalarini) taqdim etadi:
1) shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
2) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma;
3) haqiqatda bo‘lib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlar.