Foyda solig’ining bazasi qanday aniqlanadi?
J: Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish. Soliq kodeksining 332-moddasiga muvofiq, hisobot soliq davridagi daromad (xarajatlar) miqdorining soliq bazasini aniqlashda ilgari daromad (xarajat) deb e’tirof etilgan summa doirasida koʻpayishi yoki kamayishi tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslarning qaysi daromadlari jami daromadlar tarkibiga kiritiladi?
J: muassasaning jami daromadini bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran olingan daromadlarning quyidagi turlari tashkil etadi:1) norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini oʻzining doimiy muassasasi orqali amalga oshirish natijasida olingan daromadlar; 2) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va (yoki) uni tasarruf qilishdan olgan daromadlari; 3) norezidentning daromadlari, shu jumladan uning boshqa davlatlardagi tuzilmaviy boʻlinmalarining Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan mazkur yuridik shaxsning doimiy muassasasi orqali amalga oshiriladigan faoliyatga aynan oʻxshash yoki bir xil faoliyatni amalga oshirishdan oladigan daromadlari; 4) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan doimiy muassasaga tegishli boshqa daromadlar; 5) bunday doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
Korxonaning moliyaviy faoliyat natijalari qanday aniqlanadi?
J: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan aniqlanadi va quyidagi ketma-ketlikdagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:1) mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda. YaF=SST-IT, bunda: YaF – yalpi foyda, SST – sotishdan olingan sof tushum, IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi. 2) asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda. AFF=YaF-DX+BD-BZ,bunda: AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda, DX – davr xarajatlari, BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, B3 – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar. 3) xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar).UF=AFF+MD-MX,bunda: UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD – moliyaviy faoliyatdan daromadlar; MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari.4) soliq to‘languncha olingan foyda.STF=UF+FF-F3,bunda: STF–soliq to‘langungacha olingan foyda; FF – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; F3 – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar. 5) yilning sof foydasi.SF= STF-DS-BS, bunda, SF – sof foyda; DS – foydadan to‘lanadigan soliq; BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |