1-Rasm. Makroiqtisodiyot darajasida soliq hisobining kelib chiqishi.
Bu diagramma orqali buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tizimining o‘zaro bog‘liqligini optimal nuqtalarini topish printsipial ahamiyatga ega. Bu bog‘liqlikning optimal nuqtasi – bu soliq hisobining kelib chiqishidir.
Ma’lumotlardan foydalanuvchilar manfaatiga qarab hisobning uchta turi bo‘lib, ular Moliyviy, boshqaruv va soliq hisoblaridir. Bularning har birining o‘z maqsadi, vazifasi va metodologiyasi bor.
Buxgalteriya hisobining bu 3 turi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bu bog‘liqlikni ham Venn diagrammasi tarzida aks ettirish mumkin (2-rasm).
Shuni qayd qilish lozimki, bugungi kungacha soliq hisobi tushunchasi iqtisodchi olimlar va amaliyotchilar tomonidan turlicha talqin etib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |