Mavzu. Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar va ularning
kelib chiqish sabablari.
Reja:
Soliq tizimidagi qonunbuzarliklar.
Soliq tizimidagi qonunbuzarliklarning kelib chiqish sabablari.
Soliq to 'lovchilar yol qo`yadigan eng xarakterli huquq buzilishlar.
Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham o'zgarib boradi, soliq ob'ektlarini aniqlash, soliq to'lovchilami hisobga olish ishlari doimo nazorat sifatini rivojlanishi talab qiladi.Jarima va jazo choralari, soliq idoralari tomonidan qonunda belgilangan moddalarga binoan amalga oshiriladi.Soliq to'lovchilaming qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash, balki soliq qonunlami ularga bo'lgan ta'sirlarini qrganish orqali kelib chiqishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish lozimdir.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash deyilganda keng ma'noda quyidagilar tushuniladi.
olingan daromad va foyda yashirish;
hisoblangan soliqlarni o'z vaqtida to'lamaslik yoki umuman to'lamaslik;
imtiyozlardan noto'g'ri foydalanish;
tegishli hisobotlarni o'z vaqtida to'lamaslik va umuman topshirmaslik;
boshqa qoidalardan va taqiqlangan metodlardan bevosita va bilvosita foydalanish kabilardir.
Soliqqa oid huquq buzilishi - huquqqa zid bo'lgan, aybli harakat yoki harakatsizlik bo'lib, bu bilan majburiyatlar bajarilmaydi yoki tegishlicha bajarilmaydi, soliq munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buziladi hamda ular uchun yuridik javobgarlik belgilangan.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka ta'siri juda ham salbiyki, uning natijasida quyidagilarni kelib chiqaradi:
davlat byudjeti defitsiti paydo bo'ladi;
davlat soliq stavkalarini ko'tara boshlaydi, davlat byudjetini to'ldirish maqsadida yangi soliq va to'lovlar oylab chiqiladi;
inflyatsiya darajasi ko'tarila boshlaydi;
davlatning ichki va tashqi qarzlari orta boshlaydi;
Yuqorida qayd qilingan sabablarni inobatga olib, soliq to'lovchilarning soliq to'lashdan bo'yin tovlash va uni keltirib chiqaradigan sabablarni soliq xizmati xodimlari doimiy ravishda qrganishlari va bunday holatlarga olib kelmaslik uchun tegishli tashkiliy ishlar, chora va tadbirlarni ко'rib borishlari lozim.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash kabi munosabatlarning kelib chiqish sabablariga quyidagi omillar ta'sir qiladi.
Ma'naviy omillar - bu faktorlar soliq qonunlarini ijtimoiy, doimiylik va daxlsizlik printsiplariga to'g'ri kelmaslik bo'lib, qonunlarning obro'sini va ta'sirini pasaytiradi.
Bundan tashqari soliq stavkalarining yuqori bo'lishi, o'z navbatida, soliq to'lovchilar tomonidan unga nisbatan ichki qarshilik hissini uyg'otadi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash to'g'risidagi turli xil fikrlarga olib keladi.
Masalan; foyda solig'ining stavkasini yuqoriligi, korxonadan foyda olishga bo'lgan ishtiyoqini pasaytirib yuboradi yoki qandaydir yo'llar bilan soliqqa tortiladigan foyda hajmini kamaytirish harakat qiladi. g'ki bo'lmasa, bizning qonunlarimizga asosan soliqlarni realizatsiya qilingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun emas, balki yuklab jqnatilgan va hali puli to'lanmagan paytdan boshlab hisobga olinishi va boshqalar.
Iqtisodiy omillar - bunda soliq to'lovchilar soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida unga bo'ladigan ta'sirlarni qrganadilar.
Agarda, soliq stavkasi qanchalik yuqori va qo'llaniladigan jarima summalari qanchalik past bo'lsa, soliq to'lovchi uchun shunchalik soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasi samarali bo'ladi. Albatta, bunday holatlarda soliq soliq to'lovchilar soliq to'lamaslik har qanday yo'llar bilan harakat qilishadi, chunki birinchi tomondan joriy etilgan barcha turdagi soliq va to'lovlarni to'lanishi soliq to'lovchining iqtisodiy holatiga katta ta'sir qilib, uni ahvolini og'irlashtirishiga olib kelishiga ta'sir qilsa, soliq to'lamaslik esa unga o'z iqtisodiy potentsialini saqlab qolishi uchun yagona iqtisodiy yo'l bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ikkinchi tomondan moliyaviy jarimalarni iqtisodiy jihatdan kuchsiz bo'lgan sub'ektlarga qo'llanilishi, nafaqat uni rivojlanishdan balki undan keyin umuman faoliyat ko'rsata olmaslikka olib kelishi mumkin. Chunki barcha foydasini qarzlarni to'lashga sarflamasa, unga hisoblanayotgan ustama foiz summalar ham tobora oshib boraveradi.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, soliq to'lashdan bo'yin tovlashning barcha formalari, iqtisodiy qsish sur'ati pasayayotgan hamda tanazzulga uchrayotgan mamlakatlarda yuqori darajada bo'ladi. Chunki bunday sharoitlarda soliq to'lovchilaming moddiy sharoitining yomonlashuviga mamlakat miqyosida mahsulot, tovar va xizmatlarga bo'lgan talablaming pasayishi ham katta ta'sir qiladi.
Albatta, to'lov qobiliyatining pasayishi natijasida tovar oborot hajmi qisqaradi hamda korxona o'ziga tegishli soliqlarini ololmay qoladi. Natijada korxona o'z qobiliyatini saqlab qolish maqsadida soliq qonunchiligida ta'kidlangan turli yo'llarni izlashga tushadi. Masalan: soliq organlari tomonidan soliq to'lovchilarni to'la hisobga ola olmaslik, xo'jalik operatsiyalarga taalluqli hujjatlarni barchasini tekshirishdan to'la o'tkaza olmaslik, tekshiruvchilarning bilim darajasi, korruptsiya va shunga qxshash holatlarning mavjudligidir.
Soliq to'lashdan bo'yin tovlashning turli formalarini yuqorida sanab o'tgan bo'lsak, soliqdan qochishning quyidagi formalari mavjud:
soliq qonunlarining takomillashmaganidan yoki qonun, qaror,yoriqnoma va ko'rsatmalaming ayrim tomonlarini bir - biriga zid kelishidan foydalanish;
ma'lum muddatga soliq to'lashdan imtiyoz berilgan mamlakatlar bilan qoshma korxonalar tuzish;
soliq stavkalari past bo'lgan mamlakatlar bilan turli xil shartnoma va sxemalar orqali yoki mablag'larni aylantirish yoki jalb qilish;
mamlakatlar o'rtasida ikki yoqlama soliq solish to'g'risida shartnomalarnig yo'qligidan foydalanish;
flliallar tashkil qilish va soliq solinmaydigan tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish kabilardir.
Umuman olganda soliq to'lashdan qonuniy yo'l bilan qochish yoki soliqlarni aylanib qtish, bu soliq to'lovchilarning bilimdonligi, ijodkorligi va soliq maslahatgqylarining yuqori darajada professionalligidan dalolat beradi.
Soliq amaliyotida huquqbuzarlikning quyidagi xarakterli turlari mavjud:
Mansabdor shaxslar tomonidan yo'l qo'yilgan huquqbuzarliklar;
Soliq to'lovchining xo'jalik faoliyatiga qonunga xilof ravishda to'sqinlik qilish, ya'ni soliq hisobiga qo'yishdan, ruxsatnoma yoki bank yoxud boshqa kredit muassasasida hisob raqami ochish uchun zarur boshqa hujjatni berishdan soliq organi mansabdor shaxsining noqonuniy bosh tortishi;
soliq to'lovchining banklar yoki boshqa kredit muassasalaridagi hisob raqamlari bo'yicha operatsiyalarini noqonuniy tqxtatib qo'yish yoki soliq to'lovchining mol-mulkini noqonuniy ravishda xatlash;
soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan soliq to'lovchining oddiy amaliy operatsiyalarini amalga oshirishni jiddiy ravishda mushkullashtiradigan usullar va yo'llar bilan nazorat harakatlarini qonunga xilof ravishda amalga oshirilishi;
hisob harakatlari va hisobot hujjatlarining turlari va hajmlarini qonunga xilof ravishda kengaytirish talabi;
maslahatlar berishdan bosh tortish yoki maslahatlarni taqdim etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining soliq to'lovchi yoki soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchisiga soliq solish tartibi va shartlari, uning huquqlari va majburiyatlari to'g'risida bepul yozma axborot berishdan bosh tortish yoki bunday axborotni belgilangan muddatda taqdim etmasligi;
soliq sirini oshkor etish, ya'ni qonunchilikka muvofiq soliq sirini tashkil etadigan, ularning o'z munosabati bilan soliq organining mansabdor shaxsiga ma'lum bo'lgan ma'lumotlardan g'ayriqonuniy foydalanish yoki ularni boshqa shaxsga berish. Kredit beruvchi va boshqa muassasalar xodimlari tomonidan yo 7 qo 'yiladigan bir qator huquq buzilishlari ham mavjud bo'lib, ular ham soliq to'lovchilar tomonidan huquq buzilishlari paydo bo'lishga imkon yaratadi. Bular quyidagilardir:
Soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa hisobvaraqlarning ochilishi;
soliq to'lovchi to'g'risidagi axborotni taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni soliq organining uchinchi shaxs-soliq to'lovchiga taalluqli hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik yoki bunday hujjatlar yohud axborotni taqdim etishdan soliqni hisoblab chiqish uchun zarur axborotni taqdim etishdan bosh tortish, ya'ni soliq organining shaxsni soliq to'lashga jalb etish uchun asos bo'lib hisoblanadigan yuridik faktlarni qayd etadigan hujjatlarni taqdim etish to'g'risidagi qonuniy talabini ataylab uzoq vaqt bajarmaslik;
soliq to'lovchiga hisobraqamini noqonuniy ravishda ochish, ya'ni bank yoki boshqa kredit muassasasi tomonidan soliq qonunchiligi tomonidan belgilangan talablarni buzgan holda soliq to'lovchiga hisob-kitob, joriy, ssuda, depozit va boshqa hisobvaraqlarning ochilishi;
Soliq to 'lovchilar yol qo`yadigan eng xarakterli huquq buzilishlari quyidagilar hisoblanadi:
soliq organida o'z vaqtida ro'yxatdan o'tmaslik, ya'ni soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan qtish uchun soliq organiga murojaat qilish uchun belgilangan muddatni o'tkazib yuborish;
soliq organida ro'yxatdan qtishdan bo'yin tovlash, ya'ni ataylab, soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan qtish uchun soliq organiga murojaat qilish majburiyatini uzoq vaqt bajarmaslik;
buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini buzish, ya'ni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida soliq to'lovchi tomonidan amalga oshirilayotgan xo'jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining umumiy qabul qilingan uslubiy qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining yo'qligi;
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining buzilishi, ya'ni xo'jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan uslubiy qoidalariga muvofiq aks ettirish tizimining yqo'ligi;
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining buzilishi, ya'ni xo'jalik operatsiyalarini hujjatlashtirish va ularni buxgalteriya registrlarida aks etirish qoidalarining buzilishi moliya-xo'jalik faoliyatining natijalarini buxgalteriya hisobining tegishli bo'lmagan hisobvaraqalarida aks ettirish balansning raqam ko'rsatkichlarini hisob-kitob qilish tartibini buzadi, soliqlarni to'g'ri hisoblash va to'lash ustidan nazoratni qiyinlashtiradi. Bunday harakatlar natijasida hatto to'g'ri ma'lumotlar asosida soliq solish ob'ektining hajmi kamaytirilishi mumkin. Jinoyatchilar buxgalteriya ma'lumotlarini hisobga olmasdan noto'g'ri balans tuzadilar yoki balans tuzish uchun to'g'ri bazadan foydalangan holda raqamlardan o'z xohishlaricha foydalaniladilar yoki balans pozitsiyalarini o'zgartiradilar, bunda balansning to'g'ri tuzilgan pozitsiyalari odatda qonunga xilof ravishda tuzilgan pozitsiyalar uchun yaxshigina niqob vazifasini otaydi;
buxgalteriya hisobotini tuzish tarkibining buzilishi, ya'ni soliq organiga belgilangan shaklga muvofiq kelmaydigan va me'yoriy hujjatlar tomonidan belgilangan barcha ma'lumotlarni aks ettirmaydigan buxgalteriya hisoboti hujjatlarni soliq organiga taqdim etish;
buxgalteriya hisobotining taqdim etish tartibini buzish, ya'ni buxgalteriya hisoboti hujjatlarini belgilangan muddatdan keyin taqdim etish yoki buxgalteriya hisobini taqdim etishdan bo'yin tovlash, ya'ni hisoboti hujjatlarini belgilangan muddatlarda ataylab bir necha marotaba taqdim etmaslik yoki soliq organining talabi bo'yicha taqdim etmaslik;
soliq imtiyozidan noqonuniy foydalanish, ya'ni soliq to'lovchi tomonidan soliq organiga oldidan asossiz bo'lgan, soliq miqdorini kamaytirish yoki ilgari to'langan yohud undirilgan soliqni qaytarish uchun bevosita yoki bilvosita asos beradigan ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi yo'li bilan soliq to'lashdan bo'yin tovlash;
soliq to'lamaslik yoki o'z vaqtida to'lamaslik, ya'ni soliq to'lovchining soliqni qonun tomonidan belgilangan muddatda to'lamasligi yoki belgilangan muddatdan keyin to'lashi;
g'ayriqonuniy naqd hisob-kitoblar, ya'ni qonun hujjatlari tomonidan belgilangan cheklashlarni buzgan holda hisob kitoblarni naqd pul mablag'lari bilan amalga oshirish;
kassa intizomini buzish, ya'ni naqd pul mablag'larini kirim qilish, saqlash va ishlatishning qonun tomonidan belgilangan tartibini buzish;
korxonaning moliya-xo'jalik faoliyati natijalarini buxgalteriya hisoblarida to'liq yoki qisman aks ettirmaslik. Masalan, bitimlarni rasmiylashtirmasdan amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni kirim qilmaslik;
iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisobga olish tarkibini buzish, xususan, moliya-xo'jalik faoliyatining raqamli natijalarini buxgalteriya hisobining tegishli bo'lmagan hisob-varaqlarida aks ettirish. Ko'p hollarda tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar yashiriladi, odatda, tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan shaxslar yoki imorat, uy-joy xonalari, garajlar, avtomobillar va boshqa mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan shaxslar soliq to'lamaydi;
nazorat harakatlarini amalga oshirishda tqsqinlik qilish, ya'ni xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan jismoniy shaxs tomonidan soliq organining qaroriga ko'ra hujjatli yoki faktlar bo'yicha nazorat qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishni jiddiy tarzda qiyinlashtiradigan yoki ularni yo'qqa chiqaradigan shart-sharoitlarning ataylab barpo etilishi;
soliq organi mansabdor shaxsining qonuniy talabi yoki farmoyishiga itoat etmaslik, ya'ni soliq organi mansabdor shaxsining soliq qonunchiligi buzilishlarini bartaraf etish yoki ularni oldini olish to'g'risidagi qonuniy talabi yoki farmoyishini uzoq vaqt bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik;
• soliq to'lashdan bo'yin tovlash -soliq sohasidagi huquq buzilishlarining eng ko'p uchraydigan va eng xavfli guruhi;
Bunday huquq buzilishlarining mohiyatini soliq to'lovchining byudjet oldidagi majburiyatlarini bajarmasligi yoki tegishlicha bajarmasligi tashkil etadi. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash, odatda, korxona tomonidan soliq imtiyozlaridan noqonuniy foydalanishi, soliqlarni o'z vaqtida to'lanmaslik daromadlarini yashirish, soliqlarni hisoblash va to'lash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmaslik yoki o'z vaqtida taqdim etmaslik ko'rinishida amalga oshiriladi. Soliq to'lashdan bo'yin tovlash bozor raqobat asoslarini qqporadi, boqimandachilikni halol soliq to'lovchi bilan taqqoslanganda e'tiborliroq mavqega chaqirib qo'yadi. Undan tashqari, bir shaxsning soliqni kam to'lashi boshqa soliq to'lovchilar hisobiga amalga oshiriladi: davlat stavkalarini ko'paytirishga yoki soliqqa tortishning yangi turlaridan foydalanishga majbur bo’ladi.
Uyga vazifa:
Хudоybеrdiеv Z., Хаmidоv K. Tаdbirkоrlik vа biznеs аsоslаri : Dаrslik. – T.:2015. – 342 b.(288-294 b)
Mustаqil mаshg’ulоt: Tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tamoyillari .
Do'stlaringiz bilan baham: |