Yechilishi:
Asosiy vositalarni sotishda QQS quyidagicha hisoblanadi:
[500 000 - (600 000 - 240 000)] / 120 x 20 = 23,3 ming so‘mni tashkil qiladi.
Sotishdan moliyaviy natija 116,7 ming so‘m [500 000 - 23 333 - (600 000 - 240 000)]
bo‘ladi.
YAST asosiy faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavka bo‘yicha hisoblanadi, ya’ni uning
summasi 5883 so‘mni (116 667 x 5%) tashkil qiladi.
MISOL. Qurilish korxonasi savdo kompleksida pudrat shartnomasi asosida ta’mirlash
ishlarini amalga oshirmoqda. Shartnomaga asosan buyurtmachining zimmasiga qurilish
materiallari bilan ta’minlash yuklatilgan. Ta’mirlash ishlarida foydalanilgan materiallar qiymati
15 900 ming so‘mni tashkil qilgan. Ishning bir qismini bajarish uchun subpudrat tashkiloti jalb
qilingan. Jami bajarilgan ishlar hajmi 25 300 ming so‘mni, shundan o‘z kuchi bilan bajarilgan
ishlar hajmi 20 500 ming so‘mni tashkil qiladi. YASTni hisoblang.
Yechilishi:
Pudrat qurilish tashkiloti buyurtmachi tomonidan berilgan materillar qiymatini (15 900
ming so‘m), shuningdek subpudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar qiymatini (4 800 =
25 300 - 20 500 ming so‘m) YASTni hisoblab chiqarishda hisobga olmaydi. Bu yerda bajarilgan
ishlar bo‘yicha soliqqa tortiladigan tushum 20 500 ming so‘mni, o‘z navbatida, soliq summasi 1
230 ming (20 500
x
6%) so‘mni tashkil qiladi.
MISOL. Kichik korxona (Toshkent shahri) avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik
xizmat ko‘rsatish, shuningdek ular uchun ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning chakana
savdosi bilan shug‘ullanadi. Hisobot choragida umumiy tushum 20 000 ming so‘mni tashkil qildi.
Bunda YAST miqdori 20000 ming x 4/100=800 ming so‘mni tashkil etadi.
Agar xizmatlar ko‘rsatishdan 12 000 ming so‘m, ya’ni umumiy tushumning 60%i olingan
deb taxmin qilsak, asosiy faoliyat turi bo‘lib avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat
ko‘rsatish hisoblanadi va YASTning eng kam miqdori hisob-kitobida mazkur faoliyat turi uchun
qat’iy belgilangan soliq stavkasi (maishiy xizmatlar - oyiga EKIHning 3,5 baravari) qo‘llanadi.
EKIH 118400 so‘mligida umuman korxona bo‘yicha chorak uchun EKIHning eng kam miqdori
1243200 so‘mni (118400 x 3,5 x 3) tashkil qiladi.
Agar umumiy hajmda sotishdan olingan tushum ustun tursa (masalan, 14 000 ming so‘m -
70%), nooziq-ovqat tovarlarining chakana savdosi uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi (oyiga
EKIHning 10 baravari) qo‘llanishi kerak. YA’ni chorak uchun YASTning eng kam miqdori ushbu
holda 3552000 so‘mga (118400 x 10 x 3) teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |