II. Soliq to‘lovchining hisobot taqdim etish turlari
Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakllari, ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bunda mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan buxgaltyeriya balansidan iborat moliyaviy hisobot — 1-shaklni hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shaklni har hisobot yili bo‘yicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmasdan davlat soliq xizmati organlariga topshiriladi. Soliqlar, majburiy to‘lovlar va ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzish tartibi hamda taqdim qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy, soliq hisobotlar va soliqlarni hisoblab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy ma’lumotnomalardan tashqari soliq to‘lovchilardan qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi. Hisobotlar soliq to‘lovchilar tomonidan quyidagi tartiblarda taqdim etishlari mumkin:
a) soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan davlat soliq xizmati organiga bevosita tashrifi orqali. Ushbu tartibda hisobotlar bevosita soliq to‘lovchi tomonidan ikki nusxada tuzilib, belgilangan muddatlarda davlat soliq inspeksiyasining soliq to‘lovchilarning hisobot va balanslarni qabul qiluvchi tegishli bo‘linmaga taqdim etiladi. Soliq to‘lovchilar tomonidan hisobotlar soliq inspeksiyalardagi alohida maxsus ajratilgan xonalarda (opyeratsion zallarda) taqdim etiladi.
b) pochta aloqasi orqali. Ushbu tartibda soliq to‘lovchi tomonidan hisobotlar ikki nusxada tuzilib, bitta konvyertga solinadi va o‘zining muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tamg‘alanadi. Konvyertga solingan hisobotlar, soliq to‘lovchilar hisobga qo‘yilgan davlat soliq inspeksiyasiga pochta orqali yuboriladi.
s) elektron hujjat aylanishi orqali. Ushbu tartibda hisobotlar soliq to‘lovchi tomonidan elektron shakllarda tayyorlanib, belgilangan muddatlarda hisobga qo‘yilgan davlat soliq inspeksiyalariga elektron aloqa orqali yuboriladi. Elektron hujjatlarda tayyorlangan hisobotlar bevosita soliq to‘lovchi yoki ularning axborot vositachisi orqali yuborilishi mumkin. Elektron shaklda qayd etilgan hisobotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hisobotlarning belgilangan shakllari to‘liq to‘ldirilgan bo‘lishi kyerak. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan ariza va bildirishnomalarni identifikatsiya qilish imkoniyatini byeradigan quyidagi majburiy rekvizitlariga ega bo‘lishi kyerak:
elektron raqamli imzo;
elektron hujjatni jo‘natuvchi soliq to‘lovchining nomi;
elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
Elektron hujjatlarda taqdim etilayotgan hisobotlardagi ma’lumotlarni himoyasini ta’minlash maqsadida, elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlarni kriptografiya himoya vositalari qo‘llaniladi. Elektron shaklda hisobotlarni taqdim etgan soliq to‘lovchilar ushbu hisobotlarni qog‘oz nusxalarda taqdim etish majburiyatiga ega emas. Hisobotlarni taqdim etish tartibi soliq to‘lovchilar tomonidan tanlab olinadi. Bunda, hisobotlarni tasdiqlangan shakllarda taqdim etilishi ta’minlanishi shart. Tadbirkorlik subyektlari hisobotlarni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |