Mavzu: Sog‘lom va kasal organizm haqida


Immunitеt hаqidа tushunchа



Download 37,91 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi37,91 Kb.
#762304
1   2
Bog'liq
101-21. Ergashev S. J

Immunitеt hаqidа tushunchа
Immunitet deb organizmning barcha begona agentlar, shuningdek kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va ularning toksinlarini yuqtirmaslik xossasiga aytiladi (immunitas – lotincha biror nimadan qutulish).
Organizmga genetik jihatdan begona agentlar – antigenlar tushganda qator mexanizm va omillar ta’sirga o’tib, begona agentlarni aniqlaydi va zararsizlantiradi.
Organizm himoya reaksiyalari ichki muhitining gomeostaz doimiyligi buzilishiga qarshi kurashuvchi a’zo va to’qima sistemasi immunosistema deyiladi.
Immunologiya – immunitet haqidagi ta’limot bo’lib, begona moddalarga va mikroorganizmlarga, begona to’qima va xavfli o’smalarga nisbatan organizmning reaksiyasini o’rganadi.
Immunitet tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin.
Tug’ma immunitet – bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo’lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma’lumki, odam yirik shohli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo’g’ma bilan kasallanmaydi. Lekin tug’ma immunitet absolyut emas, ya’ni makroorganizm uchun noqulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xossasini o’zgartirishi mumkin.
Orttirilgan immunitet odamda hayoti davomida orttiriladi, nasldan-naslga o’tmaydi.
Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og’rib o’tgandan keyin yuzaga keladi, u postinfeksiya deyiladi. Ko’pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak, toun va boshqa kasalliklardan so’ng yuzaga keladi.
Tabiiy passiv immunitet – bu chaqaloqlar (plasenta) immuniteti bo’lib homila ona qornidaligidayoq orttiriladi. SHuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi. 6-8 oydan so’ng yo’qolib ketadi.
Sun’iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizasiya (emlash) natijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o’ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgandan so’ng hosil bo’ladi. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi, ya’ni qo’zg’atuvchi va toksinlarga o’ldiruvchi ta’sir ko’rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo’ladi. SHuningdek, hujayra xossasining o’zgarishi mikroorganizmlar va ular ishlab chiqaradigan moddalarga ta’sir ko’rsatadi. Sun’iy faol immunitet sekin-asta 3-4 hafta ichida hosil bo’ladi va 1 yildan 3 yilgacha saqlanadi.
Sun’iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborish natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo, zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo’ladi va faqat 15-20 kungacha saqlanadi, so’ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib ketadi.
Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so’ng yoki vaksina yuborilganda hosil bo’ladi.
Antitoksik immunitet – bakteriyalarning zahariga nisbatan hosil bo’ladi.
Antivirus immunitet – virusli kasalliklardan so’ng hosil bo’ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam bo’ladi. SHuningdek faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so’ng hosil bo’ladi.
Steril immunitet – ko’pgina qo’zg’atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo’qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi.
Sterillanmagan immunitet – infeksiya qo’zg’atuvchining moyilligi xo’jayin organizmida bo’lgan davrdagina saqlanib turadi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spesifik va nospesifik himoya omillarida o’z aksini topadi.
Nospesifiklik deb, organizmning tug’ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organizm ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo’qotishga imkon beradi.
Spesifik – himoya omili organizm qo’zg’atuvchi yoki toksinlar bilan to’qnashganda hosil bo’ladi, bu omillarning ta’siri faqat shu qo’zg’atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo’ladi.

Foydalanilgan Adabiyotlar




  1. Аминов В. Соглом турмуш тарзи – инсон омилини кучайтириш гарови. – Т. Медицина, 1999. С.136

  2. Амонавшили Ш.Н., Лексин А.Г. Педагогика здоровья. М.: Педагогика, 1990.

  3. Амосов Н.М. Раздумье о здоровье – М.Ж Физкультура и спорт, 1984.

  4. Бабенкова Е.А. Валеологическое воспитание учащихся начальной школы. Начальная школа № 12, 1999, С.51-53.

  5. Байер К. Шейнберг Л. Здоровый образ жизни. М.: Мир, 1997. С.124.

  6. M.F.Ziyayeva. Terapiya. Toshkent. Ilm ziyo. 2010 yil

  7. S.B.Bairova, G.M.Abduraupova. Bemorlar bilan ishlash asoslari. Toshkent. 2012 yil

  8. L.N.Yarashova, F.T.Asqarova. Ayollarda parvarish xususiyati. Toshkent. 2012 yil

  9. S.M.Aripova, X.S.Bo’rixo’jayeva. Sog’lom avlodning tibbiy ijtimoiy asoslari. Toshkent. 2012 yil

  10. S.T.Tursunov, G.S.Nodirov. Sog’lom turmush tarsi. Toshkent 2009 yil.




Download 37,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish